Kimyo fani bo‘yicha o‘zbekiston respublikasi uzluksiz ta’lim milliy o‘quv dasturlari ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


Eshonqulov zoir – SVTI al. kimyo fani o‘qituvchisi



Download 26,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/213
Sana09.07.2022
Hajmi26,01 Mb.
#762801
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   213
Bog'liq
Kimyo

Eshonqulov zoir – SVTI al. kimyo fani o‘qituvchisi
Norqulova Ma’mura – TDSI al. kimyo fani o‘qituvchisi
Usmanov Baxtiyor Xabibullayevich – TPTI al.kimyo fani o‘qituvchisi
Isakulov Faxriddin Baxronovich – TPTI al.kimyo fani o‘qituvchisi
Jubanova Genjegul Aymuratovna – TATU NF al kimyo fani o‘qituvchisi
Abduvaitov Bobur Abduraim o‘g‘li – JDPI al.kimyo fani o‘qituvchisi
Xudoyorov Hamza Murtozoyevich– GDU al. kimyo fani o‘qituvchisi
Toshmatov G‘ayratjon – FDU al.kimyo fani o‘qituvchisi 
Hakimov Abrorbek Rustamovich – NDU al.kimyo fani o‘qituvchisi 
Hasanova Nilufar – TKTI al.kimyo fani o‘qituvchisi 
Jumanazarova Rohatoy – TTA Urganch filiali al.kimyo fani o‘qituvchisi 
Xoliyeva Muattar – BDTI al.kimyo fani o‘qituvchisi 
zayniyeva Raisa – BMTI al.kimyo fani o‘qituvchisi 
Ganiyev Alisher – TFI al.kimyo fani o‘qituvchisi 


95
TUSHUNTIRISH XATI
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni (2020-yil) va “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi” (2020-yil 20-dekabr), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar 
faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910 qarori talablari 
va mazmuni asosida amalga oshirilgan tadbirlar va tegishli muassasa, tashkilotlar 
tomonidan belgilab bergan ishlar asosida, yuqorida nashr etilgan muhim hujjatlarda 
ko‘zda tutilgan vazifalarni bajarishning birinchi bosqichi muvaffaqiyatli amalga oshirish 
uchun akademik litseylar faoliyati tubdan isloh qilindi. Ularni zamon talablariga javob 
bera oladigan va xalqaro andozalarga ham metodik, ham ilmiy-nazariy tomondan 
taqqoslasa bo‘la oladigan tegishli yo‘llanmalar bilan ta’minlash o‘rta maxsus, akademik 
litseylar ta’limini unifikatsiyalash va ish saviyasini yanada yuqoriroq darajaga ko‘tarish 
imkoniyatini beradi.
Ushbu dastur anorganik kimyo bo‘yicha kimyo fanini chuqurlashtirib o‘rgatishga 
ixtisoslashtirilgan akademik litseylarning nomutaxassis o‘quvchilari uchun tuzilgan 
bo‘lib, qamrov doirasi jihatidan elementlar, ularning oddiy moddalar ko‘rinishidagi 
shakllarining, xilma-xil murakkab birikmalarining fizikaviy va kimyoviy xossalari, o‘ziga 
xos muhim tomonlari, ularni hozirgi kunda sanoat, texnika va xalq xo‘jaligining turli 
tarmoqlarida qo‘llanishi borasidagi erishilgan yutuqlar va muvaffaqiyatlarni o‘z ichiga 
olganligini ta’kidlab o‘tish e’tiborga molikdir.
Modomiki, butun bir o‘quv yili davomida anorganik kimyo fanini o‘qitish 
rejalashtirilgan ekan, o‘quvchilarda elementlar davriy sistemasining to‘liq mohiyati, ular 
o‘rtasidagi ichki bog‘liqlik va muhim farqlar asosida ularning yadrolarining zaryad soni 
va unga teng bo‘lgan elektronlardan iborat bo‘lgan qobig‘i tuzilishining kvant-mexanik 
qonuniyatlari yotishini va bu qonuniyatlardan yadro zaryadining turli hollarda turli 
darajada ekranlanishi, ionlanish potensiali, elektronga moyillik, elektromanfiylik, atom 
va ion radiuslari, elektron qobiqlarining qutblanuvchanligi va bu kattaliklarning davrlar 
va guruhchalar bo‘ylab o‘zgarish qatorlaridan keng foydalangan holda elementlarning 
davriy sistemadagi o‘rnini va aksincha, davriy sistemada egallab turgan o‘rniga 
qarab ularning valentligi, oksidlanish darajasi, birikmalarining oksidlovchilik yoki 
qaytaruvchilik xossalarini taxmin qila olishdek nazariy bilimga ega bo‘lish va amalda, 
jumladan, laboratoriya tajribalari asosida va ularni bajarish jarayonida tasdiqlash 
darajasidagi bilimlarga ega bo‘lishga erishish maqsad qilib qo‘yilgandir.
Bunday maqsadga erishishda shubhasiz, “Umumiy kimyo” fanidan olingan bilimlarni 
ijodiy tatbiq qilish ayni muddaodir. Dasturni amalga oshirayotgan paytda o‘qituvchilar 
ana shu yuqorida qayd qilingan fikrlarga mumkin qadar ko‘proq darajada e’tibor berishlari 
lozim.
Shuni esda tutishimiz kerakki, akademik litseylarning tabiiy fanlar bo‘yicha 
ixtisoslashgan guruhlarida anorganik kimyo o‘quv predmeti umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarida beriladigan boshlang‘ich va tayanch ma’lumotlarni yyetarli darajada 
kengaytirish hamda chuqurlashtirishni eng muhim maqsad qilib o‘qitiladigan fandir. 
Shu sababdan, dasturda anorganik kimyoni to‘laqonli o‘rganish uchun davriy sistemani 
ham gorizontal va ham vertikal yo‘nalishlarda iloji bo‘lganicha to‘laroq qamrab olishga 
erishish ko‘zda tutilgan. Bu esa, har bir elementga ehtiyoj talab qilganicha va shu bilan 
birga imkoniyat boricha e’tibor berishni taqozo qiladi.
Shunday qilib, taqdim etilayotgan dastur anorganik kimyo fanining asoslarini 
yyetarlicha o‘rganishga erishishni mo‘ljallaydi. Buning uchun yuqorida aytib o‘tilgan 
fikrlardan tashqari quyidagilarga ham e’tibor berish lozim deb hisoblaymiz:


96
- moddalarning tuzilishi, kimyoviy jarayonlarning sodir bo‘lish sabab va imkoniyatlari 
to‘g‘risida yetarli nazariy va faktik ma’lumotlarga ega bo‘lish;
- olingan nazariy ma’lumotlarni mustahkamlash maqsadida muntazam ravishda 
masalalar yechish, laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish, mashqlar o‘tkazish, seminarlar 
tashkil etish, dastur oxirida keltirilgan mavzular bo‘yicha mustaqil ishlarni bajarish kabi 
tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etiladi.
Har bir akademik litseyning metodik birlashmasi o‘z qarori bilan mavzularga ajratilgan 
dars soatlari chegarasida ayrim mavzular uchun kerak bo‘ladigan vaqtni o‘zgartirishi 
mumkin.
Kimyo fani bo‘yicha mutaxassislikni tanlagan o‘quvchilar guruhlari uchun dasturiy 
saboqlardan tashqari maxsus kurslar o‘qish, murakkab masalalar yechish va qo‘shimcha 
amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish, ya’ni ularni dastur doirasidan tashqarida bo‘lgan mavzular 
bilan tanishtirish, ularning bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish, ilmiy tafakkurga, 
mustaqil fikrlashga erishish qobiliyatlarini to‘laroq namoyon etish va natijada, ilmiy-
tadqiqotning ilk kurtaklarini shakllantirish maqsadiga xizmat qiladi.
Dasturdagi tegishli mavzularni mustahkamlash uchun ularga mos masalalarni albatta 
yechish tavsiya etiladi. Tegishli masalalarning tartib raqamlari tanlangan adabiyotlar 
nomlarini qaytarmasdan kvadrat qavslar ichida ko‘rsatilgan raqam ketidan yozilgandir.

Download 26,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish