Kimyo farmatsevtika korxonalaridaMavzu: Kimyo farmatsevtika korxonalarida ishchi xodimlar



Download 28,37 Kb.
bet2/4
Sana26.07.2021
Hajmi28,37 Kb.
#128924
1   2   3   4
Bog'liq
Rahimova Diyora 201B kasb talim gigiyena mus ish

Qo„llarni yuvish 

 Qo‗llarni  to‗g‗ri  yuqish  va  ularga  ishlov  berish  xodimlarni  toza  xonaga  kirishga 

tayyorlashning muhim tarkibiy qismidir. Shu bilan birga, odam ishlaganda qo‗llari bilan turli 

yuzalarni  ushlaydi.  Qo‗llarni  har  gal  toza  xonaga  kirayotganda  yuqish  kerak.  Qo‗llarni 

yuvishning turli sxemalari mavjud: kiyim almashtirishdan oldin va/yoki toza xonaga kirishdan 

oldin.  Aksariyat  hollarda  qo‗llar  kiyim  almashtirishdan  oldin  yuviladi.  Yuqori  tozalik 

sinflariga  mansub  toza  xonalar  va  steril  ishlab  chiqarishlar  uchun  bu  qat‘iy  qoidadir.  Aks 

holda toza kiyimga, ayniqsa uning yengiga namlik tushishi mumkin.  

Qo‗llarni yuvish sxemasi: uzuk va boshqa bezaklarni yechish. Qo‗lni sovunlashdan oldin 

xo‗llash.  Qo‗l  terisining  butun  yuzasini  sovunlash  (bakterisid  sovun).  Tomchilar  hosil 

qilmaydigan  dozatorli  suyuq  sovundan  foydalanish  maqsadga  muvofiq.  Qattiq  sovun nam  iz  

qoldiradi  va  oqadi.  Qo‗l  yuzasi  uqalanib  yuviladi,  tirnoqlar,  ular  atrofidagi  zonalarga, 

barmoqlar orasiga, uzuk ostida bo‗lgan teri qismlariga alohida e‘tibor beriladi. Plastmassadan 

ishlangan tuksiz cho‗tkalardan foydalanish mumkin. Cho‗tkalardan foydalanayotganda teriga 

zarar yetkazmaslik zarur. Qo‗llar suv oqimi ostida kir va sovun ko‗pigi to‗liq yo‗qolmaguncha 

chayiladi.  Qo‗llar  fen  bilan  quritiladi  yoki  bir  martalik  vors  ajratmaydigan  sochiqlardan   

foydalaniladi.  Alohida  mas‘uliyatli  hollarda  qo‗llarni  quritish  uchun  NERA  filtrlardan 

foydalanish  mumkin.  Qo‗llarni  umumiy  foydalanishdagi  oddiy  sochiqlar  bilan  artishga  yo‗l 

qo‗yilmaydi.  Sochiqlar  o‗ramidan  foydalanilsa,  qo‗llarni  faqat  ularning  hech  kim  tegmagan 

toza  qismi  bilan  artiladi.
Keyingi  harakatlar  (kiyim  almashtirish,  toza  xonaga  kirish)  faqat 

quruq  qo‗llar  bilan  bajariladi.  Steril  ishlab  chiqarish  uchun  qo‗shimcha  qoidalar  mavjud: 

qo‗llar  bilakkacha  yuviladi;  qo‗llarga  dezinfeksiyalovchi  vositalar  bilan  ishlov  beriladi,  ular 

qo‗lga  surtilgandan  keyin  1,2-2  daqiqa  ushlab  turish  kerak,  bu  vaqtda  qo‗l  panjalari 

bilaklardan  shunday  yuqorida  turishi  kerakki,  kritik  yuzalarga  (barmoqlarga)  suyuqlik 

oqmasin.  Qo‗llar  steril  kiyimga  tegib  ketmasligi  uchun  kiyim  almashtirish  uchun  maxsus 

qo‗lqoplardan  foydalanish  mumkin.  Kiyim  almashtirilgandan  keyin  bu  qo‗lqoplar  yechiladi 

va ishlash uchun  steril qo‗lqop kiyiladi  yoki ishchi qo‗lqoplar ularning ustidan kiyiladi. Har 

bir toza xonada qo‗llarni yuvish bo‗yicha yo‗riqnoma bo‗lishi kerak. Steril ishlab chiqarishda 

namlik  to‗planib qolishiga yo‗l  qo‗ymaslik uchun  yumaloq tubli  rakovinalardan  foydalanish 

maqsadga muvofiq.  


Download 28,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish