Tadbirkor rahbar etikasi
Tadbirkor faoliyati faqat tadbirkorlikning huquqiy va tashkiliy asoslariga bog'liq bo' lmasdan, u insonlar, qo' I ostida xizmat qiluvchi mutaxassis va ishchilar, ayniqsa, chet ellik hamkasblari biznesmenlar doirasida umumaxloq iy me'yorlarga rioya qilishi bilan ham baholanadi. Ishdagi muvaffaqiyatning yarmidan ko'prog'i uning odobi, madaniyati, dunyoqarashi, ishbilarmonlik qoidalarini qay darajada bilishiga bevosita bog'liqdir.
Umuman, tadbirkorlik ham madaniyatdir. Aytishlaricha, madaniyatli odam tadbirkor bo'lishi shart emas, ammo tadbirkor inson madaniyatli bo' lishi lozim. Arastu (Arestotel) o' z zamonida birinchi bo' lib axloq to'g'risida gapirib: "Axloq nimani qilishimiz va nimadan o'zimizni tiyishimiz kerakligini aniqlashimizga yordam beradi", - degan edi. Prezidentimiz I. Karimov axloq tushunchasiga quyidagicha ta'rif berdi: "Axloq ma'naviyatning o'zagi. Inson axloqi shunchalik salom-alik, xushmuomaladangina iborat emas. Axloq bu, avvalo, insof va adolat tuyg'usi, iymon, halollik degani".
Darhaq iqat, axloq biz uchun avvalo, insoniy munosabatlar shuningdek insonlaming fe'l-atvorlari, ulaming qanchalik maqbul nuqtai nazardan ko'rib chiqish va baholashga imkon beruvchi bilim sohasidir. Taraqqiy etgan davlatlarda, ayniqsa, Yaponiya va AQSHda firmalaming "Etika kodeksi" va biznesmenlaming alohida kasb ustalari guruhlarining "Ishbilarmonlik kodeksi" keng qo'llaniladi. "Biznesmenlarning axloq kudeksi" birinchi marta AQSHda 1913-yili ishlab chiqilgan b·o lib, unda tadbirkorlik faoliyatini yuritishning asosiy qoidalari qabul qilingan. Bu qoidalar yagona asosga jamlangan bo' lib, ular biznes sohasidagi usu! va siyosatni baholash, haqiqat va adolatlilik tushunchalari bilan uyg'unlashishi belgilangan.
Vagt o'tishi bilan kodeks bir necha bor takomillashdi. Natijada, bu borada turli firmalar va kompaniyalar tomonidan to'plangan, ularning tajribasiga asoslangan, umumlashgan g'arb ishbilarmonlik dunyosida keng ma'lum bo'lgan quyidagi "Biznesmenning axloq kodeksi" shakllandi:
Umumiy qoidalar
xususiy mulk muqaddas, daxlsiz va mulkchilikning qolgan barcha shakllari bilan bir qatorda tengdir;
tadbirkor ishchanlik va yaratuvchanlik missiyasining jonkuyaridir. Uning kasbi astoydil faoliyatni, ishlab pul topishni talab qiladi. Bu uning obr·o -e 'tibori manbaidir;
·o z mehnatining ahamiyatini anglay oladi. U
·o z
hamkorlaridan ishga mas'uliyat bilan yondashishni talab qiladi va um qo' llab-quvvatlaydi;
xususiy xo'jalik faoliyati ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga olib keladi va tadbirkorga ·o ziga xos majburiyatlar yuklaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |