Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda invisitsiyalashning iqtisodiy samaradorligi va tahlili Mundarija: Kirish Asosiy qism



Download 354,44 Kb.
bet3/11
Sana30.04.2022
Hajmi354,44 Kb.
#600414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
70 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda invisitsiyalashning iqtisodiy samaradorligi va tahlili

1.1 jadval

1.1-chizma. Iqtisodiyot tarmoqlarining YaIM o’sishidagi hissasi5


Xalqaro valyuta jamg‘armasining so‘nggi baholash missiyasining bayonotida O‘zbekiston jadal rivojlanib, global moliyaviy inqirozni yengib o‘tgani qayd etilgan, shuningdek, o‘rta muddatli istiqbolda mamlakatimizda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlari saqlanib qolishiga katta ishonch bildirilgan. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning bosh maqsadi – kuchli, raqobatbardosh milliy iqtisodiyotni yaratish va shuning hisobidan aholi farovonligini muntazam oshirib borishdir. Shu sababli davlatimiz rahbari zamonaviy bozor mexanizmlari, ularning samaradorligini ta’minlash va shu asosda mamlakatimizda barqaror bozor iqtisodiyotini shakllantirishning muhim shartiga aylangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Istiqlol yillarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar, imtiyoz va preferensiyalar yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ustuvor yo‘nalishga aylandi. Milliy iqtisodiyotimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushining ortib borayotgani ichki bozorni raqobatbardosh va sifatli tovarlar bilan to‘ldirish, zamon talablarini inobatga olgan holda xizmatlar ko‘rsatish sohasini kengaytirish, eksport tarkibida jahon bozorlarida haridorgir, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarni ko‘paytirish, avvalo yoshlar uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish va shu asosda aholi daromadi hamda farovonligini oshirishning muhim omillaridan biri bo‘ldi. “Hukumat joriy yilda davlat dasturlari doirasida hamda tadbirkorlikni rivojlantirish orqali 500 mingta yangi ish o‘rinlari yaratishni ta'minlashi zarur”.6
1-Prezidentimiz Islom Karimov Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida tadbirkorlik faoliyati uchun yanada keng imkoniyat va erkinliklar yaratish maqsadida qator muhim qonunchilik tashabbuslarini ilgari surganlar. Jumladan, yangi tahrirdagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun, “Raqobat to‘g‘risida”, “Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirishlar qisqartirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunhujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilingan. Shu o‘rinda 1- Prezidentimiz tashabbusi bilan “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganini alohida ta’kidlash joiz. Bu qonun biznesning yangi turi – oilaviy biznesning tashkiliy-huquqiy shaklini belgilab berdi, ushbu turdagi faoliyatni davlat tomonidan rag‘batlantirishni mustahkamladi, oilaviy korxona a’zolarining huquq va majburiyatlari, mehnat munosabatlarini tartibga soldi. Milliy an’analarimiz va xo‘jalik faoliyatining ob’ektiv voqeliklariga to‘liq mos keladigan ushbu biznes shakli bugun mamlakatimizda keng quloch yoymoqda. Yangi ish o‘rinlari tashkil etilmoqda, odamlar barqaror daromad olmoqda, oilalar, umuman, butun xalqimiz farovonligi izchil yuksalmoqda.Shuningdek,Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham 2020-yilgi murojaatnomalarida tadbirkorlikni keng rivojlantirish to’g’risida aytib o’tadilar va “Har bir oila-tadbirkor” dasturi doirasida o’z biznesini boshlayotgan oilalarga 5,9trln so’m miqdorida kreditlar ajratilaganini ta’kidlaydilar. Mamlakatimizda milliy iqtisodiyotimiz salohiyatini rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyatini izchil oshirishga doir keng ko‘lamli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Chunonchi, 2011 yil O‘zbekistonda “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik” yili, 2018-yil esa “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash” yili deb e’lon qilingani va bu borada tegishli davlat dasturlari amalga oshirilgani ham shundan dalolatdir. Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining vitse-prezidenti hamda moliya va xususiy sektorni rivojlantirish masalalari departamenti rahbari Djanamitra Devan kichik biznesni samarali qo‘llab-quvvatlash iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda muhim rol o‘ynashini ta’kidlagan edi. O‘zbekistonda ushbu soha rivoji yo‘lida yordam ko‘rsatish iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish va uni diversifikatsiya qilishni ta’minlashning zarur sharti sifatida belgilab bergan. Islom taraqqiyot banki vitse-prezidenti Birama Sidibe esa O‘zbekistonda kichik biznes milliy iqtisodiyot asosiga aylanganini ta’kidlab o’tgan. Islom taraqqiyot banki mamlakatimizda ushbu sektor uning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida qo‘llab-quvvatlanayotgani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, aholi bandligi va farovonligini oshirish uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha eng yaxshi strategiya ekanini e’tirof etgan. O‘zbekiston 2003 yilda Islom taraqqiyot bankining a’zosi bo‘ldi. O‘tgan davr mobaynida bank mamlakatimizga ustuvor yo‘nalishlarga oid 34 loyihani moliyalash, jumladan, xususiy sektorni rivojlantirish uchun jami 923 million AQSH dollari ajratdi. Biz, deb ta’kidlaydi Islom taraqqiyot banki vitse-prezidenti, bundan buyon ham bugungi barqaror taraqqiyotning eng muhim harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda mamlakatingizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz. Ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga oid kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi samarasida ushbu sektorning O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘rni tobora oshib bormoqda, raqobatbardosh mahsulot turlari va ishlab chiqarish hajmi ko‘paymoqda. 2018 yilning birinchi yarmida mamlakatimizdafaoliyat ko’rsatayotgan kichik biznes subyektkari soni 238,5mingtani tashkil qildi. Ularning aksariyati ishlab chiqarish tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatmoqda. Bozor munosabatlari va xususiy mulk huquqlari ustuvorligi e’tiborga olingan holda, jahon bozorida munosib raqobatlasha oladigan milliy iqtisodiyotni shakllantirish – muntazam rivojlanayotgan va yanada jadal tus olayotgan jarayondir. Bugun O‘zbekistonda kichik va xususiy korxonalar nafaqat savdo, xizmatlar ko‘rsatish va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash sohalarida faoliyat yuritayotir, balki innovatsion, nano va biotexnologiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda sanoatda, ilmtalab yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishda ham ularning ulushi ortib borayotir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatda ishtirok etish, tashqi bozorlarga mahsulot chiqarishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ham kengaymoqda. Tadbirkor - bu doimo o‘z ishining fidoiysi, bilimdonidir. Tadbirkorlik uchun o‘qish kerak, nafaqat dastlabki paytlarda, balki tadbirkor bir umr o‘qishi, izlanishda bo‘lishi kerak. U eng avvalo, tadbirkorlik faoliyatini qanday amalga oshirishni, qanday sharoitda amaliy harakat qilishni, tadbirkor oldida uchraydigan to‘siqlarni hal qilish yo‘llarini va qanday yutuqlarga erishishni bilishi kerak. Tadbirkor - ishlab chiqarishni tashkil etishni, hamda mahsulotni sotishni bilishi kerak. U bozor munosabatlari sharoitida yuzaga keladigan aniq sharoitlarni baholashni va to‘g‘ri yo‘l tanlashni bilishi kerak. Hech kim, hech qachon tadbirkorga nima qilishni o‘rgatmaydi va og‘ir paytdlarda yordamga kelmaydi. Har bir tadbirkor faqat o‘z kuchiga, bilimiga va zakovatiga ishonishi va suyanishi lozim. Tadbirkorlik faoliyatini aksiyadorlik mulki shaklida ham, jamoa mulki shaklida ham, xususiy (yakka) mulk shaklida ham amalga oshirish mumkin. Biroq aksiyadorlik mulki shakli va jamoa mulki shakli doirasida uni tashabbus ko‘rsatish, qarorlar qabul qilish va o‘z faoliyati uchun javobgarlik masalalarida xodimlar va menejerlarga xususiy mulk egasi imkoniyatlari qanchalik darajada berilishiga bog‘liq ravishda amalga oshirish mumkin. Savdo, maishiy xizmat, mahalliy sanoat, ijtimoiy sohalar korxonalarini davlatnikidan xususiyga aylantirish jarayoni ancha qiyin o‘tdi. Bu yerda avval xususiylashtirish yiriklashtirilgan ishlab chiqarish bo‘limlari bo‘yicha bajarildi, ularning zaminida ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlari tuzildi. Ammo hayot bu jamiyatlarni kichiklashtirishni taqazo qiladi, shu maqsadda unga kiruvchi ayrim tarkibiy birgaliklarga katta mustaqillik berildi. Natijada O‘zbeksavdo, O‘zmaishiyittifoq, O‘zbekbirlashuv kabi tarmoqlar bo‘yicha 13 mingga yaqin xususiy korxonalar tashkil etildi. Keyingi yillarda kichik va xususiy korxonalar tashkil qilishga eng katta ahamiyat berilmoqda. Tadbirkorlikning shakllanishi va rivojlanishi o‘z tarixiga ega. Har qanday tadbirkorlik ma’lum bir hududda: mamlakat, viloyat, shahar yoki qishloq miqyosida olib boriladi. Tadbirkorlik faoliyatini samarali olib borish uchun ma’lum bir ishchi muhiti bo‘lishi kerak. Bunday muhit ayrim hududlar miqyosida mujassamlanib, o‘zida ishbilarmonlikni amalga oshirishni mujassamlantirgan. Umumiy holda tadbirkorlik muhiti asosan quyidagi to‘rt omil: huquqiy,siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy omillarning o‘zaro bog‘liqligi natijasida amalga oshiriladi. Ular ijobiy yoki rag‘batlantirish ko‘rinishida ham shakllanishi mumkin. Ushbu holda mamlakat yoki mintaqadagi mavjud shart-sharoitlar tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun mos bo‘ladi. Chunki, bunday muhit tadbirkorga amalga oshirayotgan ishlarining natijalari qanday bo‘lishini oldindan ko‘ra bilishiga keng imkoniyat tug‘diradi.

Download 354,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish