Misol tariqasida davlat xizmatlaridan, elektron hukumat portallaridan foydalanish tadbirkorlar va boshqa har qanday kasb egalariga eng oliy ne’mat bo’lgan vaqtdan va qo’shimcha harajatlardan yutishga imkoniyat beradi va bu mamalakatimizning iqtisodiy ijtimoiy salohiyatini yanada yuksaltirishga keng yo’l ochib beradi. Har bir tadbirkor yoki mansabdor shaxs bo’lsin hujjatlarni tasdiqlashda muhr yoki imzodan foydalanadi lekin elektron hujjatlarga moddiy muhr bosishning yoki imzo qo’yishning imkoni mavjud emas, imzo yoki muhrsiz hujjatga hech kim ishonmaydi. Shu sababdan elektron hujjatlarni muhr va imzolash muammosi kelib chiqdi. Bu muammo kriptologiya fani rivojlanishi natijasida bartaraf etildi. Elektron hujjatga qo’yiladigan kriptografik himoyalangan elektron imzo algoritmlari ishlab chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |