Kerakli o’quv materiallari:
Mikroskop, kul, buyum oynalari, shisha tayoqcha, distillangan suv, 10% li HCl, 1% li H2SO2, 1% li PtCl4, 1% li H2SO4, NH3, 1% li Na2HPO4, 1% li (NH4)2 M0O4, 1% li Sr(NO3)2, 1% li
K4[Fe(CN6)], 1% li Na2CuPb(NO2)6 eritmalari.
Darsning maqsadi: Bir necha xil o’simliklarni qurigan qismlarini yoqib, kuli ajratib olinadi va kulning tarkibidagi makro-mikro elementlar aniqlanadi.
Ishning bajarilishi:
Tuproqdan qabul qilinadigan mineral elementlarning ba’zilari (N, P, S, Mg, Fe, Co) bevosita organik moddalarning molekulalari tashkil bo’lishida ishtirok etsa, ko’pchiligi moddalar almashinuvi prosesslarini aktivlashtirishda ishtirok etadi.
O’simliklar kulida uchraydigan elementlarni aniqlash uchun tamaki yoki yog’och kuli ishlatiladi. Avvalo ikkita probirkaga 0,2 grammdan kul solinadi, so’ngra ularning biriga distillangan suv, ikkinchisiga HCl ning 10% li eritmasidan qo’yib chayqatiladi. Ular reaksiyaga kirishib bo’lgandan keyin aralashmalar filtrlanadi.
Tayyorlangan filtratdan pipetkada 1 tomchi olib, buyum oynasiga tomiziladi. Keyin buyum oynasiga biror elementni aniqlash uchun qo’llaniladigan tegishli reaktivdan 1 tomchi tomiziladi. Oynadagi tomchilar bir-biridan 2 sm narida bo’lishi kerak.
Keyin bu tomchilar shisha tayoqcha yoki gugurt cho’pi bilan bir-biriga qo’shiladi. U quriganidan keyin mikroskopda ko’riladi. Har qaysi reaksiyaning borishida o’ziga xos tuzilgan kristallar hosil bo’lganligi kuzatiladi.
Birinchi probirkadagi filtratda suvda eriydigan xlorid tuzlar bo’ladi. Xloridlarni aniq belgilashda talliy (I)-sulfat (Tl2SO4) ning 1% li eritmasi ishlatiladi. Bu reaksiya quyidagicha boradi.
2KCl Tl2 SO4 2TlCl K2 SO4
Talliy xlorid kristallari har xil shakllarda ko’rinadi.
Ikkinchi probirkadagi filtratda kaliy, kalsiy, magniy, fosfor, oltingugurt va temir elementlarini aniqlash kerak. Bu ish quyidagi tartibda bajariladi.
Kaliyni aniqlashda reaktiv sifatida platina xlorid tuzining 1% li eritmasi ishlatiladi. Reaksiya natijasida hosil bo’lgan kompleks tuz kristallari sarg’ish-yashil tusda tovlanib turadi. Bu reaksiya quyidagicha boradi:
2KCl PtCl 4 K2 PtCl 6
Kaliyni Na2PbCu (NO2)6 dan iborat kompleks tuzining 1% li eritmasi yordamida aniqlash mumkin. Bu reaksiya quyidagicha boradi:
Na2 PbCu (NO2 )6 2KCl K2 PbCu (NO2 )6 2NaCl
Tajribani o’tkazish uchun suvda eritilgan kul filtratidan buyum oynasiga tomizib, spirt lampa alangasida quritiladi. Oyna sovigandan keyin 1 tomchi reaktiv [NaPbCu (NO2)6] qo’shiladi. Preparatdagi kristallar to’q jigarrangda tovlanib turadi.
Filtratga 1% li H2SO4 qo’shilganda ninasimon va boshqa shakllardagi gips kristallari paydo bo’lishi bu filtratda kalsiy borligini ifodalaydi. Bu reaksiya quyidagicha boradi:
CaCl 2 H 2 SO4 CaSO4 2HCl
Filtratda magniy borligini aniqlash uchun buyum oynasi ustiga tomizilgan filtrat tomchisi avval ammiak bilan neytrallanib, so’ngra unga natriy gidrofosfatning 1% li eritmasi qo’shilsa, unda yulduzsimon, yashiksimon va patsimon kristallar ko’rinadi. Bu reaksiya quyidagicha boradi:
MgCl 2 NH 3 Na2 HPO4 NH 4 MgPO4 2NCl
Ammoniy molibdatning nitrat kislotada tayyorlangan 1% li eritmasidan buyum oynasidagi filtrat tomchisiga qo’shilganda, yashil rangli yumaloq, 4 va 3 qirrali kristallar hosil bo’lishi filtratda fosfor borligini ifodalaydi. Bu reaksiya quyidagicha boradi:
H3 PO4 (12NH 4 )MoO 21HNO3 (NH 4 )2 12MoO3 21NH 4 NO3 12H 2O
Kul tarkibidagi S 1% li stronsiy nitrat tuzi eritmasi yordamida aniqlanadi. Mikroskopda qaralganda preparatda mayda, sariq rangli, yumaloq kristallar borligi ko’rinadi. Bu reaksiya quyidagicha boradi:
N2 SO4 Sr (NO3 )2 2NaNO3 SrSO4
Filtratda temir elementi borligi rangli reaksiya yordamida aniqlanadi. Bu reaksiya oq shisha ustida yoki probirkada olib boriladi. Filtratga 1% li kaliy ferrasianid (sariq qon tuzi) eritmasi qo’shilsa, berlin lazuri hosil bo’ladi. Bu reaksiya quyidagicha boradi:
4FeCl3 3K4 FeCN 6 Fe4 Fe CN 6 3 12KCl
Do'stlaringiz bilan baham: |