Ekran maskasi.Tasvir sifati soyaviy maskani ishlatilishini turiga va tavsifnomasiga bog‘liq. Bu yerda maska oralig‘idagi masofani o‘lchaydigan o‘lchov birligi sifatida millimetr ishlatiladi. 14 dyuymli 0,28 mm maskali monitor uchun taxminan 600000 teshik bo‘ladi. Teshiklar orasida masofa qancha kichik bo‘lsa, teshiklar qancha ko‘p bo‘lsa, tasvir sifati shuncha yuqori bo‘ladi.
Muhofaza sinfi. Monitorni muhofaza sinfi xavfsizlik texnikasi talablari nuqtai nazaridan monitor muvoffiqlik standarti bilan aniqlanadi. Hozirgi kunda quyidagi halqaro standartlar qabul qilingan: MPR-II, TCO-92, TCO-95, TCO-99. MPR-II standarti inson uchun xavfsiz bo‘lgan elektromagnit nurlari darajasini cheklaydi. ТСО-92 standartida bu me’yorlar saqlanib qoldi, ТСО-95 va ТСО-99 standartlarida bu me’yoarlar qat’iylashgan. Ergonomik va ekomanik me’yorlar birinchi bo‘lib ТСО-95 da paydo bo‘lgan. ТСО-99 standarti esa tasvir sifatini (yorug‘lik aks etishi, jimillashi, qobiqni dog‘larga qarshi xususiyati) aniqlovchi parametrlarni qat’iy me’yorlarini kiritdi.
Aktiv matritsada bo‘lganidek, passiv matritsali suyuqkristalli monitorlarda ham ikkinchi qutblangan yoryg‘lik filtri yacheyka orqali o‘tuvchi yorug‘lik miqdorini boshqaradi. Yacheykalar yorug‘lik filtri orqali o‘tadigan qutblash tekisligiga iloji boricha yaqin o‘tadigan qilib yorug‘lik to‘lqinini qutblash tekisligini qaytaradi. Har bir yacheykada yorug‘lik qancha ko‘p bo‘lsa, piksel shuncha yorug‘ bo‘ladi. Monoxromli (oq-qora) suyuq kristalli monitorlarda kulrang gradatsiyasi (CI gacha) yoki yacheyka yorug‘ligi o‘zgarishi hisobiga, yoki bitta pikselga muvaffaq bo‘lgan yoqilgan va o‘chirilgan yacheykalar miqdori orasidagi mutanosibligi hisobiga yaratiladi. Rangli suyuq kristalli monitorlarda bir pikselga uchta yacheyka to‘g‘ri keladi va ularning yorug‘ligini boshqargan holda ekranda tasvirni turli rangliligiga erishish mumkin. Hozirgi kunda passiv matritsali va ikkilamchi skanerlashli suyuq kristalli monitorlarkeng tarqalgan, chunki tasvir sifati bo‘yicha aktiv matritsali suyuq kristalli monitorlarga yaqinlashtirib olindi, ammo oddiy passiv matritsali suyuq kristalli monitorlarga qaraganga uncha qimmat emas.
Aktiv matritsali monitorlarni ishlab chirarishda uchraydigan jiddiy muammo chiqish nazoratida braklash foizi yo‘qori: panellarda ishlamaydigan yacheykalar haddan tashqari ko‘p topiladi (asosan tranzistorlar buzilgani uchun). Bu ularni ancha qimmatlashtiradi, chunki braklangan mahsulot qiymati sifatli mahsulot qiymatiga kiradi.Eng yaxshi rangli displey – aktiv matritsali displeylardir, yoki har bir pikselni uchta tranzistor (qizil, yashil va kko‘k rang uchun) boshqaradigan ingichka plyonkali tranzistorlardir (TFT). Aktiv matritsali monitorlar tasvir yorug‘ligi bo‘yicha passiv displeylardan oshadi, shuning uchun ulardagi tasvir burchak ostida yaxshi ko‘rinadi.
Hozirgi kunda suyuqkristalli monitorlar nafaqat portativ kompyuterlarda faol ishlayapti, balki stol usti tizimlarda ham qo‘llanila boshladi. Ularni elektron nurli trubkali monitorlardan bir qator faziolatlari ajratib turadi:
Ma’lumot aks etishi uchun monitor ekranining butun yuzi ishlatiladi. Masalan, 17 dyuymli suyuqkristalli monitorlarda ko‘rish doirasi – 17 dyuym, elektron nurli trubkali monitorlarda esa faqat 15 dyuym.
Ish joyini tejashga imkon beradigan kichik chuqurligi.
Kam energiya ishlatadi, natijada issiqlik kam chiqaradi.
Suyur kristalli monitorlarda lyuminoforni “kuiyshiga” ga moyil emas.
Dizaynerlarni xursand qiladigani, monitorni 900 ga burish mumkinligi.
Suyuqkristalli monitorlarni sotib olishdan oldin barcha kamchilik va yutuqlarini hisobga olish kerak. Bu monitorlarni keng tarqalmasligiga sabab – ularning yo‘qori narxi (ammo kompyuter apparatlarini ta’minlashga taaluqli narxi doim tushib turadi)
Do'stlaringiz bilan baham: |