KIBERXAVFSIZLIK TUSHUNCHASI, UNING TASHKIL ETUVCHILARINING XARAKTERISTIKALARI. AXBOROTLI JAMIYATDA XAVFSIZLIK. XAVFSIZLIK TUSHUNCHASI
KRIPTOGRAFIYA 2
TAYYORLADI: QAYUMOV.SH
Axborot etikasi
Axborot etikasi – axborot texnologiyalarini rivojlanishi va qo’llanilishi bilan bog’liq holda paydo bo’ladigan axloqiy muammolarni tadqiq qiladigan fan. Axborot etikasi kompyuter etikasi va axborot falsafasi bilan bog’liq.
Axborot axloqiy dilemmalar “axborot jamiyatida” ayniqsa muhim bo’li bormoqda. Allaqachon axborot texnologiyalari mualliflik huquqlari, intellektual erkinlik, javobgarlik va xavfsizlikni himoyasiga tegishli bo’lib, insonning fundamental huquqlarini qamrab oladi. Axborot etikasi mulk, ruxsat, shaxsiy hayot daxilsizligi, axborot umumiyligi va xavfsizligi muammolarini ko’rib chiqadi.
Kiberetika
Kiberetika – kompyuterlar nimaga dasturlangan bo’lsa hamda bu alohida insonlarga va umuman jamiyatga qanday ta’sir qilishi, foydalanuvchilarni axloqini qamrab oladigan kompyuterga taalluqli etikani falsafa sohasidir. Quyida kiberetika shug’ullanadigan masalalarga misollar keltirilgan:
Foydalanuvchilarni yolg’on axborotdan himoyalash lozimmi?
Raqamli ma’umotlar (musiqa,filmlar, kitoblar, veb-sahifalar va shu kabilar) kimga tegishli va foydalanuvchilar ular bilan nima qilishi mumkin?
Tarmoqda azart o’yinlar va pornografiya qanchalik ochiq?
Internetdan foydalanish har bir kishining asosiy huquqimi?
Boshqa insonlar to’g’risidagi shaxsiy ma’lumotlarni Internetda translyatsiya qilish tabiiymi? (onlayn-status yoki GPS orqali joriy joylashuv va shu kabilar).
AXBOROT HUQUQI TUSHUNCHASI
Axborot huquqi – axborotni aylanishi, axborot resurslarini shakllanishi va foydalanilishi, fuqarolar, tashkilotlar, davlat va jamiyat axborot ehtiyojlarini xavfsiz qondirilishini ta’minlash maqsadida axborot tizimni yaratilishi va ishlashi bilan bog’liq axborot sohasida ijtimoiy munosabatlarni nazoratlovchi huquqiy me’yorlar majmui, huquq sohasidir.
Privacy (shaxsiy hayot siri) – insonni avtonomiya va shaxsiy hayot erkinligiga huquqi, unga hukumat organlari va boshqa insonlarni kirishidan himoyalanish huquqi;
Accuracy (aniqlik) – tizimlarni joriy qilish bo’yicha qo’llanmani aniq bajarilishi va o’z majburiyatlariga ijtimoiy-javobgarlik, va adolatli munosabat bilan axborotni qayta ishlanishi bilan bog’liq me’yorlarga amal qilinishi;
Property (xususiy mulk) – xususiy mulk daxlsizligi – iqtisodiyotda mol-mulk tartibining asosi. Bu tamoyilga rioya etilishi axborotga egalik qilish huquqi va mualliflik huquqi me’yorlariga rioya etilishini anglatadi;
Accessibilitiy (foydalanuvchanlik) – fuqarolarni axborotga, uning istalgan vaqt va joyda foydalanilish huquqi.
XAKERLIK ETIKASI
“Xaker” tushunchasiga ulkan miqdirda tushunchalar keltiriladi. Etikaning bu yo’nalishini rivojlantirayotgan mualliflardan biri Erik Reymond o’zining “Xakerni yangi lug’ati”da quyidagi sakkiz ta’rifni keltiradi:
--O’z ishida minimal biimlar bilan cheklanadigan ko’pchilik dasturchilardan farqli tizimni yaqqol bo’lmagan va nozik imkoniyatlari o’rganish katta zavq beradigan dasturchi;
--Amaliy dasturlash, komyuter mavzusi atrofida nazariylashish, ulkan zavq beradigan dasturchi-muxlis yoki shunchaki dasturchi;
--Istalgan soha eksperti yoki muxlisi, masalan, “astronomic xaker” yoki “xaker-botanik”;
--Murakkab masalalarni yechish zavq bag’ishlaydigan inson; umumiy qabul qilingan qoidalar va cheklovlarni aylanib o’tishni yaxshi ko’radigan kimsa.
BLOGERLIK ETIKASI
Internet tarmog’ida bloglarni keng tarqalishi bilan kompyuter etikasini o’ziga xos ko’rinishi shakllanishni boshladi – bu e’lon qilinayotgan axborot ishonchliligi, plagiat, axloqiy va ma’naviy me’yorlarni rioya etilishi masalasiga tegishli blogerlik etikasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |