2 – tajriba. Benzolning turli erituvchilarda eruvchanligi
Reaktiv va materiallar: benzol, etanol, efir, atseton; stakan, probirkalar.
Тo’rtta probirkaning har biriga 5 tomchidan benzol tomizing, so’ngra birinchisiga 5 tomchi suv, ikkinchisiga shuncha spirt, uchinchisiga efir, to’rtinchisiga esa atseton tomizing. Benzol qaysi erituvchilarda erishini aniqlang. Kuzatish natijalarini daftarga yozing.
3 - tajriba. Benzolning yonishi
Reaktiv va materiallar: benzol, benzin; ikkita chinni kosacha.
Ikkita chinni kosachaning biriga 0,5 ml benzol, ikkinchisiga o’shancha benzin soling. Ehtiyot bo’lib ularni yoqib ko’ring. Yonish vaqtida alangalarni bir-biriga taqqoslang. Nima uchun benzol yonadi? Kosachadagi qurum qaysi element ?
Do'stlaringiz bilan baham: |