MUDOFAA TO`G’RISIDA
O`zbekiston Respublikasi Mustaqillik deklaratsiyasi, "O`zbekiston
Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to`g’risida"gi Qonun,
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalaridan kelib chiqib, barcha
davlatlar bilan tinch-totuv yashash siyosatini o`tkaza borib o`z mudofaa
qudratini qurolli tajovuzdan himoyalanish uchun etarli darajada saqlab
turadi.
Ushbu Qonun davlat idoralari va Mahalliy boshqaruv idoralarining
O`zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyatini ta`minlash borasidagi
ishlarni yo`lga qo`yish, boshqarish asosini, huquq va majburiyatlarini
belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |