Keys texnologiya



Download 34,64 Kb.
Sana12.02.2017
Hajmi34,64 Kb.
#2384
O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Sog`liqni Saqlash Vazirligi

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

“Tasdiqlayman”

O`quv ishlari bo`yicha prorektor

t.f.d. Teshaev O.R.___________

“___” _____________2012y..


O`qitishning innovatsion texnologiyalari


KEYS - TEXNOLOGIYa
O`quv mavzusi №1: « MNS rivojlanish anomaliyalari.Kraniostenoz.Gidrotsefaliya.»


KEYS

talaba taktikasi qanday, shu muammoni yechadi.

Toshkent - 2012



PEDAGOGIK ANNOTATSIYa
O`quv fani: « Neyroxirurgiya»

O`quv mavzusi: «MNS rivojlanish anomaliyalari. Kraniostenoz. Gidrotsefaliya».

Ushbu keysning maqsadi: MNS rivojlanish anomaliyalari. Kraniostenoz. Gidrotsefaliyada tekshiruv metodlarining asosiy printsiplarini, shikoyatlarni, anamnezini, umumiy va nevrologik ko`rik mahlumotlarini maqsadga muvofiq analiz qilishni, instrumental tekshiruv rejasini aniqlashni, kliniko-laborator va instrumental tekshiruv natijalarini taҳlil qilishni, klinik manzara va yordam ko`rsatishning o`ziga xosliklarini ajratishni talabalarga o`rgatish. Bosh miya va orka miya usmalarini rentgenda,KT,MRTda interpritatsiya kilish,angiografik rasmlarni ukishni urgatish.
Rejalashtirilgan o`quv natijalari – keys bilan ishlash natijasida talabalar quyidagilarga ega bo`lishadi:

  1. Ҳar xil kasalliklarda bemorlarni klinik tekshirishni to`g`ri o`tkazish.

  2. Bemorni instrumental tekshiruvning kerakli rejasini tuzish.

  3. Klinik – laborator va instrumental tekshiruv natijalarini aql bilan taҳlil qilish.

  4. Bemorni keyingi olib borish taktikasini ishlab chiqish.


Ushbu keysning muvaffaqiyatli yechilishi uchun talaba bilishi kerak:

  1. MNS rivojlanish anomaliyalari. Kraniostenoz. Gidrotsefaliya mexanizm va sabablari.

  2. MNS rivojlanish anomaliyalari. Kraniostenoz. Gidrotsefaliya li bemorlarga birinchi yordam ko`rsatish taktikasi.

  3. MNS rivojlanish anomaliyalari. Kraniostenoz. Gidrotsefaliya differentsial diagnostikasi.

  4. MNS rivojlanish anomaliyalari. Kraniostenoz. Gidrotsefaliya li bemorlarga birinchi yordam ko`rsatishda foydalaniladigan dori preparatlari.

  5. Bo`lishi mumkin bo`lgan erta va kechki asoratlar.


Ushbu keys neyroxirurgiyadagi real vaziyatni aks ettiradi.
Keys mahlumotlarining manbasi:
1. Neyrotravmatologiya(kullanma)A.N.KONOVALOV-M-1998

2. Irger P.M.Neyroxirurgiya:kitob-1982

3. Romodanov A.P.,Mosiychuk N.M.rudyak K.E.-Neyroxirurgiya:kullanma-Kiev-1992

4. Xudayberdiev X.X. Asab kasalliklar jarroxligi,1999

5. Yumashev A.P.,Umurtka Osteoxondrozi M.1984

6. Livshits A.V.,Orka miya xirurgiyasi 1990

7. Umurtka pogonasi xirurgiyasi,M 1982 Lutsik A.A.,KRYuCHKOV V.V.

8. Vereo’agina G.A.,KT-DIAGNOSTIKA.

9. Gusev Konovalov A.N.,Nevrologiya va xirurgiya ,2000
10. WWW.ejbjs.org

WWW.jbjs org.uk

WWW.traumatic.ru

WWW.trauma.bd.ru



Tipologik belgilariga ko`ra keys xarakteristikasi

Ushbu keys kabinetli, syujetli kategoriyaga kiradi. U ҳajmli, strukturalangan. Bu keys – so`roq.



Didaktik maqsadlariga ko`ra keys treningli, o`sma bo`lgan real ҳolatda stimulyatsiyalovchi fikrlashga o`rgatadi.
I KEYS
Mavzuni asoslash

Kalla suyagi rivojlanishining tugma nuksonlari kuyidagicha namoyon buladi: kalla suyagi va bosh miya ulchamlari orasidagi nomuvofiklik, tashki kurinish kamchiliklari (kraniostenoz, gipertelorizm); kalla suyagi choklarinig tulik bekilmasligi va umurtka kanali defektlari natijasida bosh miya va orka miya xosilalarining tashkariga burtib chikishi ( bosh miya va orka miya churralari); bosh miyaning kisilishiga olib keladigan kalla suyagi deformatsiyalari (platibaziya, bazillyarnaya impressiya).

Kraniostenoz (yunoncha kranion - kalla suyagi, stenosis - torayish, kichrayish) - kalla suyagining tugma rivojlanish nuksoni bulib, choklarning erta bitishi natijasida kalla suyagining deformatsiyasi va uning bosh miya ulchamlariga nomuvofikligining kelib chikish xolatiga aytiladi.

Bola xayotining birinchi yillarida bosh miya xajmi kalla suyagi ulchamlari bilan birgalikda kattalashib boradi. Bir yoshli bolaning kalla ulchami katta kishi kalla ulchamining 90% tashkil kilsa, 6 yoshga borib bu kursatkich 95% tashkil etadi. Kalla choklari 12-14 yoshga borib bitadi. Kalla choklarining bitishi buzilib, suyaklanish jarayoni muddatdan oldin rivojlansa, kala suyagining usishi tuxtab koladi va natijada ogir xollarda miyaning jaroxatlanishiga olib keladi. Kalla suyagi xamma choklarining muddatdan oldin bitishi mumkin, lekin kup xollarda aloxida choklarning (toj, sagital va x.k.) bitishi kuzatiladi. Bunda kalla suyagi deformatsiyalanadi. Kraniostenozning bir necha turi tafovut kilinadi.

Skafotsefaliya ( yunoncha sca’he - kayik, ke’hale - bosh) — kalla suyagining uziga xos uzunchok, yon tomonlaridan kisilgan shakli bilan ifodalaniladi. Kraniostenozning bu turi sagital chokning muddatidan oldin bitishi natijasida kelib chikadi. Bunday xolatda kalla suyagi yon tomonga usishi tuxtab, uzunasiga usishi davom etavenradi.

Tojsimon chokning muddatdan oldin bitishi natijasida kallaning uzunasiga usishi tuxtashi tufayli braxitsefaliya ( yunoncha brachis - kalta, ke’hale - bosh) deb nom olgan kraniostenoz turi rivojlanadi.

Kalla choklarining muddatdan oldin bitishi kup xollarda kuz kosasi, ponasimon suyak va yuz suyaklarining rivojlanmaslagi xolati bilan birgalikda uchraydi. Kruzon sindromi — kraniostenozning kuz kosalari va ogiz bushligining rivojlanmay kolishi natijasida kelib chikadigan ekzoftalg’m bilan birgalikda uchrashidir. Kraniostenoz bilan sindaktiliya anomaliyasining birgalikda uchrashiga Apert sindromi deyiladi.

Metopik chok, yahni peshana suyaklari orasidagi chokning muddatdan oldin bitishi natijasida kalla uchburchak shaklini oladi va bu xolatga trigonotsefaliya nom berilgan. Kalla suyagining bir nechta choklarining muddatdan oldin bitishi kallaning minorasimon deformatsiyasiga yoki akrotsefaliyaga (yunoncha acros - baland) olib keladi.

Kraniostenozda yukorida aytib utilgan suyak deformatsiyalaridan tashkari bosh miya jaroxatlanishi belgilari xam kuzatiladi. Bosh miya jaroxatlanishi belgilari avvalambor kalla suyagining bir nechta chokining bitishi paytida namoyon buladi. Bunda usayotgan bosh miya xajmi va kalla suyagi ulchamlari orasidagi nomuvofiklik natijasida jaroxatlanish darajasi keskin tus olishi mumkin. Kasallikning klinik kechishi kalla ichi gipertenziyasi belgilari, yahni bosh ogrigi, kungil aynishi, kusish, kurishning pasayishi, kuz tubida dimlanish kabi belgilar bilan namoyon buladi. Kraniografik tekshirganda kraniostenozga xos bulgan belgilar: choklar va likildoklarning bitishi, xamda barmok izlari simptomi aniklanadi.

X i r u r g i k d a v o l a sh. Kraniostenozni jarroxlik davolashning eng kup tarkalgan usuli bulib bitgan choklar yuli buyicha suyak rezektsiyasi xisoblanadi. Bu usulni kullash kalla suyagi xajmining kattalashuviga olib keladi.

Kalla suyagining kupol deformatsilari davolashda xozirgi kunda rekonstruktiv operatsiyalar keng kullanilmokda. Rekonstruktiv operatsiya xarakteri kraniostenoz turiga boglik buladi.

Braxitsefaliya, yahni koronar choklarning bitishida suyaklarni frontoorbital siljitish usuli kullaniladi. Bunda kuz kosasi va peshana suyaklaridan ikkita suyak bloki yasaladi va oldinga surilib, metall plastinalar yoki simlar bilan kotiriladi.

Skafotsefaliya va akrotsefaliyalarda kalla suyagining murakkabrok rekonstruktsiyasi talab etiladi. Kruzon sindromida frontoorbital siljitish bilan birgalikda yukori jagni siljitish maksadga muvofik buladi.

Aytib utilgan operatsiyalarni bajarish uchun maxsus asbob-uskunalar talab etiladi. Kraniostenozda operatsiyalar bola xayotining 3-4 oyida bajarilishi lozim, chunki bu paytda kalla suyagida kupol deformatsiyalanishga ulgurmagan buladi.


ORKA MIYa CHURRALARI

Orka miya churralari – bu umurtka pogonasi orka ravogi va utkir usimtalarining bitishmasligi, shuningdek orka miya va uning ildizchalari zararlanishi, kattik miya pardasi nuksoni. Xar 1000/1 tugilgan chakaloklarda ushbu patologiya kuzatilishi mumkin.

Orka miya churralari klassifikatsiyasi:


  1. Tulik va notulik raxishizis

  2. Orka-miya churralari: a) meningotsele;

b) meningoradikulotsele;

v) mielomeningotsele;

g) mielotsistotsele;


  1. S’ina bifida com’licata;

  2. S’ina bifida anterior;

Orka miya churralari joylashishini uchrashi: buyin kismida 7,5%; kukrak kismida - 10%, bel kismida – 60%, dumgaza soxasida– 22,5%.

Raxishizis – bu orka miya va uning ildizchalari, umurtka orka ravogi, mushaklar va yumshok tukimalarning nuksoni kuzatilishidir. Karaganda orka miya kurinib turadi, kupincha likvor ajralishi xam kuzatiladi. Bu bolalar uzok yashamaydilar, natija yekimsiz.

CHurra tarkibiga karab orka miya churralarining nomlanishi turlicha buladi.

Meningotsele – churra kopchasi ichida fakat tserebrospinal suyuklik mavjud bulishi.

Meningoradikulotsele – churra kopchasi ichida tserebrospinal suyuklik va uzgargan orka miya ildizchalari bulishi (bir yeki bir necha).

Mielomeningotsele – churra tarkibi orka miya va tserebrospinal suyuklik bulishi.

Mielotsistotsele – churra tarkibida orka miya kanali kengaygan orka miya bulishidir.

Aksariyat xollarda meningoradikulotsele, , ayrim xollarda esa mielotsistotsele uchraydi.

Orka miya churralari diagnostikasida birinchi urinda dumalok yeki oval shakldagi, turli ulchamdagi: yengok kattaligidan chakalok boshi kattaligigacha bulgan shish borligini xissobga olish kerak. Usmasimon xosila usti terisida kup xollarda tuklarning kupligi yeki teri doglarining bulishi uchrab turadi. Kattik miya pardasi orka miya churrasi devorini xosil kilishda ishtirok etmaydi, fakatgina churra oekchalarini xosil kilishdagina ishtirok etadi. CHurra devorini xosli bulishida teri ostida joylashgan yumshok tukimalar bilan birikib ketgan yumshok parda va tur pardaishtirok etadi. CHurra bushligi odatda uncha kata bulmagan teshik orkali subaraxnoidal bushlik Bilan birlashgan buladi.

S’ina bifida com’licata umurtka pogonasi utkir usimtasi, orka ravogi nuksoni vash u soxada burtish (shish) bor bulishi bilan xarakterlanadi. CHurrasimon shish tarkibini orka miya va uning pardalari, ildizchalari bilan birikib ketgan togay yeki yeg kletchatkasi tashkil etadi. Burtishning asosi keng buladi va churraning bunday turi aksariyat xollarda bel soxasida joylashgan buladi.

S’ina bifida occulta – bu churraning yashirin turi. Bunda umurtka pogonasi orka ravogi va utkir usimtalarida nukson bulgan xolda, churra burtishi kuzatilmaydi. Bitishmagan ravog kirralari miya kattik pardasi, orka miya ildizchalarini bosib, umurtka kanali tarafga botib kiradi. Bundan tashkari bosilish kalinlashgan sarik boglam va epidural kletchatkasi natijasida yuzaga kelishi xam mumkin. Umurtka orka ravogi nuksoni ustida odatda teri pigmentatsiyasi, tuklar kalinlashganligi, markazida botiklik (gipertrixoz). Palg’patsiyada shu soxada ogrik kuzatiladi.

S’ina bifida anterior – umurtka tanasida nukson bulishi bilan xarakterlanadi, bu nukson orkali kukrak kafasi yeki korin bushligiga churra burtishi mumkin. CHurraning bu turi juda kam uchraydi va rentgenologik tekshirish yerdamida aniklanadi.

Orka miya churralari etiopatogenezi xudi boshka MNS rivojlanish nuksonlaridigidek.

Klinicheskoe techenie – Karaganda teridagi burtib chikish kuzatiladi, bundan tashkari churraning joylashgan joyiga va turiga karab nevrologik uzgarishlar xam kuzatilishi mumkin. Aksariyat xollarda orka miya churralari umurtka pogonasining bel-dumgaza soxasida jotsylashgan buladi. Nevrologik oeklarda mushaklar atrofiyasi, parez yeki paralichlar, sezuvchanlik buzilishlari, reflekslar susayishi, ichaklar va siydik kopchasi parezi kuzatiladi..

s’ina bifida occulta – bunda nevrologik simptomatika kuzatilmasligi mumkin. Ayrim xollarda ildizchali ogriklar, tungi enurez, oek panjasi parezi «‘es calcamus», Axill refleksini pasayishi, sezuvchanlik buzilishlari kuzatilishi mumkin.

Orka miya churralari kupincha boshka rivojlanish nuksonlari (maymok oeklik, sinlakteliya, polidakteliya va boshk.) bilan birga kechadi. Aksariyat xollarda esa gidrotsefaliya bilan birga kechadi. Umurtka pogonasi rentgenografiyasida umurtka tanasi, ravogi va utkir usimtasi nuksonlari aniklanadi.

Orka miya churralari davosi:

Orka miya surralari fakat xirurgik yul bilan davolanadi. Bemorning yeshidan, joylashgan urnidan kathiy nazar churraning bulishi operatsiya yuli bilan davolashga kursatma bulib xissoblanadi. Agar churra kopchasi devori yupkalashgan va yerilio’ xavfi bor bulsa bu chakalok tugilishidan boshlab operatsiyaga kursatma xissoblanadi.

CHurraning yashirin turida ildizchali nevrologik belgilar va chanok ahzolari faoliyati buzilish belgilari bulishi uzok vakt konservativ davolashni talab etadi, agarda bu konservativ davolash foyda bermasa unda operatsiya yuli bilan davolash taklif etiladi va operatsiyani 12 yeshdan sung, umurtkalari tulik suyaklanganidan sung bajarish maksadga muvofik.

Dagal nevrologik simptomatika bilan boshka rivojlanish nuksonlarini birga kechishi va churra kopchasida yalliglanish belgilari kuzatilishi operatsiyaga karshi kursatma xissoblanadi.

Operatsiya intubatsion narkoz ostida bajariladi. Operatsining mazmuni churrani bartaraf etish va umurtka ravogi nuksonini shu soxadagi mushak va yumshok tukima yerdamida plastika kilishdan iborat.




MIYa CHURRALARI

Miya churralari tugilishga nibatan 1\4000-5000ni tashkil etadi. Miya churralarida kala suyagi defekti mavjud bulib, u orkali churra kopi burtib chikadi. CHurra tarkibi likvor, miya tukimasi, bosh miya korinchalari va kattik miya pardasi kismi bulishi mumkin.


Miya churralari klassifikatsiyasi:

Joylashgan joyiga kura churralarni: oldingi (ce’holocele sinci’italis – 84,7%), orka (ce’halocele occi’italis – 10,6%) miya asosi churralariga (ce’halocele basillaris – 4,7%)ga bulinadi.

Oldingi churralar burun suyaklaridan yukorida peshona soxasi urta chizigi buylab, kuz kosasi ichki yuzasi buylab joylashadi. Kala suyagi nuksoni olidga kala suyagi chukurchasi va galvirsimon suyak soxasida joylashgan buladi.

Miya asosi churralarida kala suyagi nuksoni oldingi miya chukurchasida yeki urta miya chukurchasida bulib churra burun yeki burun-xalkum bushligiga burtib chikadi.

Miya orka churralari tashki ensa dumbogi ostidan yeki ustidan chikishi mumkin. Agar churra tashki ensa dumbogi ustidan chiksa, churra tarkibi likvor yeki ensa bulagi bulishi mumkin. CHurrani tashki ensa dumbogi ostidan chikishida esa churra tarkibi miyacha yarim sharlari va likvor bulishi mumkin. Ayrim xollarda ensa suyagi nuksoni kata ensa teshigi soxasigacha davom etgan bulishi mumkin.

CHurra kopchasi tarkibiga kura kuyidagicha turlarga ajratiladi:

1. Meningotsele (meningocele) CHurra kopi ichida likvor va chandikli uzgarishga uchragan yumshok va aroxnoidal parda farklanadi. Kattik miya pradasi churra kopi ichida aniklanmaydi, kattik pardada teshik bulib suyak defekti kirgoklari bilan biriki ketgan buladi.

2. Entsefalotsele (ence’halocele) – CHurra krpi ichida likvor v amiya tukimasi bor bulishidir .

3. Entsefalotsistotsele (ence’halocystocele) – churra tarkibi likvor, miya tukimasi va bosh miya korinchalaridan tashkil topgan buladi.

4. Ce’halocele occulta - Kala suyagida defekt bor bulgan xolda burtib chikish aniklanmaydi, suyak defekti suyak usti pardasi va biriktiruvchi tukima bilan koplangan buladi



  1. Ce’halocele su’ermatum – CHurra burtishi bor bulgan xolda kala suyagi defekti aniklanmaydi, kala suyagi defekti juda kichkina bulganligi sababli yeki defekt suyaklanib ketganligi sababli churra bilan kala bushligi orasida bogliklik bulmaydi.

Etiologiya va patogenezi orka miya churralaridagidek.

Klinik kechishi: obhektiv kurilganda turli ulcham va kattalikdagi churra aniklanadi. Palpatsiyada elastik va yumshok konsistentsiyali burtish aniklanib, tananing vertikal xolatida va paypaslab kurilganda xajmi bir oz kichrayishi kuzatilishi mumkin.

Miya churralari kupincha turlicha rivojlanish nukson kasalliklari (mikrotsefaliya, kraniostenoz, gidrotsefaliya, orka miya churralari, sindakteliya va boshk.) bilan birga kechadi. Miya oldingi churralarida burun, kuz kosasi shakli uzgaradi, kuz olmalari orasidagi masofa uzoklashadi. Kuz yesh yullarini bosilishi natijasida dakriotsistit yeki konhyunktivit rivojlanadi. Miya asos churralarini kup xollarda poliplar bilan adashtirishidi. Agar churra burun bushligiga ussa unda bemorlar dimogida gapiradi.

CHakaloklarda, bolalarda uchokli nevrologik belgilari kuzatilmay, vakt utishi bilan uchokli belgilar paydo buladi. Kupincha umumiy miya belgilaridan bosh ogrishi, bosh aylanishi kuzatiladi. Kup xollarda miya old churralarida akliy va jismoniy rivojlanishdan ortda kolish, birinchi va oltinchi nerv faoliyatini buzilishi oek va kullaridagi parezlar, atetoz, xoreya, epileptik tutkanok xurujlari kuzatiladi. Miya orka churralarida miyacha va miya uzagi faoliyati buzulishi kuzatiladi.

Miya churralari diagnostikasi- anamnez, kala va burun suyaklari defekti borligi, churra kopchasi mavjudligiga asoslaniladi. Rentgenogrammada kala va burun suyaklari defekti aniklanadi. Likvor taxlili mehyoriy yoki oksil va xujayralar mikdori ortkan bulishi mumkin.

Miya churralairini dermoid kistalaridan, lipomalaradan, gemangiogmalardan, kefalogematomalaridan va osteomalardan defferentsiatsiya kilish zarur. Dermoidlarda miya pulg’satsiyasi va kala suyagi defekti aniklanmaydi. Lipomalarda shish suyak bilan birkib ketmagan buladi. Gemangiomalarda paypaslab kurilganda kala suyagigacha shish kaytib ketish mumkin. Kefalogematomalar odatda tugurik vaktida va undan keyin davrida kuzatiladi, odatda urta chizik buylab joylashmagan buladi. Bazilyar churralarni polip defferentsiatsiya kilish bir muncha kiyinchilik tugdiradi. Kupincha bemorlar polip tashxisi Bilan operatsiya kilinadi va operatsiyadan keyingi davrda likvoreya kuzatiladi. Poliplar kupincha urta burun yulida joylashgan buladi, nozik oekchasi bulganligi sababli nisbatan xarakatchan buladi, miya pulg’satsiyasi sezilmaydi va yaltrok-sarik-yashil rangda buladi. Odatda tashxis burun suyaklari rentgenografiyasidan tasdiklanadi. Suyaklar defekti va shish punktsiyasida likvor bulmasligi ishonchli isbot bulib xisoblanadi.

Miya churralari davosi – fakat xirurgik. Agar jarroxlik amaliyoti utkazilsa - 7-10 % xolatda letallik kuzatiladi. Meningit, meningoentsefalit dagal nevrologik simpomatika, akkliy rivojlanishda ordta kolishni ogir rivojlanish nuksonlari byuilan birga kechishi operatsiyaga karshi kursatma bulib xisoblanadi.

Kaxeksiya, yiringli dakrotsistit va konhyunktivit nisbatan Karshi kursatma bulib xisoblanadi. CHurra devorini yerilish xavfi bemor yoshiga karamay operatsiyaga kursatma bulib xisoblanadi. Miya orka churralarini bir yoshgacha, oldingi va bazilyar churralarini 2-3 yoshlik davrda operatsiya kilish maksadga muvofok.

Operatsiya mazmuni churra kopchasini bartaraf etish va suyak defektini plastika kilishdan iborat. Miya old churralari ikki usulda operatsiya kilinadi.



  1. Intrakranial;

  2. Ekstrakranial, yani kalla bushligi ochilmasdant churra bartaraf kilish. Ekstrakranial usul churrani kala ichi bushligi Bilan boglikligi bulmagan xolatda va churrani asosi nozik bulgan xolatda amalga oshiriladi. Bu usul asosan bir yoshgacha va turli yoshda bulgan bemorlarda kullaniladi. Operatsiya umumiy ogriksizlantirish ostida bajariladi. CHurra asosigacha terida yarimoysimon kesma kilinadi, defekt soxasi ajratiladi. CHurra asosidan tikiladi va kesib olib tashlanadi, suyak defekti yumshok tukima yeki suyak transplantanti yoki organik moddalar yordamida plastika kilinadi.

Orka va bazilar churralar bir etapda, anikrogi ekstrakranial usulda operatsiya kilinadi. Bazilar churralarda dostup burun bushligi yoki ogiz bushligi orkali amalga oshiriladi.

Barcha intra va ekstrakranial usulda operatsiya kilishning asosida subdural bushlik germetikligi anikrogi likvoreya va turli assoratlarini oldini olish yotadi. Operatsiyadana keyingi davrda antibiotiklar, kon tuxtatuvich dorilar, degidratatsion preparatlar, ogriksizlanturuvchilar, sedativ preparatlar va vitaminlar tavsiya kilinadi. Operatsiyadan keyingi jaroxat tuliik bitkunga kadar yengillashtiruvchi lyumbal punktsiya kilib turush maksadga muvofik.


TAKLIF KILINGAN KEYSNING YeCHILISHI TALABALARNI KUYIDAGILARGA ERISHISHIGA YoRDAM BERADI:
Berilgan mashgulotlarni utkazilishi talabaning bosh miya usmalari bilan kasallangan bemorlardan shikoyat yigish,tugri anamnez yigishga urgatadi.bundan tashkari talaba obektiv va klinik tekshirish usullari bilan tanishadi.
1.bosh miya usmalari bor bemorlarning shikoyatlarini yigish,

2.bemordan tugri anamnez yigishni urganish,obektiv va klinik tekshirishlarni urganish,

3.bosh miya usmasi bor bemorlar uchun xos klinik belgilar

TALABALAR UCHUN METODIK KURSATMALAR


2.1.muammo:bosh miya usmasi bor bemorlarning tekshirish usullarining uziga xosligi

2.2.muammo osti

1.bosh miya usmasi bor bemorlarni shikoyatlarini aniklash

2.bemordan tugri anamnez yigish

3.bosh miya usmasi bor bemorlarni klinik va obektiv tekshirish usullari

4.bosh miya usmasi uchun xos klinik belgilar


2.3.xal kilish algoritmi

1.shikoyat

2.anamnez analizi

3.kurig analizi


1.asosiy diagnostikani tanlash:

SHunga asosan

-subektiv tekshirish usullari:bemorning shikoyatlarini aniklash,kasallikning boshlanish vakti va kechish davomiyligi,usmani kechish mexanizmi.

-obektiv tekshirish usullari:instrumental tekshirish usullari-obzor kraniografiya,rentgen kontrast metod usullari,kt yoki mrt.

-kushimcha tekshirish usullariga laborator,elektrofiziologik va rentgenografik,diagnostik punktsiya,biopsiya.

5. Mahlum bir muammo yechimiga kelish.

-zarur bo`lganda davolash

-shoshilinch yordamni ko`rsatish



Amaliy vaziyatni ҳal qilish va analiz qilish bo`yicha mustaqil ishlashga yo`riqnoma
Vaziyat analizi listi


Ish etaplari

Maslaxatlar va tavsiyalar

1.keys bilan tanishmok

Dastlab keys bilan tanishmok

Ukib,vaziyatni analizlashga shoshilmang



2.vaziyatli masala bilan tanishmok

Yana bir bor malumotni ukib chiking,

asosiy bulgan abzatsni belgilang,vaziyatni ifodalashga xarakat kiling.unda nima asosiy nima ikkilamchi ekanligini aniklang



3.muammoni asoslang

Muammo:taktika olib borish tanlovi va kerakli meditsina yordamini tanlash

4.vaziyat analizining diagnostikasi

Vaziyat analizida kuyidagi savollarga javob bering:

-bosh miya usmalari bor bemorlarga xos shikoyatlar,

-bemorning anamnezi kanday yigish

-kanday obektiv va klinik metodlar kullaniladi

-bosh miya usmalari bor bemorlarga xos klinik simptomlar


5.muammoni xal kilish va tanlash

Barcha usullarni sanab uting

6.muammoli situatsiyalarni kayta ishlash

Tashxis kuying va muammoni xal kiling

Keysni xal kilish varianti –keysolog bilan




mavzu

Bosh miya usmalari,klassifikatsiya,epidemiologiya,patogenez,klinika,diagnistika,davolash


Umumiy soat-4soat

Ukiydiganlar soni-11-12kishi

Ukuv talimining kurinishi

Bilimni kengaytirish va chukurlashtirish seminarii,bosh miya usmalarini olib borish taktikasi

Seminar rejasi

1.ukuv talimiga kiritish

2.bilim aktualizatsiyasi

3.mayda guruxlarda keys bilan ishlash

4.natijalar prezentatsiyasi

5.baxolash,muxokama va eng yaxshi strategiyalar varianti

6.xulosa.gruppa va talabalarni baxolash,ukuv talimi orkali erishilgan maksadlar



Ukuv mashgulotining maksadi

Ukituvchining vazifasi:

Yigilgan anamnez buyicha bilimlarni mustaxkamlash.

Diagnoz kuyishda tugri algoritmni tanlash.


Ukuv muassasalarining natijalari:bosh miya usmasi bor bemorlarning shikoyatini yigishni ,anamnez yigishni talabalarga urgatish

Tez yordam buyicha kunikmalarni ishlab chikish

Bosh miya usmalari bor bemorlarni obektiv va klinik metodlarini utkazish,talabalarga klinik belgilari xakida malumot berish

Talim berish usullari

Keys-stadiyasi,diskussiya,praktika usuli

Talim berish vositalari

Keys,metodik kursatmalar

Talim kurinishi

Indiviudal,frontal,gruppa buyicha ish

Talim shartlari

Texnika bilan taminlangan auditoriya,

UKUV TALIMINING TEXNOLOGIK KARTASI




Boskich va ishchi mundarijasi

Faoliyat

Ukituvchi

Talabalar

Tayyorlov davri

KEYS –STADIYaNI tavsiya kilishni asoslash va professional talimga uning tasiri.keys materialini tarkatadi va algoritm bilan tanishtiradi.

Mustakil analiz utkazash uchun mashgulot beradi va ,,situatsiya analiz varogiga ,,natijalarni kiritish



Eshitishadi

Mustakil keys tuzilishini urganadi va analiz situatsiya varogini doim tuldiriladi



1-davr.ukuv talimiga kiritish(10-15min)

1.1. mashgulot mavzusi aytiladi,maksadi,masalalari va ukuv rejasi

1.2.talimda ish rejimi bilan tanishtiradi va baxolash kriteriyalari bilan






1-davr asosiy 60min.

2.1.muammoni va vaziyatni asoslamok-aktualg’nostg’.mavzu buyicha .blits savollar utkaziladi mavzu buyicha

-Bemorlar uchun xos shikoyatlar

-bemordan anamnez yigish

-bosh miya usmalarida obektiv va klinik tekshiruvlar

-kanday klinik belgilar xos

Gruppalarga bulinadi



2.2.talabalarni guruxlarga borish.keysning vazifalarini eslatish.gurux ishlari bilan tanishtirish va diskussiya ishllari bilan.

2.3.mashk beradi,mashkni uzlashtirishini aniklab oladi:

Kanday nozologiyalar bilan differentsial diagnostika utkazish va usmalarni kelib chikish sabablarini urganish.usmalarda kullaniladigan tekshirish usullari

Olib borish taktikasi

2.4.koordinatsiyalaydi,konsulg’tatsiyalaydi,ukuv muassasasiga yunaltiriladi.ish individualligini baxolash:analiz situatsiya varaklari.

2.5.keys karoriga kura prezentatsiya tayyorlash,muxokama kilish.diskussiya organizatori:savol beradi,etiroz bildiradi,teoretik materialni eslatadi.

2.6.talabaning organeyzer algoritmda xarakati

2.7.keys xakida uzining variantlarini aytadi





Muxokama kilinadi,asosiy muammo buyicha analiz utkaziladi,vaziyatning asosiy aspektini aniklashadi,asosiy muammolar va ularning yechish usullari,



Keys bilan ishlovchilarni baxolash jadvali

ishtirokchilar

Baxolash kriteriyalari va kursatkichlar




Mavjud jarayon analizi maksimal1,0

Muammoni asoslash maksimal 0,5

Muammoni xal kilish usullari maksimal 0,5

Detal ulchamni kayta ishlash 0,5,

Umumiy ball maksimal2,5

1.
















2.
















nomer















2,0-2,5 ball-,,alo,,1,5-2,0 ball ,,yaxshi,,



1,0-1,5ball konikarli

1,0baldan past-konikarsiz
Download 34,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish