Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари


Fermentatorlar konstruksiyalari



Download 1,53 Mb.
bet4/7
Sana14.07.2022
Hajmi1,53 Mb.
#799528
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Биокимёвий жараёнлар

6.4. Fermentatorlar konstruksiyalari

Laboratoriya sharoitida fermentatorlar tubida olib boriladigan fermentatsiyalash jarayonlarida quyidagi bosqichlarni kuzatish mumkin: ekish materiallarini tayyorlash; ozuqa muhitini tayyorlash va sterilizastiyalash; inokulyatorlarda ekish materiallarini o`stirish.


Ekish materialining miqdori stexdagi fermentatorlarning fizik hajmi bilan belgilanadi.
Odatda, ekiladigan material miqdori, fermentatorlar ichidagi ozuqaviy muhitning 5...10% ni tashkil qiladi.
Fermentatorlarga ozuqaviy muhit va ekiladigan materiallarni yuklashdan avval, qurilmalar va boshqa kommunikastiyalar sterilizastiyalanadi.
Fermentatorlar ichida ko`pik hosil bo`lishni kamaytirish maqsadida uning ichiga sirtqi faol modda (PAV) qo`shiladi. Fermentatsiya jarayoni aseptik sharoitda 18...24 soat davomida olib boriladi. Jarayon davomida fermentator ichidagi mikrobli suyuqlik, muhitning temperaturasi va rN miqdori kuzatib turiladi.
Fermentatsiyalash jarayoni tugagach, fermentator hosil bo`lgan mahsulotdan bo`shatiladi, mahsulot filtr yoki separator yordamida suyuqlikdan ajratiladi va unga ishlov berish uchun keyingi bosqichga yuboriladi.
Fermentatsiyalash jarayonini amalga oshiruvchi asosiy qurilma – bu maxsus fermentator hisoblanadi. Eng keng tarqalgan fermentatorlardan biri, bu mexanik aralashtirgichli va havo yuborishga mo`ljallangan barbotyorli qurilmadir (6.4-rasm).

Bunday qurilmada fermentlanuvchi suyuqlik, mexanik aralashtirgich va yuborilgan havo yordamida aralashtiriladi.
Aralashtirgichning ishlash davomida fermentatsiyalanuvchi suyuqlik ichida havo qo`shimcha ravishda disperslanadi.
Fermentatorning hajmiga qarab, uning balandligi bo`ylab, uning o`qiga bir nechta aralashtirgichlar o`rnatiladi. Ayrim hollarda to`lqinlarni qaytaruvchi to`siqlar ham o`rnatilish mumkin. Fermentator ichida zarur bo`lgan temperaturani bir xilda ushlab turish maqsadida, unga issiqlik almashinishni ta’minlovchi g`ilof o`rnatiladi.
Fermentatsiya sharoitidagi temperatura, g`ilof ichiga sovuq suv yuborish yo`li bilan boshqariladi.
Aralashtirgichlarning bir necha xili mavjud bo`lib, ulardan havoni o`zi so`rib oluvchi konstrukstiyaga ega bo`lgan aralashtirgichni misol tariqasida keltirish mumkin (6.5-rasm).
Bunday aralashtirgichda bir vaqtning o`zida aralashtirish, hamda suyuqlik aerastiyasini taminlovchi havoning uzatilishi amalga oshiriladi.
Aralashtirgichdagi turbina ichida halqali soplo bo`shlig`i mavjud bo`lib, u havo uzatish kanaliga ulangan. Aralashtirgich harakatga kelganda, turbina ichida bosim kamayadi. Natijada, atmosferadagi havo, aralashtirgich ichidagi bo`shliqqa yutiladi va u fermentatsiyalanayotgan suyuqlik ichida dispersiyalanadi.
Fermentatsiyalangan suyuqlikdagi hosil bo`lgan mahsulotni (antibiotiklar, organik kislotalar, va hokazo) ajratib olish, ekstrakstiyalash, bug`latish va quritish jarayonlarini amalga oshirishda kimyo va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan qurilmalardan foydalaniladi.



Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish