I. O‘YIN UCHUN AJRATILGAN MAYDON O‘LCHAMLARI.
Kichik futbol o‘yinini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan maydon (1-rasm) qo‘yidagicha bo‘lishi talab etiladi.
1. Kichik futbol maydoni o‘lchami
O‘yin uchun mo‘ljallangan maydon to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘lib, uning bo‘yi 25 - 42 m va eni 15 - 25 m bo‘ladi. Barcha holatlarda maydonning bo‘yi enidan uzun bo‘ladi.
Tushuntirish
Xalqaro uchrashuvlar uchun maydon ulchami uzunligi 38 - 42 metr, eni 18 - 22 metr bo‘ladi.
2. Kichik futbol maydonidagi chiziqlar
Maydon yaxshi ko‘rinadigan chiziqlar bilan chizilib, chiziqlar eni 8 sm bo‘ladi. Uzun chiziqlar, yon chiziqlar, qisqa chiziq, darvoza chizig‘i deb yuritiladi. Shuningdek maydon markazidan o‘tkazilgan paralel chiziq o‘rta chiziq deb yuritilib uning o‘rtasiga maydon markazini belgilovchi belgi sifatida no‘qta qo‘yiladi. Maydon markazidan radiusi 3 metr aylana chiziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |