Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


XVI.6. Aholini va aholi yashash hududlarini tinchlik



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/594
Sana18.01.2022
Hajmi4,05 Mb.
#384971
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   594
Bog'liq
ХФХ O.R.YULDASHEV

XVI.6. Aholini va aholi yashash hududlarini tinchlik     

                  sharoitida favqulodda hodisalar vaqtida 

xavfsizligini ta'minlash 

 

 Yuqorida ko'rib o'tilgan voqealar tabiatning o'z hodisasi, ya'ni tabiiy 



ofatlar  sirasiga  kiradigan  voqealar  ekanligini,  bulardan  tashqari  yana 

shunday  hodisalar  uchraydiki,  bunday  hodisalarni  ham  favqulodda 

hodisalar  qatoriga  qo'shishga  to'g'ri  keladi.  Agar  umumiy  favqulodda 

hodisalarga  keng  ma'noda  ta'rif  bersak,  unda  uni  quyidagicha  ta'riflash 

mumkin. 

Ma'lum  aholi  yashaydigan  hududda  har  xil  falokatlar,  avriyalar 

tabiiy ofatlar va ekologik ofatlar, shuningdek, odamlarda ko'plab yuqumli 

kasalliklar kelib chiqishi natijasida odamlarni ko'plab moddiy boyliklardan 

mahrum  qilish,  ularnig  umriga  zomin  bo'lish  bilan  hayot  faoliyati 

sharoitlarini  buzilishiga  olib  keladigan  vaziyatlar  favqulodda holatlar  deb 

yuritiladi. 

Butun  dunyo  sog'liqni  saqlash  tashkilotining  tavsiyasiga  ko'ra 

hozirgi  vaqtda qabul  qilingan  aqidaga  ko'ra,  favqulodda  hodisa natijasida 

10  yoki  undan  ko'proq  kishining  o'limi  yoki  tezkor  tibbiyot  xizmatiga 

muhtojlik bilan tugallansa, uni falokat deb atash qabul qilingan. U yoki bu 

holatda boshqacha nom bilan atalgan holatlarni ham inkor etmaslik kerak. 

Oldindan aytib o'tish kerakki, falokatlarning talqini har yerda har xil talqin 

qilinmaydi, lekin shuni ham ta'kidlash kerakki, ularga bir xil holatlarda bir 

tomonlama va boshqa holatlarda ko'p tomonlama baholashga to'g'ri keladi. 

Jumladan,  ekologiyaga  putur  yetkazish  bilan  tamomlangan  avariyalar 

hozirgi  ayni  vaqtda  uni  zararini  chuqur  fahmlab  yetgan  bo'lsakda,  uning 



 

 

320 



zarari  hozirgi  vaqtda  butunlay  sezilmasligi  va  ma'lum  vaqtdan  keyin  yuz 

ko'rsatganda  uning  zarari  nihoyatda  ayanchli  ekanligini  tushunib 

yetishimiz mumkin. 

Shuning uchun ham odam hayot faoliyatini muhofaza qilish umumiy 

atrof-muhitni muhofaza qilish bilan uyg'unlashib ketganligini bu faqatgina 

bizni o'rab turgan tabiat va o'simlik va havo muhiti, shuningdek, umumiy 

mikroorganizmlar ham makroorganizmlar bir tekislikda qarash va ularning 

umumiy  biosfera  qatlamlarida  muhofazani  kuchaytirish  maqsadida 

favqulodda hodisalarni aniq ifoda qilish lozimligi ta'kidlanadi.                                                            

Bunday  deyishimizning  o'ziga  xos  sababi  bor  albatta,  ya'ni 

harqanday favqulodda hodisa, lining faqatgina o'ziga xos sababi, qiyofasi 

va o'ziga xos rivojlanish xususiyatiga ega bo'ladi. 

Har  bitta  favqulodda  hodisa  asosida  tashqi  muhit  bilan  inson 

o'rtasidagi  muvozanat  buzilganligini  yoki  ularni  muvofiqlashtirilishini 

ta'minlaydiga  bog'lovchi  tizim  yoki  jamiyat  tizimining  buzilganligini 

ko'rsatuvchi ma'no yotadi. 

Ilm      texnika      taraqqiyoti      ko’rilmagan      darajada      rivojlanishi  

shunga      olib      keldiki,      u      insoniyatning      madaniy      rivojlanishidan  

oldinlab   ketdi   va   bu     odamlardagi   tavakkallik   xususiyati   bilan  

odamlarning  xavfsizlikni  ta'minlashga  tayyorgarligi  orasida  uzilish 

vujudga      keldi.        Bunday      tavakkalchilikning      katta        maydondagi 

harakati      nihoyatda      katta      falokatlarga      olib      kelishi      mumkinligi 

insoniyat      ongiga      kirib      kela      boshladi.      Bunga      misol      tariqasida 

insoniyatning yadro harakatini keltirish mumkin. Avvaliga hamma kuchli    

davlatlar    zo'r     berib    yadro    qurollarini    ko'paytirish taraddudiga 

tushdi,  lekin  bu  taraddud  butun  yer  yuzini  falokatga  giriftor  qilishi 

mumkinligi  awaliga  hech  kimning  xayoliga  kelmadi    va  keyinchalik 

qilingan  ishlarning  bir-ikkita  natijasi  ko'rinishi  bilan    bu  ishlarga  barham 

berish zarurligi tushunib yetilgandan  keyin ko'rindiki,  vaqt o'tgan va bu 

halokatli  vaziyat    ikkinchi  hamda  uchinchi  qatlamdagi  rivojlanayotgan 

davlatlar  tomonidan  amalga      oshirilmoqdaki,  buning  natijasi  nima  bilan 

tugallanishi noma'lum.  

Yana  bitta  tarixiy  omilni  aytib  o'tish  joiz  deb  hisoblayman.  Sobiq 

ittifoq  davrida  yadro  qurollarini  rivojlantirish  bilan  bir  vaqtda  kimyoviy   

va   baktereologik   qurollarni    ham    ishlab    chiqarish nihoyatda avj 

olgan  edi  va  bu  soha  ko'zga  ko'rilmagan  darajada  tezlik  bilan  bunday 

moddalarning  miqdbrini  oshirish  yoMi  bilan  amalga  oshirildi.  Buning 

natijasida  bu  moddalarning  bir  necha  o'n  minglab  tonnasi  ma'lum 

regionlarga joylashtirildi. 



 

 

321 



Oxirgi  yillarda  jahon  hamjamiyati  tashkilotlarining  sa'yharakatlari 

natijasida bu moddalarni yer yuzidan butunlay yo'qotish zarurligi haqidagi 

harakat  kuchayib  ketdi,  keyingi  ittifoq  tarqalish  oldidan  va  tarqalgandan 

keyingi  davrlarda  yetakchi  davlatlar    yig'inlarida  kimyoviy  va 

baktereologiya 

qurollaridan 

foydalanish 

taqiqlanishi 

haqidagi 

deklaratsiyaga  deyarli  jahondagi  hamma  davlatlar  qo'shildi.  Shundan 

keyin bu moddalarni butunlay yo'qotish haqida qaror qabul qilindi. Sobiq 

ittifoq tarqab ketgandan keyin bu  moddalarning asosiy zaxiralari Rossiya 

hududida ekanligi ma'lum bo'ldi. Demak, bu zaxiralarni yo'qotish vazifasi 

ham  Rossiya  zimmasiga  tushdi.  Jahon  hamjamiyati  tashkilotlarining 

moddiy yordami bilan ham bu moddalarni yo'qotish ishlari nihoyatda og'ir 

kechmoqda,  chunk!  bu  zaharli  moddalarni  yo'qotish  texnologiyasi  ishlab 

chiqilmagan va bularni yo'qotish uchun qurilgan fabrika va zavodlar atrof-

muhitga  katta  zarar  yetkazishi  bilan  birga,  u  yerda  yashovchi  odamlar 

hayotiga ham jiddiy xavf solmoqda. Chunki bu zaharli kimyoviy moddalar 

tarkibi  ham  zaharli  bo'lganligidan  uni  biror  bir  kimyoviy  modda  bilan 

ta'sir ko'rsatib yo'qotish imkoniyati cheklangan va yoqib yuborish mumkin 

emas,  ekologiya  va  odamlar  hayotida  jiddiy  xavf  tug'diradi,  qo'shimcha 

moddalar  qo'shib  ishlov  berish  juda  qimmatga  tushadi  va  bu  mamlakat 

iqtisodiga og'ir putur yetkazadi. Ko'rib turganimizdek, bir vaqtlar o'ylamay 

qilingan xatolik keyingi avlodlar, ya'ni hozirgi avlodlar uchun og'ir fojiali 

bo'lishi  mumkin  ekan.  Shuning  uchun  ham  tabiatga  katta  ko'lamdagi 

jarayonlar  bilan  ta'sir  ko'rsatish  juda  katta  fojialarga  olib  kelishi 

mumkinligini unutmaslik kerak. 

Favqulodda  hodisalar  o'zining  quyidagi  xususiyatlariga  ko'ra 

sinflanadi: 




Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   594




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish