To'g'ri reaksiya tezligi bilan teskari reaksiya tezligi tenglashgan holat kimyoviy muvozanat deb ataladi.
Ortofosfat kislota--- Kumush nitrat bilan reaksiyaga kirishib o'ziga xos sariq cho'kma hosil qiladi:
3AgNO3 + H3PO4 = ↓Ag3PO4 + 3HNO3
Akademik olim A.Yu. Fersman fosforning ahamiyatini yuqori baholab, uni "Hayot va tafakkur elementi" deb atagan.
Makroelementlar --- C, O, H, N, P, S, Mg, K, Ca;
Mikroelementlar --- Fe, Mn, B, Cu, Zn, Mo, Co.
O'simliklarda azot yetishmaganda uning o'sishi kechikadi. Barglari och-yashil bo'lib qoladi, hatto sarg'ayib ketadi. Fotosintez jarayoni buziladi. Bu o'simliklarning hosildorligini keskin kamaytirib yuboradi.
Fosfor o'simliklar hayotida zarur bo'lgan oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etuvchi moddalar tarkibiga kirib, o'simlikning o'sishi va rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega.
Kaliy o'simliklarda sodir bo'ladigan fotosintez jarayonini tezlashtiradi. Uglevodlarning to'planishini jadallashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |