17-mavzu. Kompleksonometrik titrlash metodlari.
Kompleksonlar va ularning miqdoriy analizda qo‘llanilishi. Komplekso-
nometriyaning indikatorlari. Kompleksonometrik titrlash usullari. Trilon B yordamida
kompleksonometrik titrlashning mohiyati.
10-modul. Analizning fizik va fizik-kimyoviy metodlari.
18-mavzu. Elektrokimyoviy analiz va optik analiz metodlari
Elektrogravimetrik analiz metodi, uning mohiyati va qo‘llanilishi. Potensiometrik,
kulonometrik va konduktometrik analiz metodlari. Polyarografik analiz metodi. Bu
metodning nazariy asoslari. Polyarograf. Spektroskopik, optik spektroskopiya metodlari.
Kolorimetriya. Bu metodning mohiyati. Yorug‘likning eritmalarga yutilishi. Lambert va
Ber qonuni. Fotoelektrokolorimetriya. Bu metodning mohiyati va qo‘llanilish sohasi.
Polyarimetriya va nefraktometriya. Bu metodlarning mohiyati va qo‘llanilish sohalari.
Analizning boshqa fizikaviy metodlari.
190
III. Laboratoriya mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar.
Laboratoriya ishlari bakalavrlarga analitik kimyo fanlarini o‘qitish metodikasi haqida
chuqurroq fikr yuritish hamda sifat va miqdor analiz qilish usullarini o‘rgatib, ishlarni
bajarish bo‘yicha amaliy ko‘nikma va malaka hosil qilish uchun yordam beradi. Tavsiya
etiladigan mavzulardan imkoniyatdan kelib chiqqan holda, sharoitga mos holda tanlab
olinadi.
Laboratoriya ishlarga tavsiya etiladigan mavzular:
1.
Analitik kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari va laboratoriyada ishlatiladigan
asbob-uskunalar bilan tanishish.
2.
Birinchi guruh kationlar (K,
+
Na
+
, NH
4
+
, Mg
2+
). Kaliy, natriy, ammoniy kationi uchun
xususiy reaksiyalar. Bu uch kation birga bo‘lgan sharoitda, ulardan har birining bor-
yo‘qligini aniqlash. Birinchi guruh kationlari aralashmasi uchun nazorat ishini yechish.
3.
Ionlanish darajasi va ionlanish konstantasi, eritma pH ini hisoblash
4.
Ikkinchi guruh kationlari. Bariy, stronsiy, kalsiy kationlari uchun xususiy reaksiyalar.
Ular birga bo‘lgan sharoitda ulardan har birining bor – yo‘qligini aniqlash. Ikkinchi guruh
kationlari aralashmasi uchun nazorat masalasi.
5.
Birinchi va ikkinchi guruh kationlar aralashmasini analizi.
6.
Uchinchi guruh kationlari. Aluminiy, xrom, temir (II), temir (III), marganets, rux,
nikel va kobalt uchun xususiy reaksiyalari. Ular birga ishtirok etgan sharoitda ulardan
har birining aniqlanishi.
7.
Eruvchanlik ko‘paytmasi va eruvchanlikni hisoblashga oid masalalar yechish.
8.
Uchinchi guruh kationlarining aralashmasini analizi.
9.
Birinchi, ikkinchi va uchinchi guruh kationlari aralashmasining analizi
10.
Tuzlarning gidroliz konstantasi va gidroliz darajasini hisoblashga doir masalalar
yechish.
11.
To‘rtinchi guruh kationlari. Mishyak, surma, qalay, mis, kadmiy, vismut va simob
(II) kationlari xususiy reaksiyalari. Ular birga bo‘lgan sharoitda, ulardan har birining bor-
yo‘qligini aniqlash. To‘rtinchi guruh kationlari aralashmasi uchun nazorat ishini yechish.
12.
Beshinchi guruh kationlari. Kumush, qo‘rg‘oshin, simob (I) kationlari uchun
xususiy reaksiyalar. Ular birga bo‘lgan sharoitda, ulardan har birining bor-yo‘qligini
aniqlash. Beshinchi guruh kationlari aralashmasi uchun nazorat ishini yechish.
13.
Kompleks birikmalarning xossalariga doir masalalar yechish.
14.
Birinchi – beshinchi guruh kationlari aralashmasining analizi.
15.
Birinchi guruh anionlari. Sulfat, karbonat, silikat, sulfit, fosfat kislotalarning
anionlarining xususiy reaksiyalari ular birga bo‘lgan sharoitda, ulardan har birining bor-
yo‘qligini aniqlash. Birinchi guruh anionlari aralashmasi uchun nazorat ishini yechish.
16.
Ikkinchi va uchinchi guruh anionlari. Xlorid, bromid, yodid, sulfid, nitrit, nitrat va
sirka kislota anionlarining xususiy reaksiyalari.
17.
I, II va III guruh anionlari aralashmasining analizi.
18.
Quruq modda (ikki, uch xil tuz aralashmasi) analizi.
19.
Analitik tarozida tortishni o‘rganish.
20. Tuproqning namligini aniqlash.
21. Gravimetrik analiz bo‘yicha masalalar yechish.
22. Kislota va ishqorlarning titrlangan eritmalarini tayyorlash. Kislota va asoslarni
titrlash metodiga oid nazorat masalalarini yechish.
23. Permanganatometriya. Kaliy permanganat eritmasini tayyorlash va uning titrini
oksalat kislota bo‘yicha aniqlash.
24. Mor tuzi tarkibidagi temir (II) miqdorini aniqlash.
25. Permanganatometriyaga oid masalalar yechish.
26. Iodometriya. Natriy tiosulfat eritmasini tayyorlash va kaliy permanganat yoki
kaliy dixromat bo‘yicha bu eritmaning titrini aniqlash.
191
27. Mis kuporosini tarkibidagi mis (II) miqdorini aniqlash.
28. Redoks reaksiyalarining yo‘nalishini aniqlash bo‘yicha masalalar yechish.
29. Natriy yoki kaliy xloridning ish uchun kerakli titrlangan eritmasini tayyorlash.
30. Texnik osh tuzi tarkibidagi xlorid ioni miqdorini aniqlash (Mor usuli).
31. Cho‘ktirish metodiga oid masalalar yechish.
32. Trilon B eritmasini tayyorlash va uni titrini aniqlash.
33. Suvning qattiqligini kompleksonometrik titrlash usulida aniqlash.
34. Fizik-kimyoviy analiz metodlari uchun qo‘llaniladigan asboblarda ishlash va
laboratoriyada mavjud asboblardan foydalanish.
35. Elektrokimyoviy analiz. Potensiometrik, konduktometrik titrlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |