Kimyo fani bo‘yicha o‘zbekiston respublikasi uzluksiz ta’lim milliy o‘quv dasturlari ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


-§. Kimyo ta’limini tashkil etishda maktabgacha, umumiy o‘rta, professional



Download 26,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/213
Sana09.07.2022
Hajmi26,01 Mb.
#762801
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   213
Bog'liq
Kimyo

4-§. Kimyo ta’limini tashkil etishda maktabgacha, umumiy o‘rta, professional 
va oliy ta’lim tizimlarining o‘zaro integratsiyasi
13. Kimyo ta’limi fanlarining umumta’lim fanlari bilan o‘zaro integratsiyasi va 
o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha quyidagi tadbirlar 
amalga oshiriladi: 
raqamli texnologiyalar jadal rivojlanayotgan XXI asrda innovatsion mahsulotlarni 
yaratish uchun yangi bilimlarni o‘zlashtirish va amalda qo‘llashning tobora ortib 
borayotgan ahamiyati milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va milliy xavfsizlik 
strategiyalarining samaradorligini belgilovchi omillardan kelib chiqqan holda 
integratsiyalash tizimini ishlab chiqish va yo‘nalishlarini belgilash; 
globallashuv davrida nostandart masalalarni mantiqiy fikrlash asosida yecha 
oladigan o‘quvchilarni tarbiyalash masalasini amalga oshirish uchun deduktiv-mantiqiy 
fikrlash modellari zarur, o‘quvchi-yoshlarda bunday fikrlash modellarini shakllantirishda 
integratsiyalash funksiyalarini belgilash; 
iqtisodiyoti va ta’limi rivojlangan mamlakat o‘quvchilari bilan raqobatlasha oladigan, 
bilim salohiyati yuqori o‘quvchi-yoshlarni tayyorlash va ularni o‘qitish tizimini belgilash; 
yuqori kasbiy kompetentlikka ega, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ta’limda 
innovatsiyalar, o‘qitishning zamonaviy, interaktiv va ijodiy uslublarini keng joriy etish 
o‘quvchilarning motivatsion, kognitiv, operatsion, refleksiv va o‘z o‘zini baholash 
kabi indikatorlar asosida ilmiy izlanishlarni amalga oshira oladigan qobiliyatlarini 
rivojlantirishga yo‘naltirilgan integratsiyalash tendensiyalarini aniqlash;
kimyo ta’limini rivojlantirish doirasida zamonaviy texnologik jihozlar, yaqin va uzoq 
kelajak kasblari bilan tanishtirish, o‘quvchi-yoshlarni turli ijtimoiy sohalarda mustaqil 
ravishda mehnat qiladigan yo‘nalishini topish, ularni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirishda 
integratsiyalash darajalari va amalga oshirish shakllarini ishlab chiqish. 


19
14. Kimyo ta’limi fanlarini o‘qitishda fanlararo bog‘liqlikni tashkil etuvchi o‘quv 
modullari quyidagilarni tashkil etadi: 
Kimyo va kimyo o‘qituvchisini tayyorlash malaka talabi va o‘quv rejasida fundamental 
bilim va metodik jihatlarni shakllantirish uchun xizmat qiluvchi fanlar quyidagicha aks 
ettirilgan: 
pedagogika 
psixologiya 
yosh fiziologiyasi va gigiyenasi 
umumiy kimyo 
anorganik kimyo 
kimyo tarixi 
kimyodan xavfsizlik texnikasi 
eksperimentlar o‘tkazish metodikasi 
analitik kimyo
organik kimyo 
kompleks birikmalar 
agrokimyo 
polimerlar kimyosi 
kimyo o‘qitish metodikasi 
kimyoviy texnologiya 
fizik-kolloid kimyo 
kimyodan masalalar yechish metodikasi 
elektrokimyo 
kimyo o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar 
modda tuzilishi 
bioorganik kimyo 
koordinatsion kimyo 
kvant kimyo. 
15. Kimyo ta’limi fanlarini o‘qitishda variativ o‘quv modullari zamonaviy ishlab 
chiqarishning quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi: 
kimyo fani o‘qituvchisi 
kimyo laboranti; 
kimyo texnologi; 
kimyo fani bo‘yicha ilmiy tadqiqotchi.
16. Iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga 
oshiriladi: 
kimyo ta’limi fan va kimyo sanoatini harakatlantiruvchi kuch, O‘zbekiston 
iqtisodiyotining tayanchi hisoblanadi. Iqtisodiyot sohasidagi globallashuv, ijtimoiy 
madaniy o‘zgarishlar transformatsiyasi kadrlar tayyorlashda sifat ko‘rsatkichlarini 
yaxshilash, kimyo ta’limi maqomi va nufuzini oshirish, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida 
ijodkorlik muhitini shakllantirish, “Iqtidorli o‘quvchi-yoshlarni aniqlash”, tuman, 
viloyat, respublika miqyosida intellektual yetuk o‘quvchi-yoshlar seleksiyasini tashkil 
etish tizimini shakllantirish orqali amalga oshiriladi. 
Mazkur tizim: 
ta’lim muassasasi axborot muhitida o‘quvchi-yoshlar tomonidan bajarilgan loyihalar, 
ularning natijalarini qayd etish uchun sharoit yaratish; 
ochiq taqdimotlar (jumladan, ixtisoslashgan portal va ijtimoiy tarmoqlar), 
musobaqalar, konkurslar orqali o‘quvchi-yoshlarga innovatsion loyihalarni taqdim etish;


20
kimyo ta’limini ommalashtirish uchun olimlar, kimyo sohasidagi ishlab chiqaruvchilar 
ishtirokida muntazam tanlovlar o‘tkazish; 
ta’limning barcha bosqichlarida fan bo‘yicha respublika olimpiadalarini tashkil etish; 
musobaqalarni mehnat taqsimoti asoslari, jamoa bo‘lib ishlash tamoyillari, shaxslararo 
munosabatlar va ish etikasi asoslarini o‘zlashtirishga imkon beruvchi shakllarda tashkil 
etish.

Download 26,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish