Кимё ўҚитишда поэзия дарси



Download 0,54 Mb.
Sana13.07.2022
Hajmi0,54 Mb.
#789867
Bog'liq
Galogenlarning davriy sistema





«Tasdiqlayman»
178-IDU maktab rahbari
N.Sh.Yunusmuhammedova
_________________
Toshkent shahar
Chilonzor tumani
178-IDU maktabning
Kimyo fani o’qituvchisi
Aliyeva Dilfuza Zoirovnaning
KISLOROD — KIMYOVIY ELEMENT.
KISLORODNING KIMYOVIY BELGISI, ATOM MASSASI
KISLORODNING TABIATDA TARQALISHI”

mavzusida 1 soatlik ochiq dars ishlanmasi



2021-2022 o’quv yili
Mavzu: “Galogenlarning davriy sistemadagi o'rni. Atom tuzilishi mavzusida yozgan bir soatlik ochiq dars ishlanmasi

  1. Darsning maqsadlari:

A). Ta’limiy maqsadi: o’quvchilarning kislorod, vodorod, suv mavzulari bo’yicha olingan bilimlarini poeziya usulida mustahkamlash.
B). Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda kimyo va adabiyot fanlariga qiziqishini kuchaytirish, kimyoviy moddalar poetik usulda bayon etish ko’nikmalarini hosil qilish, mustaqil fikrlash qobilyatlarini o’stirish va ijodkorlikka yo’naltirish bilan birga tabiatni muhofaza qilishga o’rgatish.

  1. Dars turi: Musobaqa poetik dars.

  2. Dars usuli: Savol javob, musobaqa, she’oiy aytishuv.

  3. Darsni jihozlashnishi: kislorod , vodorod, suvni kimyoviy simvollari yozilib emblemalar, darsliklardagi 2- jadvalda keltirilgan 17- ta elementlarni belgilari, kislorod, vodorod, suv molekulalarining shar- stenjerli modeli.

  4. Darsning borishi.

Sotivoldi Teshaboev, Mirkozimov Nishonov muallifligida 7- sinflar uchun yozilgan «Anorganik kimyo» darsligining 24 betidagi 2- jadvalda keltirilgan 17 ta element belgilarni ko’kaklariga taqib olingan o’quvchilar qator safda turadilar, o’kuvchilardan yana birining ko’kragida suvning formulasi katta qilib yozilgan emblemasi taqilgan bo’ladi.
O’rtaga poeziya soatini boshlovchi o’quvchi chiqdi (uni ismi Karim, Rayim, Raxim, Nasim, Nayim, Raximjon, Karimjon va hakozo bo’lishi mumkin).
Boshlovchi o’quvchi elementlarning belgilarini ko’kraklaiga taqib olgan o’quvchilardan 2-3 tasini ko’rsatib quyidagi satrlarni o’qiydi:
Manna qarang do’stlarim, bunisi bo’lar azot,
Usiz o’simliklarning ishi bo’ladi barbod,
Anna bunisi fosfor, uldir hosil bulog’i,
Fosforsiz o’simlikning uchar hosil chirog’i.
Buningdir nomi temir, yanada cho’yan- po’lat,
Temirsiz hayotimiz chekadilar riyozat.

Shundan so’ng o’quvchilardan biriga qarab deydi:


Endi savol- javobga o’taylikchi do’stlarim,
quyidagi savolga javob beradi Karim.
Savolning asl matnini o’qib beradi Raxim,
Raxim qo’liga olib uzundan- uzun varaq
O’qiydi savol matnini o’yib qosh ila qavoq

Tabiatda bir gaz bor,


U siz hayotdir dushvor.
Foyizda olsak agar.
O’zingni tutgan hushyor.
Er yuzida qirq to’qqiz
Suvdachi sakson to’qqiz,
Insonning tanasida
Bo’larmish oltmish besh
U nimaga bo’lar xesh
Qani menga aytingchi
U gazning nomi nima.
Yana menga aytingchi
Unga qanday xislat bor.
Shundan so’ng o’rtaga Karim chiqadi:
Karim chiqib o’rtaga,
Ko’rsatdi jo’rtaga,
Ko’kragiga qalayni
Taqib olgan Abayni.
Bolalar xay- xaylashib,
Javob darlar noto’g’ri
Atrofni o’rab turgan o’quvchilar noto’g’ri deb baqirishdi.
Shundan so’ng:
Raxim o’rndan turib,
Yaqinlashadi yurib,
Karimjonga yuzlanib,
Qo’li bilan ko’rsatib,
Turgan elementlarni
Qaysisini so’radim
Karim ushlab boshini
Burishtirib qoshini
Manna topdim Raximjon
Deydi bosib hayajon kislorodni ko’rsatadi
Boy bermasdan fursatni
Raximjonu- Karimjon,
Quvonishdilar shu on.
Raximjon bilan Karimjonlar ikkalasi, ko’kragiga kislorod belgisini taqib olgan o’quvchiga yaqinlashib deydilar:
O kislorod, kislorod, sensiz bo’lmaydi xayot,
Sen ko’paysang olamga, hayot bo’lar barhayot.
Chang- to’zonlar kamaysa, sening hajming ko’paysa,
Tabiat, turmushimiz tobora bo’lar obod.
Sensan hayot chirog’i
Tiriklarning bulog’i.
Jonsiz- jonli dunyoning
Unar so’lmaydi bog’i.
Shundan so’ng ko’kragiga kislorod belgisi taqilgan o’quvchi vodorod element belgisini taqib olgan o’quvchi yaqinlashib deydi:
Sening noming Kislorod, mening nomim vodorod,
Ikkalamiz birlashib, umrimiz qilmay barbod.
Zaminni yashnatamiz, yaratamiz bog’u- rog’,
Hayotda yashaganning, umrin qilamiz obod.
Ko’kragida suvning formulasin taqib olgan o’quvchi kislorod va vodorod belgilarini taqib olgan o’quvchilarga yuzlanib deydi:
Ikkalangizdan hosil bo’lgan moda bo’laman,
Mehnatkashning izzatu- hurmatiga to’laman.
Meningda o’tu- o’llan, daraxitzoru va o’rmon
Hayvonu- odamzodga hayot baxsh etuvchiman.

Men bo’lsam dunyoda, olam bo’ladi xarob


Dehqonu- sohibkorlar mehnati bo’lar sarob
Sanotu- qurilishi chekadilar iztirob
Bunday noxush korlarga barham beruvchisiman.

Ismi sharifim suvdir, yanada «ash ikki O»


Qatra- qtra yig’ilib, yarataman men daryo.
Men o’zim suyuqlikman, hayotda suyukliman,
Mensiz zaminu- havo, xarob bo’ladi Dune.
Kislorod, vodorod va uning formulasini ko’kragida taqib olgan uchala o’quvchilar quyidagi satrlarni birgalashib o’qishadi. Bu satrlar o’quvchilarga ekologik tarbiya berishda kata rolg` o’ynaydi:
Eshtinglar ey do’stlar suvni qilmangiz iflos,
Behudaga ishlatib qilmang isrof.
Iflos qilsangiz suvni turmushda u ziyondir,
Ifloslanishdan uni eting xolos.

Amal qilingiz albat kattalarning so’ziga,


Oyoq qo’ymaydi hech kim kattalarning yuziga.
Bajarmoq darkor albat ularning o’gitlarin,
Shunda etajak albat yoshlar o’z murodiga

Ota- bobolar fytgan suvga tupurmagin deb,


Suvni iflos qilganlar yaramas betayin deb,
Suvni toza soqlangiz u biz uchun hayotdir,
Suvni ifloslantirgan dahriyligi tayin deb.
Shundan so’ng o’quituvchi darsga yakun yasaydi va darsga aktiv ishtirok etgan o’quvchilarni baholaydi va baxolarni kundaliklariga qo’yadi. Uyga vazifa beradi.
7- sinf «Anarganik kimyo» darsligining 41- 44- $- larni o’qib kelish.

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish