22-modda.Fuqaro muhofazasi qo`shinlarining asosiy fondlari
Harbiy shaharchalarning turar joylari va imoratlari, fuqaro
muhofazasi harbiy qismlarining o`quv-moddiy bazasi ob`ektlari, moddiy
va texnik vositalari davlat mulki bo`lib, fuqaro muhofazasi qo`shinlarining
asosiy fondlarini tashkil etadi. Fuqaro muhofazasi qo`shinlari ko`rsatib
o`tilgan va o`zlariga ajratilgan boshqa mol-mulkka nisbatan tezkor
boshqaruv huquqidan foydalanadilar.
Fuqaro muhofazasi qo`shinlarini joylashtirish va ularning doimiy
faoliyati uchun er uchastkalari, joylar, omborlar va boshqa ob`ektlar
tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan ularga
doimiy yoki vaqtinchalik foydalanish uchun beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |