GLOSSARIY
AFAZIYA (yunon. aphasna, a – inkor, phasis – nutq) miya muayyan qismlarining, odatda, chap yarim sharning shikast topishi tufayli vujudga kelgan nutqiy buzilish. Afaziya miyaga qon quyilishi (insult), miya o‘simtasi, biror bir mexanik shikast tufayli vujudga keladi. Agar miyadagi nutqiy zonalarning hammasi shikastlansa, total afaziya yuzaga keladi. Bunday holatda nutq umuman yo‘qoladi va uni tushunish amalga oshmaydi. Agar miyaning nutqiy zonalaridan biri ishlab ketsa, qisman afaziya vujudga keladi.
AKKULTURATSIYA – madaniyatlarning o‘zaro ta'sir jarayoni bo‘lib, u biron bir xalq yoki biron bir xalq vakili tomonidan boshqa xalq madaniyatining to‘liq yoki qisman qabul qilinishini ifodalaydi. Akkulturatsiya boshlang‘ich, ko‘nikish, moslashuv, osoyishtalik, uyga ketish arafasidagi moslashuv va so‘nggi bosqichlarga ajraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |