III. Kalendar yilida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi 1 mlrd. so‘mdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini yuridik shaxslar uchun belgilangan tartibda to‘lashga o‘tadi. Shuningdek, soliqlarni yuridik shaxslar uchun belgilangan tartibda to‘lashga o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga foyda solig‘ini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini tanlashga huquqi berildi. Bunda, foyda solig‘ining soddalashtirilgan tartibdagi soliq bazasi jami daromadning 25 foizi miqdorida belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |