Keyslar banki



Download 19,83 Kb.
Sana26.06.2022
Hajmi19,83 Kb.
#707124
Bog'liq
keyslar


KEYSLAR BANKI
1. Keys bayoni
Bolalar bog‘chasidagi rasm darsida tarbiyachi yozuv taxtasiga ikkita rasm chizib, bolalardan rasmning qay biri ularga yoqqanini so‘radi. Bolalar rasmlar haqidagi fikrlarini ketma-ket ifodaly boshlashdi. Navbat Boburga (4 yosh) kelganda, u ikkilanib qoldi.
Tarbiyachi:
Vaqtimiz kam. Agar u senda bo‘lsa, miyangni ishlatginda, tezroq javob ber!
Bobur javob bera olmadi. Tarbiyachi unga “O‘tir o‘rningga!”, dedi va mashg‘ulotni davom ettirdi. Bolalardan biri: “Voy, bilmasvoy!”, - dedi.
Keysga savol-vazifa:
Tarbiyachining xatti-harakatlarini baholang.
Tahlil: psixologik xarakteriga ko‘ra ayrim bolalar tezkor fikrlash olmaydi yoki biror-bir narsaga baho berishga ikkilanadi. Tarbiyachi bolalarning xarakterini yaxshi bilmaydi, yoki bilsa ham uning muomalasi qo‘rs, qo‘pol. Bunday tarbiyachining xatti-harakatlari bolalarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
O‘qituvchining yechimi. Bolani tengdoshlari oldida kulgiga qo‘yish pedagogik jihatdan noto‘g‘ri. Fikrlash tezligi sust bo‘lgan bolani kulgiga qo‘yish, kamsitish bolaning umumiy rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi. Bunday holat tez-tez takrorlansa, u holda bolada tarbiyachiga nisbatan nafrat hissini uyg‘otadi. Bunday tarbiyachi bolalar orasida do‘stona, sog‘lom muhitni yarata olmaydi.

2. Keys bayoni


Katta guruhda bayram munosabati bilan uyushtiriladigan tadbirda tarbiyachi Botirdan o‘ziga berilgan she’rni o‘qishni so‘radi. Botir she’rni tutilib o‘qidi. To‘g‘ri o‘qishga qanchalik harakat qilmasin, ifodali o‘qiy olmadi.
Tarbiyachi biroz kutib turdi va Botirga “She’rni yod olmabsan! Senga qachon bergan edim. Ertaga oying bilan gaplashaman! Sening ta’ziringni berishim kerakka o‘xshaydi”, - dedi.
O‘rtoqlari kulib yuborishdi.
Keysga savol-topshiriq:
Tarbiyachi Botirni o‘rinli koyidimi?
Tahlil: she’rni yod olgan bo‘lsa-da, ayni vaqtdagi ruhiy holati tufayli bolalar ba’zan uni yoddan chiqarishadi. Tarbiyachi ana shu vaziyatni inobatga olgani holda Botirga yana bir kun tayyorgarlik ko‘rib kelishini, ertaga albatta, ifodali o‘qib berasan!”, deya ruhlantira olishi zarur.
Balki Botirning nutqida duduqlanish bordir. Agar shunday bo‘lsa, tarbiyachi buni bilishi va bunday vaziyatda bolaga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishi zarur edi.
Botirning o‘zi faol, biroq, kamchiligi tufayli o‘zini to‘la namoyon eta olmaydi.
O‘qituvchining yechimi: Tarbiyachi baland ovozda bolani koyishi, unga do‘q-po‘pisa qilishi mumkin emas. Ayniqsa, gap tutilib (duduqlanib) gapiradigan tarbiyachilar haqida borganda. Bo‘lsama, Botirning o‘ziga bo‘lgan ishonchi so‘nadi, faolligi pasayadi va odamovi bo‘lib qoladi.

3. Keys bayoni


Abdusamad (3 yosh) doimo onasisha suykalib qo‘lidan tutishini, quchishini istaydi. Agar onasining oldiga birov kelsa, uni itarib yuboradi va baqirib yig‘laydi.
Keysga savol-vazifa:
Sizning harakatlaringiz qanday bo‘ladi?
Tahlil: ba’zi bolalar melanxolik temperamentga ega bo‘lib, atrofdagilarning himoyasiga muhtoj bo‘lishadi, o‘zini yaxshi ko‘rishlarini, o‘ziga mehr berishlarini istaydi. Tarbiyaning to‘g‘ri tashkil etilishi ulardagi bu holatning barham topishini ta’minlaydi.
O‘qituvchining yechimi: ona farzandini koyimagan holda asta-sekin uni ham boshqalarni ham birdek yaxshi ko‘rishini, uni silab-siypalab qo‘yishnini, biroq, bu ishni faqatgina kechqurun uyquga yotishdan avval va uyqudan uyg‘otish vaqtidagina amalga oshira olishini tushuntirib borishi lozim.

4. Keys bayoni


Ikki yosh ona ko‘chada bolalar bog‘chasiga qatnaydigan o‘z qizlarining xulq-atvorlari haqida bir-birlari bilan o‘rtoqlashmoqda: “Mening qizim juda faol, mustaqil o‘syaptimi, demak, hozirdan uni sport, musiqa, raqs tshgaraklariga berishim, deb o‘ylayman”, ikkinchi ona: “Mening qizim hali ham bola. Katta bo‘lgandan keyin hamma narsani o‘zi sekin-asta qilishga o‘rganadi”.
Keysga savol-vazifa:
Har ikkala onaning o‘z qizlari tarbiyasiga yondashuvini taqqoslang.
Ko‘rsatma: Ushbu muammoni hal etish uchun tarbiyaning turli usullarini tahlil va bolaning faolligi hamda uning mustaqil bo‘lishining ahamiyati haqida xulosa qilish zarur.
Manba: O‘zbekiston Respublikasida “Davlat maktabgacha Talim muassasasi to‘g‘risida”gi Nizom, “Maktabgacha ta’lim “Bolajon” tayanch dasturi, “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi”, “Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi”.
O‘qituvchining yechimi. Har ikkala ona ham nohaq. Birinchi ona vaziyatida, faol bolalarga ko‘p darajada mustaqillik xos. Ona shunga mo‘ljal olyapti, shuningdek, bunday bolalardan kattalardan so‘ralgandek so‘rash kerak deb, fikr qilmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalar bolaligicha qoladi, ulardagi his-tuyg‘uning erkin rivojlanishi tengdoshlarinikidek ekanligi ma’lum-ku, axir. Oshirib yuborilgan talablar bolalar tomonidan har doim ham bajarilavermaydi. Birinchi o‘rinda shaxsiy qiziqish qoladi. Bolaning rivojlanishini faollik va qiziquvchanlik oldinga tomon harakatlantiradi. Onalarning bunday gaplari o‘z bolalari bilan turlicha usulda muloqot qilishliridan guvohlik beradi. Bir holatda, qiz his-tuyg‘ulik, iliqlikni sezmasligi mumkin, buning oqibatida uni “qulflanganlik” yoki befarqlik, balki qandaydir qo‘pollik tomonga harakatlanishiga olib keladi. Boshqa holatda esa bolada mustaqillik, mas’uliyatlik rivojlanmaydi.
5. Keys bayoni
Bolalar bog‘chasining o‘rta guruhiga shu kunga qadar bolalar bog‘chasiga qatnamagan 4 yoshli Anvar qabul qilindi. Anvar mashinachasini o‘ynab bo‘lgandan keyin uni xona o‘rtasida qoldirib ketdi.
Keysga savol-vazifa:
Ushbu vaziyatda tarbiyachi qanday yo‘d tutishi kerak?
Manba: “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi”, “Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi”.
O‘qituvchi yechimi: Bunday vaziyatda tarbiyasi bolaning bog‘chada yangiligini inobatga olishi zarur. U hozircha bolalar bog‘chasining tartib-qoidalarini bilmaydi. Buning ustiga, uning bezovtalanishini ham inobatga olish darkor. Tarbiyachi Anvarga asta-sekin tushunarli qilib, bolalar bog‘chasidagi tartib-qoida haqida gapirib berishi lozim, so‘ngra ochiq ko‘ngillik: “Kel, sen bilan mashinachani turadigan joyi, ya’ni uning garajiga olib borib qo‘yamiz”, deyishi kerak. Shuna bola hohio‘ bilan tarbiyachi, qo‘ygan talabni amalga oshiradi.
6. Keys bayoni
Bog‘cha bolalari ota-onalarini bolalar maydonchasida kutib oladilar. Ota-onalarini kelgunlariga qadar bolalar “quvlashmachoq” o‘ynashadi. Shohruh va Muxlisa yugurish mobaynida to‘qnashib ketib, bir-birlariga urilib ketishdi. Muxlisa yig‘lab tarbiyachi oldiga keladi va Shohruh uni itarib yuborganini aytadi.
Keysga savol-vazifa:
1-variant. Bolalarga avvaldan o‘yin qoidalarini, shuningdek, o‘yin mobaynida rioya etiladigan xavfsizlik qoidalarini tushuntirish lozim. Yugurayotgan bolalar oldilariga qarab yugurishlari va boshqa bolalar bilan to‘qnashib ketmasliklari ulardan o‘zlarini olib qochishlarini aytish kerak.
2-variant. Agar to‘qnashuv sodir bo‘lgan bo‘lsa, aybni boshqaga to‘nkash kerak emas. Ikkalangiz aybdorsiz, chunki oldingizga qaramagansiz, deb o‘yinini to‘xtashishi va bolalarni do‘stlashishishga unday lozim.
3-variant. Bu holat qanday sodir bo‘lganligini aniqlash uchun o‘ynayotgan boshqa bolalarga murojaat qilish lozim. Bolalarni tinchlantirish va yupatish, so‘ngra yugurish mobaynida rioya etiladigan o‘yin xavfsizligini eslatish lozim.
Bu vaziyatda qaysi javob varianti to‘g‘ri.
Manba: O‘zbekiston Respublikasida “Davlat maktabgacha Talim muassasasi to‘g‘risida”gi Nizom, “Maktabgacha ta’lim “Bolajon” tayanch dasturi, “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi”, “Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi”.
O‘qituvchining yechimi:
2-variant. Agar to‘qnashuv sodir bo‘lgan bo‘lsa, aybni boshqaga to‘nkash kerak emas. Ikkalangiz aybdorsiz, chunki oldingizga qaramagansiz, deb o‘yinini to‘xtashishi va bolalarni do‘stlashishishga unday lozim.

7. Keys bayoni


Abdulazizga onasi: “Uzoqqa qochib ketma!” desa, Abdulaziz: “Xavotir olmang, oyi, men qochib ketaman va qaytib kelaman!”, - deb javob berdi.
Keysga savol-vazifa:
Bunday hodisa nima bilan bog‘liq?
Manba: “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi”, “Nutq o‘stirish metodikasi”.
O‘qituvchining yechimi. Bunga o‘xshash hodisa nutqning grammatik tuzilish nuqtai nazardan takomillashishi bilan bog‘liq. Yangi so‘zga qandaydir o‘zi endigina o‘zlashtirgan so‘zni qo‘shib fikrni ifodalashga intilish bolalarning so‘z ijodkorligidan kelib chiqradi.

8. Keys bayoni


“Mening Sarvar o‘g‘lim 7 yosh deb yozadi ona. – Lekin o‘z guruhidagi bolalar oldida jim turadi. Men buni qandaydir sabablar: charchagan, uyga shoshiladi va boshqalar bilan oqlashga qarakat qildim. U uydaligida kirishimli, barcha bilan hazillashadi, tortishadi. Odamlar orasida esa, “odamovi” bo‘lib qoladi. Nima qilay? Maslahat bering”.
Keysga savol-vazifa:
Onaga maslahat bering.
Manba: “Maktabgacha ta’lim psixologiyasi”, “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi”.
O‘qituvchining yechimi. Sarvarga uyatchanlik, ko‘pincha, g‘arazgo‘ylik sifatida qabul qilinishi, bu boshqalarga yoqmasligini, aksincha, o‘rtoqlari bilan do‘stlashish, ularga yoqishga harakat qilish zarurligini tushuntirish lozim.

9. Keys bayoni


Bolalar bog‘chasining mudiri Feruza Mahmudovna katta maktab yoshidagi bolalar guruhiga tashrif buyurib, tarbiyachiga: “Mashg‘ulotni yomon o‘tkazmadingiz, biroq, metodik xatolar ko‘p. Sizni kichik tarbiyachi lavozimiga o‘tkazish kerak”, – deb eshikni qattiq yopib chiqib ketdi.
Keysga savol-vazifa:
Sizning harakataringiz qanday bo‘ladi?
Manba: O‘zbekiston Respublikasida “Davlat maktabgacha Talim muassasasi to‘g‘risida”gi Nizom, “Maktabgacha ta’lim “Bolajon” tayanch dasturi, “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi”, “Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi”.
O‘qiuvchining yechimi. MTM rahbari muomala qoidalariga zid ish tutdi. Mashg‘ulotning tashkil etilishi MTM jamoasi orasida muhokama qilinishi, yo‘l qo‘yilgan xatolar aniq ko‘rsatilishi lozim. Lavozimni pasaytirish esa tarbiyachining xatti-harakati asosli bo‘lganidagina amalga oshiriladi.

10. Keys bayoni


Guruhda tushlik hozirlanmoqda. Odil (4,5 yosh) likobchaga qaradi va polga yotib, boshini qo‘li bilan berkitib oladi va “Buni men yemayman”, - deb qichqiradi.
Keysga savol-vazifa:
Sizning harakatlaringiz qanday bo‘ladi?
Manba: “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi”, “Maktabgacha ta’lim metodikasi”.
O‘qituvchining yechimi. Tarbiyachi tarbiyalanuvchining yosh xususiyatidan kelib chiqib, uni koyimagan holda “Qani, birgalikda yeb ko‘ramizmi? Barcha bolalar bilan musobaqa tashkil etamiz. Bu ovqat senga juda yoqdi” deya javob berishi kerak.

11. Keys bayoni


Majlisda tarbiyalanuvchining onasi so‘z olib, tarbiyachiga: “Mening o‘g‘lim – Shohruh hech qachon MTMda tashkil etiladigan tadbirlarda qatnashmaydi, she’rlar o‘qimaydi, raqs tushmaydi. Ayting-chi, nima uchun siz uni e’tibordan chetda qoldirasiz?” – dedi.
Keysga savol-vazifa:
Sizning harakatlaringiz qanday bo‘ladi?
Manba: “Pedagogika”, “Muloqot etikasi”, Muloqot psixologiyasi” bo‘yicha manbalar.

12. Keys bayoni


Qish oylarining birida Siz farzandingiz qorni yeyish, uni ustida yotish mumkin emasligini aytasiz. Abbos (4 yosh) gaplarni eshitmaganga olib, qor to‘plamlari ustida yuradi, qo‘lqopidagi qorni yalaydi.
Keysga savol-vazifa:
Sizning harakatlaringiz qanday bo‘ladi?
Manba: “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi”, “Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi”.
O‘qituvchining yechimi: Abbosni koyimagan holda qor uchqunlari nihoyatda chiroyli ekanligini, o‘zi ham uni juda-juda yeyishni istayotganligini, biroq, uni yeyish tomog‘ni og‘ritishini, shamollashga olib kelishini tushuntirish lozim.
13. Keys bayoni
Tushlik vaqtida bolalar tarbiyachi Shahnozani (4 yosh) majburan ovqatlantirmoqda. Shahnoza yig‘lashni boshlaydi. Siz tarbiyachiga bunday qilmaslikni aytasiz. Tarbiyachi esa gaplaringizga e’tibor qilmasdan, bolani ovqatlantirishda davom etaverdi.
Keysga savol-vazifa:
Sizning harakatlaringiz qanday bo‘ladi?
Manba: “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi”, “Maktabgacha ta’lim psixologiyasi metodikasi”, “Muomala psixologiyasi”.
O‘qituvchining yechimi. Tarbiyalanuvchilar oldida bir fikrni hadeb qaytaraverishyaxshi emas. Shuning uchun tarbiyachiga bu vaziyatda boshqa hech bir so‘z aytmaslik, xonadan chiqishgach, bu vaziyatni o‘zaro muhokama qilib olishlari kerak.
14. Keys bayoni
Akmal jismoniy zaif. Bog‘chada bolalar doim uning ustidan kulishadi, mazax qilishadi. Tarbiyachi undan biror narsani so‘rasa yoki she’rni yodlab, aytib berishni aytsa, u hayajon va qo‘rquvdan tutilib-tutilib gapiradi. Tarbiyachi uning bu holatini salbiy qabul qiladi va Akmalga shunday deydi: “O‘tir, senga biror-bir topshiriq ham berib bo‘lmaydi. Bunday holatda ertaga kim bo‘lasan?”
Tarbiyachi tarbiyaning qanday tamoyilini buzyapti?
Sizningcha, tarbiyachi bu vaziyatda qanday yo‘l tutishi kerak?
Manba: “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi”, “Maktabgacha ta’lim psixologiyasi” fanlaridan darslik, o‘quv qo‘llanma va materiallar.
Tahlil: 1. Odatda jismonan zaif, tengdoshlari tomonidan kamsitiladigan bolalar kattalarning yordami, ko‘magiga muhtoj bo‘lishadi. Aks holda, ular o‘z nuqsonlaridan uyalish oqibatida, o‘ziga ishonchsiz, jur’atsiz va atrofdagilarga alamli munosabatda bo‘ladigan shaxs bo‘lib yetishadi.
2. Ko‘p hollarda bolalar zaif tengdoshlarining ustidan kulishga moyil bo‘lishadi. Bu ularning oilada va mikromuhitda olayotgan tarbiyasi bilan bog‘liq. Bolalarga yoshlikdanoq zaif tengdoshlari ustidan kulish emas, aksincha, unga yordam berish kerakligini uqtirib borish zarur. Aks holda ular kelgusida xudbin va shavqatsiz inson bo‘lib yetishishlari mumkin.
O‘qituvchining yechimi: tarbiyachi Akmalning nuqsoniga salbiy munosabatda bo‘lmay, aksincha, guruhda do‘stona munosabat va o‘zaro bir-birini qo‘llab-quvvatlashga asoslangan muhitni shakllantirishi zarur. U Akmalni qo‘llab-quvvatlashi, unga dalda berishi, har bir muvaffaqiyati uchun uni rag‘batlantira olishi lozim. Qolaversa, tarbiyachi Akmalning nuqsonini inobatga olgan holda unga ko‘proq nutq bilan bog‘liq bo‘lmagan, uni qiziqtira oladigan boshqa amaliy topshiriqlar (m: plastilindan, qiyqimlardan, loydan turli buyumlar yasash, rasmlar chizish kabilar)ni berishi kerak. Bu kabi vazifalar Akmalga o‘z qobiiyatini namoyon qilish uchun imkoniyat yaratadi. Balki u butunlay zaif emasdir?

15. Keys bayoni


Qudrat (5 yoshli tarbiyalanuvchi)ni olib ketish uchun bolalar bog‘chasiga uning dadasi keldi. Dadasini ko‘rgan Qudrat bolalarni ura boshladi. Dadasi esa: “Barakalla, o‘g‘lim! Ularga qanday erkak ekanligingni ko‘rsatib qo‘y!”, - deb uni ruhlantirdi.
Keys savoli. Bunday vaziyatda Siz qanday yo‘l tutasiz?
Manba: “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi”, “Maktabgacha ta’lim psixologiyasi” fanlari bo‘yicha materiallar.
Tahlil: Kattalar hech qachon boshqalarga nisbatan zo‘rlik, zo‘ravonlikni targ‘ib qilmasliklari kerak. Qolaversa, boshqalarga zo‘ravonlik qilish “erkaklik” belgisi sanalmaydi. Bu vaziyat otaning ma’naviyati qashshoq ekanligini ko‘rsatadi.
O‘qituvchining yechimi: tarbiyachining “Biz Qudratning qanchalik kuchli ekanligini bilamiz. Ammo u o‘z kuchini boshqalarni urish uchun sarflamasligi kerak. Ertaga men bir ertak misolida kuchni nimalarga sarflash kerakligini aytib beraman. Hozir esa, menimcha, Qudrat o‘z o‘rtoqlaridan kechirim so‘rasa, u o‘zini haqiqatdan kuchli ekanligini isbotlaydi. Amakingiz sizlarni qanday kuchga egaliklaringizni sinab ko‘rmoqchi bo‘ldilar” qabilida yo‘l tutishi maqsadga muvofiqdir.

16. Keys bayoni


Ish kuni tugadi. Farruh (4 yoshli tarbiyalanuvchi)ning uyidan uni olib ketish uchun hech kim kelmadi. Navbatchilik vaqtingiz tugashidan bir yarim soat o‘tgach, Farruhni olib ketish uchun uning dadasi keldi. Biroq, u mast edi. Tarbiyachi ham uyiga kechikmoqda. Qolaversa, uyigacha yo‘l uzoq.
Keys savoli. Tarbiyachining o‘rnida Siz qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz?
Manba: “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi, “Maktabgacha ta’lim psixologiyasi” fanlari bo‘yicha materiallar.
Tahlil: Mast holdagi kishiga tarbiyalanuvchini topshirib bo‘lmaydi. Shuning uchun har qanday holatda ham Farruhni uning dadasi bilan qoldirib keta olmaydi.
O‘qituvchining yechimi: Farruhni bog‘cha joylashgan hududdagi “Qo‘riqlov tayanch bo‘limi” yoki “Mahalla fuqarolari Kengashi” idorasida qoldirishi lozim.

17. Keys bayoni


Alisher (3 yoshli bola) qo‘lini akvarium ichiga solib, bitta baliq ushlab oldi va polga uloqtirdi.
Keys savoli. Siz bu vaziyatda qanday yo‘l tutasiz?
Manba: “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi, “Maktabgacha ta’lim psixologiyasi” fanlari bo‘yicha materiallar.
Tahlil: 3 yoshli bola baliq suvsiz, quruqlikda yashay olmasligini hali tushunib yetmaydi. Shuning uchun uni koyish kerak emas.
O‘qituvchining yechimi. tarbiyachi Alisherga: “Qara, baliqchamiz qanday kuchli. U idishidan sakrab chiqipti. Kel, uni olib idishiga solamiz. Axir u suvsiz yashay olmaydi-ku?! Alisher baliqlarga yordam bera oladi”, - deyishi lozim.

18. Keys bayoni


Shirin (5 yoshda) va Aziz (4,5 yoshda) o‘yinchoqni talashyapti. Shirin Azizning sochlarini torta boshladi. Aziz qichqirib yubordi va tarbiyachi opani yordamga chaqiradi. Yarim soatdan so‘ng, Shirin yana shu holatni takrorlab: “Men endi doim uning sochini tortaman”, - dedi.
Keys savoli. Tarbiyachi bu vaziyatda qanday yo‘l tutishi kerak?
Manba: “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi, “Maktabgacha ta’lim psixologiyasi” fanlari bo‘yicha materiallar.
Tahlil: Shirin uchun boshqalarning sochidan tortish og‘riqni yuzaga keltirishini bilmaydi. Uning uchun bu shunchaki ermak.
O‘qituvchining yechimi: tarbiyachi Shiringa boshqalarning sochini tortish og‘riqli bo‘lishini, uni tortqilash ermak emasligini “Sen sochini torqilasang, Azizning sochlari to‘kilib ketishi mumkin. Azizning sochsiz qolishini istamaysan-ku?!”, – tarzida hazil ohangida tushuntirishi lozim.
Download 19,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish