K o’pikli rejim. Gaz fazasining tezligi ortishi bilan teshiklardan chiqayotgan pufakchalar qo’shilib oqimcha hosil qiladi. Tarelkadan ma’lum bir masofada qatlam qarshiligi tufayli oqimcha buziladi va ko’p miqdordagi pufakchalarga ajrab ketadi. Natijada, "gaz – suyuqlik" dispers sistema, ya’ni ko’pik paydo bo’ladi. Ushbu rejimda gaz va suyuq fazalar to’qnashishi pufakchalar va gaz oqimchasi, hamda suyuq tomchilar sirtiga to’g`ri keladi. Ko’pikli rejimda barbotajli tarelkalarda fazalarning to’qnashishi yuzasi maksimal miqdorga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |