Aziz vatandosh, kel, endi sen bilan ona diyorimiz — O'zbekiston haqida suhbat quraylik. Bu o'ta maroqli suhbat-sayohatdir. Chunki Vatanga sayohat odamning o'z tarixi, o'zligiga sayohat kabi juda qizi-qarlidir.
O'zbekiston dunyodagi eng qadimiy va betakror o'lkalardan biridir. Uni umrida bir bor ko'rish orzusida yurganlar qancha. Sen bilan biz esa uning bag'rida yashaymiz, musaffo havosidan, zilol suvidan, beqiyos ne'matlaridan bahramand bo'lamiz. Bunday baxt hammaga ham nasib etavermaydi.
Sen O'zbekistonning qaysi mintaqada joylashganini bilasanmi? Sezib turibmiz, awalo «mintaqa» so'zining ma'nosini bilging kel-yapti. Mintaqa arabcha so'z bo'lib, yo'nalish, chegara, hudud degan ma'nolarni anglatadi. Bu so'zni keng va tor ma'nolarda ishlatish mumkin. U keng ma'noda bir necha mamlakatni qamrab oluvchi hududni anglatadi. Masalan, Markaziy Osiyo mintaqasi deganda so'zning keng ma'nosi tushuniladi. Chunki Markaziy Osiyo hududi bir qancha davlatlami o'z ichiga oladi. Tor ma'noda esa bu so'z ma'lum bir mamlakat ichidagi bir necha viloyatlami anglatadi. Masalan, sen «Mamlakatimizning janubiy mintaqalarida bahorgi ishlar boshlab yuborildi» degan mazmundagi gaplarni tele vizor va radiodan ko'p eshitgan bo'lsang kerak. Xo'sh, qani, o'zing ayt-chi, sen mamlakatimizning janubiy mintaqalari deganda qaysi viloyatlami tushunasan?
Kimdir bizdan Vatanimiz haqida so'rab qolgudek bo'lsa, dastlab mana bu ma'lumotlarni tilga olishimiz zarur.
O'zbekiston Markaziy Osiyoning o'rta va shimoliy qismida joylashgan mamlakat. U shimoli-sharqda Qirg'iziston, shimol va shimoli-g'arbda Qozog'iston bilan, janubi-g'arbda Turkmaniston, janubi-sharqda Tojikiston bilan, janubda qisman Afg'o-niston bilan chegaradosh. Umumiy maydoni 447 ming 400 kvadrat kilometr. Maydonining beshdan to'rt qismi tekislik, oz qismi tog', adir, tog' yonbag'irlaridan iborat. O'zbekiston hudu-didan Markaziy Osiyoning eng katta daryolari — Amudaryo va Sirdaryo oqib o'tadi. Mamlakatning sharqi va janubi-sharqiy qismida Tiyonshon, Oloy, Turkiston, Zarafshon va Hisor tog’lari bor. Bu tog'lar orasida Farg'ona, Zarafshon, Kitob — Shahrisabz, Surxon — Sherobod, Chirchiq — Ohangaron kabi katta vodiylar joylashgan. Aholining asosiy qismi ana shu vodiy-larda yashaydi.
Sen yurtimiz tasviri tushirilgan xaritaga diqqat bilan qarab ko'rganmisan? Kel, unga birgalikda bir nazar tashlaylik. Mana, unda har bir viloyat alohida ajralib turibdi. Har bir mintaqa va viloyat o'zining betakror tabiati, xalqi va beqiyos madaniyati bilan ajralib turadi. Prezident Islom Karimovning «Vatanimizdagi har bir viloyat, tuman, har qaysi shahar-qishloq — barchasining o'ziga xos qiyofasi, fayz-u tarovati bor»1 degan so'zlari ana shu haqiqatni nazarda tutib aytilgan.
Haqiqatan ham, bizning yurtimiz shunchalar rang-barang, shun-chalar betakrorki, O'zbekiston deganda, ko'z o'ngimizda Farg'ona vodiysining so'lim shahar va qishloqlari, Samarqand, Buxoro va Xivaning ko'hna me'moriy obidalari, Qoraqalpog'iston kengliklari, Toshkentning go'zal va azim qiyofasi, Qashqadaryoning bepoyon qirlari, Surxon tog'lari, har bir mintaqa va viloyat xalqining o'ziga xos fe'1-atvori va udumlari namoyon bo'ladi.
Prezidentimiz Islom Karimov o'z asarlarida ularning har qaysisi haqida ajoyib so'zlarni aytgan. Shu o'rinda ulardan ayrim namunalar keltiramiz, Ishonamizki, sen ularni diqqat bilan o'qib, xotirangga joylab olasan.
«Toshkent — Sharq darvozasi deb nom olgan, ulkan siyosiy. iqtisodiy, ma'naviy mavqega ega bo'lgan, fan, madaniyat, ijod, ilm-ziyo salohiyati yuksak ravnaq topgan, butun jahon miqyosida tan olingan mamlakatimizning bosh shahridir».
«Buxoro qadim-qadimdan sheryurak bahodirlar, mard pahlavonlar yurti bo'lib kelgan. Bugun dunyo miqyosida e'tirof etilayotgan o'zbek milliy kurashining vatani ham mana shu zamindir».
«Surxon vohasi haqida gap borar ekan, awalambor, bir tomoni bepoyon dalalardan iborat go'zal, quyoshli bir o'lka, shu o'lkada yashayotgan, o'zining kuch-qudratiga ishongan, o'ziga to'q el-yurt ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi. Mana shu go'zal, har tomonlama betakror yurtda yashaydigan mehnatkash, bag'rikeng xalqni, ochiqko'ngil, qalbi qaynoq odamlarni tasawur etamiz».
«Toshkent viloyati deganda, ko'z oldimizda Chotqol, O'gam, Chimyon kabi tog'lari, serhosil dalalari, ulkan sanoat korxonalari, zamonaviy shaharlari, fayzli qishloqlari, so'lim bog'-rog'lari bo'lgan go'zal bir voha namoyon bo'ladi».
«Samarqand — xalqimiz, millatimiz dovrug'ini butun dunyoga taratgan ming-ming yillik tarixga ega ilohiy maskanimizdir.
Samarqand — o'tmishi sharafli, buguni saodatli, kelajagi abadiy shahardir».
«Qashqadaryo — mamlakatimizning ko'p-ko'p tabiiy zaxiralari joylashgan hududlaridan biri, ulkan imkoniyatlarga ega bo'lgan, go'zal va betakror, Ollohning nazari tushgan makondir. Va o'z yurtini obod etib, shu vohaga sadoqat bilan yashayotgan mard va jasur insonlar Vatanidir».
«Navoiy viloyati deganda, bu go'zal vohaning betakror tabiati, cheksiz cho'l va dalalar, bepoyon yaylovlar bilan birga ulkan sanoat mintaqasi ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi».
«Jizzax vohasining go'zal va betakror go'shalarini, Baxmal va Zomin manzaralarini, Forishning baland tog'larini bir bor ko'rgan kishi bu joylarga maftun bo'lib qolishi muqarrar».
«O'zbekistonning istiqboli — Qoraqalpog'istonning istiqboli, Qoraqalpog'istonning istiqboli — O'zbekistonning istiqboli desak, xato bo'lmaydi».
«Xorazmning shonli tarixi bizda o'tmish merosimiz bilan haqli ravishda faxrlanish tuyg'usini uyg'otadi. Chunki Xorazm tarixi o'zbek davlatchilik tarixining uzviy qismidir, uning qudrati va qadimiyligi timsolidir».
«Sirdaryo tarixi — xalqimiz tarixining uzviy bir qismi sifatida uzoq va qadimiydir».
«Andijon deganda, ko'z o'ngimizda buyuk inson, ulkan shoir va mutafakkir, davlat arbobi, temuriylar avlodi Zahiriddin Muhammad Bobur gavdalanadi. Bobur biz uchun tom ma'nodagi buyuk madaniyat, oliy darajadagi sharqona odob va axloq timsolidir».
«Farg'ona viloyati respublikamizning tayanch tog'laridan biri hisoblanadi».
«Namangan xalqi o'ziga xos xususiyatlarini, o'z tarixi, an'ana va urf-odatlarini, betakror shevasini asrlar mobaynida saqlab kelmoqda. Bu xalq o'zining mehnatsevarligi, odamiyligi, xushmuomalasi, mehr-oqibati bilan kishida havas uyg'otadi. Namanganliklar hatto murg'ak farzandini ham «sen» demaydi, «siz»lab gapiradi».
Shoirlarimizning Vatan madhiga bag'ishlangan she'rlarini yodga olaylik. Sen ham bunday she'rlardan ko'pini bilsang kerak. Bilmaganlaringni esa mana hozir o'qib, daftaringga yozib olasan.
Hassos shoir Hamid Olimjon «O'zbekiston» she'rida o'lka-mizning betakror go'zalligini, uning tabiatini shunday tasvirlab bergan:
Chiroylidir go'yo yosh kelin,
Ikki daryo yuvar kokilin.
Qorli tog'lar turar boshida,
Gul vodiylar yashnar qoshida.
Chor atrofga yoyganda gilam,
Aslo yo'qdir bundayin ko'klam.
Tog'lardagi qip-qizil lola Bo'lib go'yo yoqut piyola
Buloqlardan uzatadi suv,
El ko'zidan qochadi uyqu...
Faylasuf shoirimiz G'afur G'ulom esa Vatanga bo'lgan muhabbat tuyg’usini «Bog’» she'rida g'urur va iftixor bilan shunday bayon et-gan:
Bir vatanning o'g'limenkim, har taraf gul-lola bog',
Qalb ko'ziday eng qorong'i kechada porlar charog'.
Har yigit mag'rur-u har qiz ko'kragi qo'sh cho'qqi tog',
Suv desang, sharbat oqar, iqlim desang, qaymog'-u yog',
O'z-o'zini maqtaganda, maqtamay qolg'aymi men?
Lola jomi to'lsa ko'klam shabnamidan ertalab,
Yozgi chilla sho'x xayolday o'tsa kurtakni yalab,
Er quyosh qandli qozon ostiga qo'ysa o't qalab,
Bilmadim, chillik, daroyi qilg'usi qanday talab,
Lablaridan qand tomarsa, so'rmayin qolg'aymi men?
Bu she'riy misralarda yurtimiz tabiatining jozibasi, o'zbek za-minining saxovati, o'lkamiz quyoshining harorati — barcha go'zalliklar o'z aksini topgan. G'afur G'ulom mevali bog'larni qandli qozonga o'xshatadi. Quyoshni esa ana shu qozon ostiga o't qalaydigan erkak oshpazga qiyoslaydi. Chillik, daroyi kabi uzum navlarining pishib, lablaridan bol tomizib turishi kimni o'ziga maftun etmaydi deysan. Vatanga muhabbat insonni mana shunday shoirga aylantiradi.
Sen yaxshi taniydigan qahramon shoirimiz AbduUaOripovning «O'zbekiston — Vatanim manim» she'rida ona yurtimiz qiyofasi yorqin aks ettirilgan. Shoir O'zbekiston, ya'ni qadrdon vatan in-son hayotining ma'no-mazmunini belgilaydigan bebaho ne'mat ekanini ta'kidlaydi, uning o'tmishi, kelajagi, oddiy va to'pori, mard va oriyatli odamlari, har bir giyohi bilan faxrlanadi. Bu she'rning ilk satrlaridayoq O'zbekistonimiz o'xshashi yo'q o'lka ekani, uning timsolida har bir farzand o'z baxti va quvonchini ko'rishi, hali hech kim bilmagan haqiqatlarni kashf etishi kuchli his-hayajon vositasida tasvir etiladi:
Yurtim, senga she'r bitdim bugun,
Qiyosingni topmadim aslo.
Shoirlar bor, o'z yurtin butun
O1am aro atagan tanho.
Ular she'ri uchdi ko'p yiroq,
Qanotida — kumush diyori.
Bir o'lka bor dunyoda biroq —
Bitilmagan dostondir bori.
Faqat ojiz qalamim manim,
O'zbekiston — Vatanim manim!
Test-book.ucoz.com
Do'stlaringiz bilan baham: |