Keyingi salib yurishlari 7-sinf Jahon tarixi darsligi asosida 21-mavzu



Download 5,11 Mb.
Sana18.01.2022
Hajmi5,11 Mb.
#384870
Bog'liq
2 5244687850519136847

Keyingi salib yurishlari

7-sinf Jahon tarixi darsligi asosida 21-mavzu

To‘rtinchi salib yurishlari (1202–1204).


XII asr oxirida papa Innokentiy III yangi salib yurishlarini tashkil etishga kirishadi.

Innokentiy III

Salibchilar qo‘shinni Venetsiya bilan dengiz orqali kemalarda Falastinga olib o‘tishga kelishib, 85 ming kumush marka pul to‘lashni zimmalariga oladilar.


Salibchilarning

Venetsiya savdogarlari

bilan uchrashuvi

To‘rtinchi salib yurishi qatnashchilari hisoblangan ritsarlar qo‘shini Konstantinopol devorlari ostiga kelib tushadi va 1204-yilda shaharga hujum boshlaydi.


Salibchilarning Konstantinopolga kirib kelishi

Yigirma minglik qo‘shin yarim million aholisi bo‘lgan shaharni egallashga muvaffaq bo‘ladi.




Konstantinopol asos solinganidan buyon ilk bor dushman o‘ljasiga aylanadi.


Lotin imperiyasi (1204–1261).


Lotinlar (vizantiyaliklar salibchilarni shunday nomlaganlar) Vizantiya xarobalarida Lotin imperiyasi deb atalgan davlat tuziladi.

Konstantinopol patriarxi taxtini katolik ruhoniysi egallaydi, dehqonlar ritsarlarga shaxsiy qaramlikka tushadilar.

Vizantiyaning tiklanishi.


Vizantiyaliklarning lotinlarni tez orada haydab yuborishga bo‘lgan umidlari zoye ketmagan. Bo‘ysundirilgan aholi salibchilarni yoqtirmaganlar, lotinlar esa o‘zaro kelisha olishmagan.

Nikeya imperatori Mixail VIII Paleolog 1261-yilning 15-avgustida Konstantinopolga tantanali kirib keladi.


Shu tariqa Vizantiya imperiyasi tiklanadi.

Endi Vizantiya dunyoning qudratli mamlakatidan unchalik katta bo‘lmagan yunon davlatiga aylanadi.

Mixail VIII Paleolog

Salib yurishlarining tugashi va oqibatlari.


Fransiya qiroli Lyudovik IX ning 1269–1270-yillardagi sakkizinchi salib yurishlari so‘nggisi bo‘ladi.

Ko‘p o‘tmay salibchilarning Sharqdagi mulklari birin-ketin musulmonlar qo‘liga qaytadi.

Lyudovik IX

Salib yurishlari to‘xtatilishining asosiy sababi XIII asrning oxiridan G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida boshlangan o‘zgarishlar bo‘ladi. Ishlab chiqarish kuchlari o‘sadi.

Qirol hokimiyatining kuchaya boshlashi va mamlakatni markazlashtirish siyosati ritsarlarga qirol qo‘shinida xizmat qilish imkonini yaratadi.

Salib yurishlari o‘zining asosiy, ya’ni Sharqda kuchli xristian davlatini yaratish maqsadiga erisha olmaydi. Unda qatnashgan 100 minglab kishilar halok bo‘lib, katta moliyaviy zarar ko‘riladi.

Yevropa mamlakatlarida soliqlarni mahsulot bilan emas, pul bilan olish o‘sib boradi.


Ayrim feodallar qaram dehqonlarini to‘lov evaziga ozodlikka chiqara boshlaydilar.

Savol va topshiriqlar

1. Sizningcha, 4-salib yurishining avvalgilardan farqi nimada?

2. Nima sababdan salibchilar Vizantiyada tuzgan

Lotin imperiyasi uzoq yashamadi?

3. So‘nggi salib yurishlari va umuman, bu

urushlarning o‘z maqsadiga yeta olmagani sabablarini ayting.

4. Salib yurishlari Yevropa va Osiyo uchun qanday

natija hamda oqibatlarga olib kelgan?


Download 5,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish