6.5. Mikrobiologik sintez asosida mahsulot ishlab chiqarishning
umumlashgan texnologik sxemasi
Biotexnologik ishlab chiqarish – bu texnologik oqimlari o`zaro bog`langan qurilmalar yig`indisi bo`lib, unda ozuqaviy muhit va ekish materialini (mikroblarni) tayyorlash, maqsadga muvofiq olinadigan mahsulotning biosintez jarayoni, uni suyuq fazadan ajratish va hokazolar, ya’ni mahsulotni tovar holatda olishgacha bo`lgan texnologik jarayonlar ma’lum bir ketma-ketlikda omalga oshiriladi. Odatda, ozuqa muhitini tayyorlash deganda, o`stiriladigan mikroorganizmni ozuqalanishi uchun muhitni uglevodlar, azot, fosfor va boshqa mineral moddalar, vitaminlar bilan boyitish tushuniladi.
6 .6 – rasmda biotexnologik ishlab chiqarishning yaxlitlangan tarkibiy sxemasi keltirilgan. Bunda davriy, ya’ni uzlukli fermentatsiya jarayonida mahsulot (antibiotiklar, fermentlar, aminokislotalar, o`simliklarni himoya qilish mikrobiologik vositalar va h) hosil bo`ladi.
Antibiotiklar ishlab chiqarishning asosiy bosqichlari bo`lib, quyidagi jarayonlarni hisoblash mumkin: ozuqa muhitini tayyorlash, fermentatsiyalash, ajratib olish, kimyoviy tozalash va quritish. £ishloq xo`jaligi uchun bakterial preparatlarni ishlab chiqarishda, kimyoviy tozalashdan tashqari, qolgan hamma jarayonlar amalga oshiriladi.
Ozuqa muhitini tayyorlash jarayoni zarur komponentlarni ma’lum proporstiyalarda aralashtirib, cuv va ishqor ishtirokida qizdirishdan iborat.
Har bir mahsulot beruvchi mikroorganizm uchun ozuqa muhitlarining optimal tarkibi mavjuddir. Lekin, biotexnologik ishlab chiqarishdagi davriy fermentatsiyalash jarayonlariga qo`yiladigan asosiy talab sterillikka rioya qilishdir. Buning uchun ozuqa muhiti maxsus qurilmalarda sterillanadi, unga uzatiladigan havo esa, maxsus filtrlarda tozalanadi. Ma’lumki, biosintez jarayoni fermentatorlarda olib borilib, unga uzluksiz aralashtirilgan holda ozuqa muhit, ekish materiali, aerastiyani ta’minlovchi havo va jarayon ko`rsatkichlarini mo`tadil holatda ushlab turish uchun sovutuvchi suv, hamda tegishli titrantlar joylanadi. Agar, qurilmada ko`piklar hosil bo`lsa, unga ko`pikni bartaraf qiluvchi modda uzatiladi. Olingan mikroorganizm tutgan suyuqlik keyingi qayta ishlash jarayoniga, ya’ni undan maqsaddagi mahsulotni ajratib olish va quyuqlashtirishga uzatiladi. Antibiotiklarni, masalan, penistilinni ishlab chiqarishda, mikroorganizm tutgan suyuqlik koagulyastiya qilinadi va filtrlanadi. Natijada, tarkibida penistilin bor tabiiy eritma misteliydan ajratiladi. So`ng, tabiiy eritma, kimyoviy tozalashga yuboriladi va undan maqsaddagi mahsulot ajratib olinadi va yana tozalanadi. Keyin esa, u quritkichda suvsizlantiriladi va kukun holatiga keltiriladi.
£ishloq xo`jaligi uchun bakterial preparatlar (masalan, entobakterin, bastitrastin) ishlab chiqarishda mikroorganizm tutgan suyuqlik separator va bug`latish qurilmalarida quyuqlashtiriladi, so`ng esa quritkichda namsizlantiriladi va neytral to`ldiruvchi (kaolin) bilan standart ko`rsatkichgacha to`yintiriladi.
Shunday qilib, mikrobiologiya va medistina sanoatlarida maqsaddagi mahsulot mikrobiologik sintez jarayonida, ya’ni fermentatsiya bosqichida, faqat maqsaddagi mahsulotni ajratib olish uchun xizmat qiladi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu jarayonlar texnologik jihatdan va qurilmalar bilan jihozlanishi bo`yicha tubdan farq qiladi. Lekin, ayrim jarayonlarning murakkabligi va xilma-xilligiga (ozuqa muhitini tayyorlash, maqsaddagi maxsulotni ajratib olish va tozalash, aniq shaklli mahsulot olish) qaramasdan kimyoviy texnologiya sohasi bilan ko`pgina o`xshashlikka ega.
Ammo, fermentatsiya jarayonlaridagi bosqichlar sanoatning o`zga biron bir sohasidagi jarayonlar bilan o`xshashlikka ega bo`lmagan bosqichlardir. Shu bilan birga, biotexnologik ishlab chiqarishdagi biosintez jarayonlari o`zga ishlab chiqarishlardagi texnologik maqsad va jarayonni jihozlash bo`yicha olib boradigan tadbirlar bilan hamohangdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |