2. Tuzning loyqa eritmasini filtrlash
Loyqa eritmani filtrlash uchun g'ovak qog'ozdan tayyorlangan filtrdan foydalaniladi. Filtr qog'ozi yuqorida ko'rsatilgan usulda tayyorlanadi. Filtrni voronkaga joylab, osh tuzining loyqa eritmasini filtr devoriga tegizilgan shisha tayyoqcha yordamida asta-sekin filtrga quyiladi. Filtrdan o'tgan tiniq eritmani filtrat deyiladi va uni bug'latib toza tuz olinadi.
3. Filtratni bug'latish
Filtratni chinni kosachaga quyib, shtativ halqasiga o'rnatiladi. Shtativ tagligiga qo'yilgan quruq yoqilg'i yoki gaz gorelkasi alangasi chinni kosacha tagiga tegadigan qilib yoqiladi va izdirish olib boriladi. Eritma sachramasligi uchun shisha tayyoqcha bilan aralashtirib turiladi. Chinni kosacha tagida tuz kristallari hosil bo'la boshlashi bilan qizdirish to'xtatiladi. Aralashma sovitiladi, tushgan tuz filtrlanadi. Olingan tuzning tashqi ko'rinishi ko'zdan kechiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |