30 talik № 19
Mis(II) – gidroksidi to’liq qizdirilganda olingan qora massa vodorod oqimida qaytarildi. Ikkala reaksiyada olingan suv umumiy massasi 27 g bo’lsa, necha g mis(II)-gidroksid parchalangan?
A) 147 B) 98 C) 117,6 D) 73,5
Cu metali havoda oksidlanganda 2% kislorod tutgan aralashmani hosil qildi. Shu aralashma tarkibida necha % massa qism erkin metall bor?
A) 84 B) 88 C) 90 D) 92
Necha g CaCO3 parchalanganda olingan oksidlar
massalari farqi 3,6 g bo’ladi?
A) 30 B) 50 C) 40 D) 45
Natriy karbonat eritmasiga yetarli miqdorda
kremniy(IV) – oksidi solinganda eritmadan 11,2 litr (n.sh.) gaz ajralib chiqdi va eritma massasi 3,2% ga ortdi. Dastlabki tuz eritmasi massasini (g) aniqlang.
A) 212 B) 200 C) 250 D) 265
31,5 g nitrat kislota olish uchun necha g N2O5 kerak?
A) 18 B) 27 C) 30 D) 24
Qaysi oksidlar faqat asoslar bilan reaksiyaga kirishadi?
1) ZnO; 2) CuO; 3) SO2; 4) Al2O3; 5) CO2; 6) CaO
A) 1, 2, 4, 6 B) 2, 6 C) 2, 4, 5 D) 3, 5
Qaysi moddaning 5 ta molekulasi tarkibida 90 ta
elektron va 15 ta atom bo’ladi?
A) N2H4 B) H2S C) C2H6 D) H2O2
31,5 % li X g Na2SO3 eritmasi va 36,5% li Y g HCl
eritmalari qoldiqsiz ta’sirlashganda 87,75 g NaCl tuzi tutgan Z g eritma olingan bo’lsa, necha litr (n.sh) gaz ajralgan?
A) 33,6 B) 11,2 C) 22,4 D) 16,8
Quyidagi moddalardan nechtasi qattiq holatida kristall tugunlarida molekulalar tutmaydi?
1) NaCl; 2) CO2; 3) naftalin; 4) J2; 5) suv 6) olmos
A) 4 B) 5 C) 2 D) 3
Qaysi modda tarkibida p + n + e yig’indisi 124 ga teng?
A) H2SO4 B) H2SO3 C) H3PO4 D) HNO3
Sulfat tuzi tarkibida metall massa ulushi kislota
qoldig’inikidan 2/3 marta katta bo’lsa, tuz molyar massasini (g/mol) aniqlang.
A) 160 B) 392 C) 342 D) 400
Ozon kim tomonidan kashf qilingan?
A) J. Pristli B) M. Marun
C) K. Sheele D) Lavuazye
200 g 8 % li CuSO4 eritmasi 1,4 F tok bilan elektroliz qilindi. Elektroliz jarayonida sarflangan suvning massasini (g) aniqlang.
A) 12,6 B) 10,8 C) 9 D) 14,4
Bugungi kunda yadro zaryadlari bilan farq qiladigan atomlarning turi nechta?
A) 116 B) 118 C) 112 D) 109
Kalsiy metali necha g suvda eritilganda X g 4% li
eritma va 2,24 litr (n.sh.da) gaz ajraladi?
A) 181,2 B) 177,6 C) 174,8 D) 157,6
Xlorid anionida s – va p – elektronlar qanday eng kichik nisbatda bo’ladi?
A) 3:4 B) 2:3 C) 1:2 D) 1:3
He ga nisbatan zichligi 1,8 ga teng bo’lgan azot va vodorod gazlari aralashmasi katalizator ishtirokida yuqori bosim va harorat ta’sirida 100 % unum bilan reaksiyaga kirishganda olingan aralashmaning vodorodga nisbatan zichligini aniqlang.
A) 3,6 B) 6 C) 4,8 D) 5
Nitrid tarkibida metall va metallmas massa ulushlari farqi 20 % bo’lsa, metallni aniqlang.
A) Li B) Ca C) K D) Na
250 g 30% li tuz eritmasini tayyorlash uchun necha g tuz kerak bo’ladi?
A) 280 B) 30 C) 100 D) 75
Qaysi modda oksidlanganda sirka kislota va metiletil keton hosil bo’ladi?
A) 2 – metilpenten – 2 B) 3 – metilpenten – 2
C) 4 – metilpenten – 2 D) 4 – metilpenten – 1
(Cr(OH)2)2SO4 tarkibidagi Cr ning valentligini
ko’rsating.
A) II B) V C) III D) IV
Eritmalar uchun o’rinsiz jumlani tanlang.
A) zichlikka va massaga ega
B) bir jinsli sistemalar
C) konsentratsiyaga ega
D) gaz va cho’kmaga ega
Quyidagi moddani ratsional nomenklatura bo’yicha nomlang:
CH3 – CH(CH3) – C C – CH3
A) 4 – metilpentin – 2 B) metilizopropilatsetilen
C) 2 – metilpentin – 4 D) metilpropilatsetilen
Quyidagi tartib raqamlar ketma – ketligida elementlar asosli oksidlarining asoslik xossalari qanday o’zgaradi?
1) 11 → 19; 2) 19 → 20; 3) 20 → 38; 4) 38 → 37
a) ortadi; b) kamayadi
A) 1a, 2a, 3b, 4a B) 1a, 2b, 3a, 4a
C) 1b, 2a, 3a, 4b D) 1a, 2a, 3a, 4b
Metil spirtda sp3 – orbitallar soni nechta
A) 0 B) 12 C) 4 D) 8
A + B → C + 3D reaksiya tenglamasi bo’yicha 2 mol A va B modda aralashmasi reaksiyaga kirishgan bo’lsa, necha mol mahsulotlar aralashmasi hosil bo’lgan?
A) 2,5 B) 3,2 C) 4 D) 3
Asosli oksidlarning olinishi qaysi bandda
keltirilmagan?
A) ayni metallarni kislorodda oksidlab
B) tegishli metall tuzlarini parchalab
C) tegishli asoslarni parchalab
D) tuzlarga kislotalar ta’sir ettirib
Stexiometrik nisbatda olingan alkin va kisloroddan iborat 10 mol aralashma portlatildi. Suv bug’lari kondesatlangandan keyin bosim 40 % ga kamaygan bo’lsa, alkinni aniqlang, (T = const; P = const)
A) etin B) pentin C) propin D) butin
0,25 mol CaXO3 massasi 35,75 g bo’lsa, X element tartib raqamini aniqlang.
A) 25 B) 12 C) 16 D) 34
Noto’g’ri jumlani tanlang.
A) elementar zarralar ham atom va molekulalar singari materiya turlaridir
B) atom va molekulalar materiya turlaridir
C) atom va molekulalar elementar zarralardan iborat
D) elementar zarralar atomlar singari materiya turlari emas
Do'stlaringiz bilan baham: |