Kimyo – biologiya



Download 0,57 Mb.
bet64/98
Sana14.06.2022
Hajmi0,57 Mb.
#666933
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   98
Bog'liq
osimliklar-fiziologiyasi-flipbook-pdf

Eslatma: Qumni tozalash uchun xlorid kislota eritmasi bo’lmasa, yuvilgandan so’ng 4000
issiqda qizdiriladi. SHu tartibda tayyorlangan qumni oddiyroq tajribalarda ishlatish mumkin.

O’simliklarni tuproqda o’stirish. O’simliklarni tuproqda va qumda o’stirishda vegetasion idishlar ishlatiladi. Buning uchun katta hajmli shisha idishlar yoki tunukadan yasalgan maxsus chelaklardan foydalaniladi. Ularning ichi surik deb atalgan bo’yoq bilan bo’yaladi. Bo’yoq qurigandan keyin idishning ichki devoriga benzinda eritilgan parafin surkaladi. Idishning tashqi tomoni ohak atalasi bilan bo’yaladi yoki dokadan tikilgan paxtali ko’rpacha bilan o’raladi.


Tuvak idishdagi tuproq va o’simliklarni suv bilan ta’minlab turish uchun idish tubiga ma’lum miqdorda shag’al solib, uning orasiga tunuka yoki shisha nay o’rnatiladi. Vegetasion idishga o’sha nay orqali suv qo’yib turiladi. SHag’alning usti 1-2 qavat filtr qog’oz va bir qavat doka bilan yopiladi. Doka ustiga idishning hajmiga qarab, 0,5-1 kg miqdorda elangan qum bosiladi. So’ngra vegetasion idish barvaqt tayyorlab qo’yilgan tuproq bilan to’ldiriladi. Tuproq zich qilib bosiladi va qatqaloq paydo bo’lmasligi uchun ustiga 0,5-1 kg qum sepiladi.
Vegetasion idishlarga solinadigan tuproq zarrachalarining diametri 1 sm dan katta bo’lmasligi kerak. Bu tuproq strukturasini yo’qotmaydigan, ya’ni donador bo’lishi shart. Buning uchun tuproqni vegetasion idishlarga to’ldirishdan oldin 3:1 nisbatda elangan qum aralashtiriladi.
Qum aralashgan tuproqqa zarur miqdorda mineral tuzlar solib, qayta aralashtiriladi. Jumladan, bir kilogramm tuproqqa 0,5 gr natriy selitrasi (NaNO3); 0,5 gr kaliy tuzi (KCl); 0,75 gr superfosfat [Ca3(PO4)2] qo’shiladi.
Vegetasion idishga solinadigan suv miqdori quyidagicha aniqlanadi.

Tuproqning namligini aniqlash. Analitik tarozida uchta byuksning vazni aniqlanadi. So’ngra ularga oldindan tayyorlab qo’yilgan tuproq to’ldirilib, ularning tuproq bilan birgalikdagi vazni aniqlanadi. Tuproqni yaxshi quritish uchun byukslar quritgich shkafga qo’yilib, 1050 issiqda 6


soat saqlanadi. So’ngra byukslar shkafdan olinib eksikatorda sovitiladi. Sovigan byukslar qayta tortilib, yana 2 soat davomida quritgich shkafga qo’yiladi. Ularning vazni doimiyga kelguncha buni davom ettiriladi. Bu ma’lumotlardan tuproqning sof vazni quritishdan oldin 7,915 gr, quritilganda yo’qotgan vazni 1,840 gr ekanligini ko’ramiz. So’ngra tuproq namligi prosent hisobida quyidagicha aniqlanadi:

7,915100
1,840 х
х 1001,840 23,44% 7,915

Endi tuproqning nam sig’imini aniqlash kerak. Buning uchun uzunligi 18-20 sm va diametri 3-5 sm li shisha nay olib, uning bir uchi doka bilan mahkam berkitiladi; so’ngra uni tarozida


tortib, sof vazni aniqlanadi. Keyin to’rtdan uch qismiga tuproq solib, tuproq bilan birgalikdagi vazni aniqlanadi. Nihoyat, nay baland devorli kristallizatorga joylanadi va ichidagi tuproq yuzasiga teng kelguncha unga suv qo’yiladi.
Nay suvli kristallizator ichida 1-3 kun turgandan keyin nayning aylanasi filtr qog’oz bilan quritiladi va tarozida tortiladi.

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish