Kiberxavfsizlik 4-amaliy ish
Rezervli nusxalash va tiklash siyosati
Ishdan maqsad: Talabalarda rezervli nusxalash va tiklash siyosati bo’yicha amaliy ko’nikma va tushunchalar hosil qilish
Rezervli nusxalash kompyuter sozlanmalarni hamda unda mavjud fayllarni qayta tiklash maqsadida amalga oshiriladi. Rezervli nusxalash uchun Operatsion tizimning o’zida o’rnatilgan funksiyadan yoki qo’shimcha o’rnatilgan dasturlardan foydalanish mumkin.
Operatsion tizimning fayllarni qayat tiklash va boshlang’ich sozlanmalarga qaytilshni tiklash uchun himoya tizimi mavjud bo’lib u orqali tizimni nosoz holatidan soz holatiga qaytarish mumkin.
Windows OT da qayta tiklash nuqtasini hosil qilish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Tizim xususiyatlarini oynasiga kirish amalga oshiriladi. Buni bir necha usuli mavjud. Ishchi stolida turgan Mening kompyuterim (Мой компьютер) belgisi ustiga sizchqonchani keltirib, o’ng tugmasi bosiladi hamda xususiyatlar (Свойства) bo’limi tanlanadi.
Bundan tashqari Панель управления->Система и безопасность->Система ketma-ketligi amalga oshiriladi va quyidagi oyna ochiladi. Ochilgan oynada Tizim himoyasi (Защита системы) tanlanadi.
Ochilgan oynada qayta tiklash nuqtasini yaratish uchun Yaratish (Создать) tugmasi bosiladi va nuqta nomi kiritiladi. Undan avval qaysi disk uchun qayta tiklash nuqtasi hosil qilishni aniqlashtirib olish lozim. Buning uchun Sozlash… (Настроить...) tugmasi bosiladi va ochilgan oynada Himoya yoqiladi va ajratiladigan joy beriladi.
Yuqoridagi amallar bajarilgach qayta tiklash nuqtasi hosil qilinadi. Qayta tiklash nuqtasi hosil qilinganiga ishonch hosil qilish uchun Qayat tiklash (Восстановить...) tugmasi bosiladi.
Zahira nusxalash va qayta tiklash uchun ko’plab dasturalr ishlab chiqilgan bo’lib ulardan foydalanilishi ham mumkin. Qayta tiklash va zahira nusxalashni amalga oshirishni Disk Drill dasturi namunasida amalga oshirilishi quyida keltirilgan.
Mazkur dastur orqali qayta tiklash faylini hosil qilish uchun kerakli disk tanlanib chap tomonda turgan Бекап Диска tugmasi bosiladi.
Natijada bekap fayl hosil bo’ladi
Yo’qolgan fayllarni qayta tiklash uchun esa Qayta tiklash (Восстоновление) tanlanadi hamda ma’lumotlarni qidirish tugmasi (Искать данные) bosiladi va natijada ma’lumotlar qidiruvi jarayoni boshlanib ketadi.
Qidirub jarayoni tugagach topilgan fayllar ekranda chiqadi. Kerakli fayllar tanlanib qayta tiklash tugmasi bosiladi. Topilgan barcah fayllarni tiklash imkoniyati ham mavjud
Xulosa.
Biz ushbu amaliy ishni bajarish davomida fayllarni rezervli nusxalashni, zahira saqlashni hamda ularni ba’zi dasturlar yordamida qayta tiklashni o’rgandik. Kiberxavfsizlik uchun esa bu juda muhim jarayon hisoblanadi. Yuqorida ko’rib o’tganimizdek fayllarni qayta tiklashda Disk Drill dasturi ancha samarali hisoblanib, undan fayllarni qayta tiklashda unumli foydalanish mumkin. Bugungi amaliy ishda o’rganganlarimiz kelajakada foydali bo’ladi hamda yaxshi kiberxavfsizlik mutaxassisi bo’lishimizga yordam beradi degan umiddaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |