Mehnat qilish va dam olish tartibi.
Ko’rish ishlarini bajarish
uchun yaxshi sharoit yaratishda mehnat qilish va dam olish tartibini
ratsional tashkil etish katta axamiyatga egadir. Mexnat sharoitini ishlab
chiqarish muhitidagi zararli va xavfli faktorlarini gigienik kriteriylar
asosida
baxolashda
mexnat zo’riqishlarining yangi ko’rsatkichi
videoterminal ekranlarini kuzatish paydo bo’ldi. Vir smenada 2 soatgacha
kuzatish optimal deb, 3 soatgacha esa yo’l qo’yilgan deb qabul qilingan. 3
soatdan ortigi -birinchi darajali zo’riqish (zararlanish), 4 soatdan ortig’i
esa - ikkinchi darajali zo’riqishdir. Bundan ortig’i ko’zga og’irlik qiladi,
vaxolanki praktikada bunga deyarli rioya qilinmaydi. Sanitar qoidalarda
foydalanuvchilarning mexnat qilish va dam olish tartibi bajarilayotgan
ishning og’irligi va xarakteriga qarab me`yorlanadi, bunda nafaqat ko’rish
ishlari, balki emotsional- asabiy zuriqish, muskullarning charchashi, elektr
magnit maydon ta`siri va boshqa ma`qul bo’lmagan faktorlar xam hisobga
olinadi. Qayta ishlanayotgan axborotning xajmiga ko’ra ish ogirligini
kategoriyalarga bo’lishda xam birinchi navbatda ko’rish toliqishi inobatga
olinishi xarakterlidir. Elektron-hisoblash mashinalardagi barcha mexnat
faoliyati uch guruxga bulinadi:
A guruxi - ekrandan axborotlarni o’qish ishlari;
B guruxi - axborotlarni kiritish ishlari;
V guruxi - kompyuter bilan muloqot rejimidagi ijodiy ishlar.
Ish jarayonida turli xildagi ishlar bajarilsa, asos qilib ish smenasi
davomida 50% vaqt sarflangan turi qabul qilinadi.
Elektron-hisoblash mashinalardagi mexnat faoliyatining turlari
uchun og’irligi va toliqishi bo’yicha uchta kategoriya o’rnatilgan bo’lib,
497
bular asosida reglamentlangan tanaffuslar me`yorlanadi. Kategorilar
quyidagicha aniqanadi:
A guruxi uchun - ish smenasida o’qiladigan belgilar yig’indisining
soni bilan, lekin bir smenadagi ushbu yig’indi 60 000 oshmasligi kerak.
Bunday axborotning xajmi 3- kategoriyaga, bir smenada 40 000 belgi - 2-
kategoriyaga va 20 000 gacha -L- kategoriya kiradi.
B guruxi uchun -ish smenasidagi o’qiladigan va kiritiladigan
belgilar yig’indisining soni bilan, lekin bir smenadagi ushbu yig’indi 40
000 oshmasligi kerak. Bunday axborotning xajmi 3- kategoriyaga, bir
smenada 30 000 gacha belgi - 2- kategoriyaga va 15 000 gacha - 1-
kategoriya kiradi.
V guruxi uchun -ish smenasida VDT va XT da bevosita ishlagan
vaqtlarini yig’indisi bilan, lekin bir smenadagi ushbu yig’indi 6 soatdan
oshmasligi kerak. Bu 3- kategoriya uchun, bir smenada 4 soat - 2-
kategoriya uchun va 2soat - 1- kategoriya uchun belgilanadi.
Ish smenasi davomida profilaktika va toliqishni bartaraf qilish uchun
reglamentlangan tanaffuslar belgilanib, 8 soatlik ish smenasida 1-
kategoriya ishlari uchun - 30 minut, 2-si uchun - 50 minut va 3-kategoriya
uchun - 70 minut.
Sanitar qoidalarga muvofiq, VDT da uzluksiz ishlash davomiyligi 2
soatdan oshmasligi kerak. Tungi smenada ishlaganda ish turidan va
kategoriyasidan qat'iy nazar, tanaffuslarning umumiy vaqti 60 minutga
oshishi kerak, Sanitar qoidalarda smena davomidagi reglamentlangan
tanaffuslarni ishlatish bo’yicha takliflar mavjuddir.
Xususan, 8 soatlik ish smenasida tanaffuslarni quiydagicha o’rnatish
lozim: 1- kategoriya uchun - xar biri 15 minutdan iborat smena
boshlanganidan 2 soatdan so’ng va tushlikdan 2 soatdan so’ng;
- 2 - kategoriya uchun - xa|z biri 15 minutdan iborat smena
boshlanganidan 2 soatdan so’ng va tushlikdan 1,5-2 soatdan so’ng yoki
xar bir soat ishlagandan so’ng 10 minut;
- 3 - kategoriya uchun - xar biri 20 minutdan iborat smena
boshlanganidan 1g 5-2 soatdan so’ng va tushlikdan 1,5-2 soatdan so’ng
yoki xar bir soat ishlagandan so’ng 10 minut;
-4- xar biri 15 minutdan iborat smena boshlanganidan 2 soatdan
so’ng va tushlikdan 1,5-2 soatdan so’ng yoki xar bir soat ishlagandan
so’ng 15 minut.
Reglamentlangan tanaffuslar vaqtida asabiy-emotsional, ko’z
analizatorining toliqishni pasaytirish xamda umurtqada gipodinamiya va
gipokineziyasining rivojlanishiga to’sqinlik maqsadida maxsus fizkultura
498
mashqlarining majmuasini bajarish maqsadga muvofiqdir.
Sanitar-gigienik me`yorlarni va ergonomik talablarni bajargan
taqdirda xam foydalanuvchi o’zini noxush sezsa, unda individual
yondoshish darkor, ya`ni:
-hisoblash mashinasidagi ish vaqtini chegaralash, dam olish vaqtini
uzaytirish yoki ish faoliyatini o’zgartirish kerak.
Uyda, ish ritmi va rejalashtirish bilan bog’lanmagan ish sharoitida
foydalanuvchi o’ziga qulay ish tartibini belgilay olganda, xar ish soatidan
so’ng 10-15 minutdan, xar 2 soat ishlagandan so’ng 20-30 minutdan
tanaffus 1qilishni, shu paytlar davomida monitorni o’chirishni, ish
joyidan, xatto honadan nari ketishni va honani shamollatishni taklif qilish
mumkin.
Sanitar qoidalar maktab va maktabgacha tarbiya muassasalari, oliy,
o’rta
maxsus
o’quv
yurtlarining
o’qituvchilari,
talabalari,
tarbiyalanuvchilari uchun videoterminallarda ishlash va dam olish tartibi
uchun ma`lum talablarni qo’yadi. Bu qoidalarga asosan maktab va
maktabgacha tarbiya muassasalari, oliy, o’rta maxsus o’quv yurtlarining
o’qituvchilari displey sinflarda va informatika honalarida bir kunda 4
soatdan ko’p ishlamasliklari kerak. O’quv jarayonini ta`minlovchi
muxandislarning displey sinflarda va informatika honalar (auditoriya)dagi
bir kunlik ish vaqti 6 soatdan oshmasligi kerak.
Uyda, ish ritmi va rejalashtirish bilan bog’lanmagan ish sharoitida
foydalanuvchi o’ziga qulay ish tartibini belgilay olganda, xar ish soatidan
so’ng 10-15 minutdan, xar 2 soat ishlagandan so’ng 20-30 minutdan
tanaffus qilishni, shu paitlar davomida monitorni o’chirishni, ish joyidan,
xatto honadan nari ketishni va honani shamollatishni taklif qilish mumkin.
Sanitar qoidalar maktab va maktabgacha tarbiya muassasalari, oliy,
o’rta
maxsus
o’quv
yurtlarining
o’qituvchilari,
talabalari,
tarbiyalanuvchilari uchun videoterminallarda ishlash va dam olish tartibi
uchun ma`lum talablarni qo’yadi. Bu qoidalarga asosan maktab va
maktabgacha tarbiya muassasalari, oliy, o’rta maxsus o’quv yurtlarining
o’qituvchilari displey sinflarda va informatika honalarida bir kunda 4
soatdan ko’p ishlamasliklari kerak, o’quv jarayonini ta`minlovchi
muxandislarning displey sinflarda va informatika honalar (auditoriya)dagi
bir kunlik ish vaqti 6 soatdan oshmasligi kerak.
Oliy, o’rta maxsus o’quv yurtlarining talabalari uchun o’quv
darslarida VDT va XT da ishlash vaqti berilgan topshiriqning
murakkabligiga va xarakteriga qarab, xamda XT ish qobiliyatiga ko’ra
belgilanadi.
499
1- kurs talabalari uchun VDT va XT bilan o’quv darslarini
o’tkazishning optimal vaqti 1 soatni, yuqori kurs talabalari uchun orasida
15-20 minutlik tanaffusga rioya qilgan xolda ikki akademik soatni tashkil
qiladi.
Bundan tashqari 1- kurs talabalari uchun VDT va XT bilan ishlash
vaqtini kompyuterda bevosita ishlash butun dars davomida 50% dan
oshmaslik profilaktik chora-tadbirlarga rioya qilgan, ya`ni fizkultdaqiqa va
fizkultpauzlar, ko’rishga doyr mashqarni bajarish sharti bilan 2 soatgacha,,
yuqori kurs talabalari uchun 3 akademik soatgacha uzaytirishga ruxsat
beriladi.
Talabalarda toliqishni rivojlanishining oldini olish maqsadida
majburiy chora-tadbirlar quyidagilardir:
- xar bir akademik dars soatidan so’ng o’quv jarayonidan qatiy
nazar, 5 minutdan kam bo’lmagan tanaffuslar tashkil qilish;
- EXMda ishlash vaqtini me`yorlash maqsadida, EXMga taymerni
ulash
yoki
videomonitor
ekranidagi
axborotni
yoritilganligini
markazlashgan uchirishni ta`minlash;
- tanaffuslar paytid monitorni o’chirishni, o’quvchilarni honadan
chiqarib, honani shamollatish;
- EXMda ishlash vaqtida xar 20-25 minutdan so’ng ko’z uchun
mashqlarni majburiy o’tkazishni tashkil etish;
- umumiy toliqishni bartaraf etish uchun tanaffus paytida 3-4
minutlik fizkultpauza va lokal toliqishga 1-2 minutlik individual
fizkultdaqiqa tashkil etish.
Qoidalarda barcha turdagi mashqlar, shu jumladan ko’z toliqishini
bartaraf etish uchun bir necha xil komplekslar berilgan bo’lib, ularni xar 2-
3 xaftada almashtirish tavsiya etiladi. Yana shu bilan birga o’quv
mashg’ulotlarini o’tkazishning talablari berilgan, unga asosan talabalarda
mashg’ulotlarni soat 17 dan keyin o’tkazish tavsiya etilmaydi va x.k..
talabalarning xarakatlanishi va kompyuterda ishlash tartibi ixtiyoriy
o’rnatilgan.
Qoidalarda o’rta maxsus o’quv yurtlarining o’quvchilarining EXM
da ishlash tartibini o’rnatishga qat`iy talablar qo’yiladi, xususan, EXM da
ishlash o’quv darsi davomida:
1- kurs o’quvchilari uchun -kuniga 30 minutdan oshmasligi;
2- va 3- kurs o’quvchilari 2 soatlik darsda birinchi va ikkinchi
soatlarida 30 minutdan, 20 minutlik interval bilan, tanaffus, o’quv
materialini tushuntirish va savol-javoblar bilan birgalikda o’tkazilishi;
3- kurs o’quvchilari uchun VDT va XT bilan ishlash vaqtini
500
kompyuterda bevosita ishlash butun dars davomida 50% dan oshmaslik
profilaktik chora-tadbirlarga rioya qilgan, ya`ni fizkultdaqiqa va
fizkultpauzlar, ko’rishga doyr mashqlarni bajarish sharti bilan 3 akademik
soatgacha uzaytirishga ruxsat beriladi.
Ko’rish toliqishining profilaktikasi uchun VDT va XT bilan ishlash
vaqtda xar 20-25 minutda ko’z uchun mashqlar o’tkazish, ko’z
charchashini tez rivojlanishi, sanchishi, ko’z oldini lipillashi shaklida
ifodalangan ko’rish diskomforti paydo bo’lganida individual, ko’rsatilgan
vaqtdan oldin ko’z mashqarini bajarish lozimdir.
Umumiy toliqishni bartaraf etish, asab, yurak-tomir, nafas olish
tizimlarining funktsional xolatini yaxshilash, xamda yelka, qo’l, kurak,
bo’yin va oyoq muskullari uchun fizkultdaqiqalar o’tkazish lozim. VDT
va shaxsiy kompyuterlardan foydalanib utqaziladigan fakultativ va
to’garak mashg’ulotlari xaftasiga 2 soatdan oshmasligi, bunda bevosita
VDT va shaxsiy kompyuterlarda ishlash vaqti o’quv mashg’ulotlari kabi
barcha ish tartiblariga rioya qilgan xolda 1 soatdan oshmasligi kerak.
Maktab va maktabgacha tarbiya muassasalarida o’quv va darsdan tashqari
VDT va shaxsiy kompyuterlardagi o’yinli mashg’ulotlar tartibini tashkil
etishga yanada kuchaytirilgan talablar qo’yiladi.
10-11 sinf o’quvchilari uchun informatika va hisoblash texnikasi
asoslaridan darslar xaftasiga 2 tadan oshmasligi, boshqa sinflarda VDT va
shaxsiy kompyuterlardan foydalaniladigan dars 1 tadan oshmasligi kerak.
Bunda bevosita VDT va shaxsiy kompyuterlarda ishlash vaqti
- 1-sinf o’quvchilari uchun (6 yosh) - 10 minutdan;
- 2-5-sinf o’quvchilari uchun - 15 minutdan;
- 6-7 -sinf o’quvchilari uchun - 20 minutdan;
- 8-91-sinf o’quvchilari uchun - 25 minutdan;
-10-11-sinf o’quvchilari uchun birinchi o’quv soatida - 30 minutdan,
ikkinchisida - 20 minutdan oshmasligi kerak.
VDT va shaxsiy kompyuterlardan foydalanib o’tkaziladigan
to’garak mashg’ulotlari xaftasiga 2 martadan ortiq bo’lmay, 2-5 sinf
o’quvchilari uchun (7-10 yosh) - 60 minutdan; 6- va undan yuqori sinf
o’quvchilari uchun 90 minutgacha davom etishi mumkin. Bunda barcha
vaqtni serxarakat o’yinlarni o’ynashga ajratish kerak emas. Ularni
o’ynashga 2-5 sinf o’quvchilari uchun dars oxirida 10 minutgacha,
yuqori sinf o’quvchilari uchun 15 minut vaqt ajratilishi kerak.
Maktabgacha tarbiya muassasalarida ongni rivojlantiruvchi dasturli
kompyuter o’yinlari ishtirokidagi mashg’ulotlar 5 yoshli bolalar uchun 7
minutdan, 6 yoshli bolalar uchun- 10 minutdan oshmasligi kerak.
501
Maktabgacha
tarbiya
muassasalarida
kompyuterli
o’yin
mashg’ulotlarini uslubchi ishtirokida xaftasiga ikki martadan oshmay,
bolalarning ish qobiliyati kuchaygan seshanba, chorshanba va payshanba
kunlari o’tkazish kerak.
Mashg’ulotdan so’ng ko’zlar uchun gimnastika o’tkazish darkor.
Bitta VDT yoki shaxsiy kompyuterdan yoshidan qat`iy nazar ikki va
undan ortiq bolani foydalanishi taqiqanadi.
Mexnat va dam olish tartibiga to’g’ri rioya qilish ko’rish
analizatorining zo’riqishini pasaytirish imkonini beradi va maktab,
maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining ko’rish
apparatining aloxida jaroxatlanishga moyilligi sababli dolzarb bo’lgan
ko’rishini yomonlashuviga yo’l quymaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |