LINGVISTIK SHOK – ona tili uchun kulgili, g‘alati va odobdan tashqari hisoblangan lisoniy birliklar qo‘llanilgan xorijiy nutqni eshitgan insonning hayratlanish, kulish yoki xijolat bo‘lish holati. Masalan, turk tilida düşmek “yiqilmoq”ni, o‘zbek tilida tushmoq “yuqoridan, balandlikdan pastga tomon yo‘nalmoq; biron transportdan tushmoq va h.k.” yoki zor “juda qiyin”, zo‘r “juda yaxshi” ma'nolarni ifodalaydi. Koreys tilida oppa akani, o‘zbek tilida bunga qarama-qarshi ma'nodagi so‘zni anglatadi. Tillararo bunday omonimiya hodisasi “tarjimonning aldoqchi do‘stlari” muammosi sifatida tasvirlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |