XVI.5. Tabiiy ofatlardan muhofazalanish yo'llari
Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, tabiiy ofatlar hozirgi zamon jahon
hamjamiyatining hamma xalqlari uchun birdek xavfli bo'lgan, ayniqsa,
tabiiy ofatlar bo'lishi mumkin bo'lgan hududlarga joylashgan xalqlar
uchun juda katta yo'qotishlar va tashvishlar olib keladigan va keltiradigan
zarari hattoki, yadro quroli darajasidan kam bo'lmagan ofat hisoblanadi.
Shuni ham ta'kidlash joizki, tabiiy ofatlarning ba'zi birlarini paydo
bo'lishidan birmuncha vaqt oldindan bilish imkoniyati bo'lsada, ba'zi
birlari, masalan, yer qimirlashni hozirgi zamon fani birmuncha yutuqlarga
erishgan bo'lishidan qat'i nazar, hozir aniq aytib berish imkoniyati
chegaralangan. Agar fanda erishilgan yutuqlardan foydalanib tabiiy
ofatlarni bo'lish muddatini oldindan aytib berish imkoniyati bo'lganda,
317
uning oqibatida kelib chiqadigan qurbonlar va ancha katta miqdordagi
moddiy boyliklar saqlab qolingan bo'lar edi. Hozirgi zamon fani
yutuqlaridan foydalanib tabiiy ofatlarning turlaridan biri bo'lgan qishloq
xo'jaligi zararkunandalarining keng ko'lamda ko'payib ketishini va ba'zi
bir kasalliklar tarqalishini oldini olishga qaratilgan ba'zi bir holatlarni
oldindan bashorat qilish imkonyati tug'ildi. Buning uchun ko'p yillik
yig'ilgan statistika ma'lumotlaridan foydalanib bunday sharoitlarning
takrorlanish davr oraliqlari aniqlanadi va yer sun'iy yo'ldoshlari
yordamida olingan quyosh aktivligi davriy qaytarilishi muddatlarini olib
solishtiriladi,
shuningdek,
ularni
obi-havo,
zilzilani
o'rganish,
vulqonshunoslik va boshqa kuzatuv stansiya ma'lumotlari olinib, umumiy
hisob qilib chiqiladi. Masalan, mamlakat miqyosida xalqaro kelishuvga
asosan to'fonlar, bo'ronlar, vulqonlar otilishi va sel oqimlari haqidagi
ma'lumotlar yerning meteorologik yo'ldoshlari yordamida olingan
ma'lumotlar asosida bashorat qilinadi. Yer qimirlashlarni esa yer qimirlash
xavfi bo'lgan zonalarda suvning kimyoviy tarkibini muntazam o'rganish,
yer yuzasi holatini geodezik o'lchash, tuproqning elastiklik, elektr va
magnik xususiyatlarini o'lchash, quduqlarda suv sathining o'zgarishini
o'rganish va hayvonlar, sudralib yuruvchilar, baliqlar va qushlarning o'zini
tutish holatlariga qarab bashorat qilinadi.
O'rmonlar va cho'llardagi keng miqyosdagi yong'inlarni ularning
obi-havo sharoiti, harorati, joylashish mintaqasi, statistika ma'lumotlari va
boshqa qo'shimcha ma'lumotlar koeffitsiyentlari yig'indilaridan kelib
chiqadigan xulosalar asosida bashorat qilinadi.
Tabiiy ofatlarni kelib chiqishini oldini olishga qaratilgan chora-
tadbirlarning ba'zi bir yo'nalishlari ustida ham ish olib borilmoqda,
jumladan, yonayotgan o'rmonlarni ustiga sun'iy yomg'ir yog'dirish,
shuningdek, bunday yomg'irlar qurg'oqchilikka qarshi ham yaxshi natija
beradi, do'l yog'ishini oldini olish uchun bulutlarni raketalar yordamida
snaryadlar bilan kimyoviy moddalar sepish yo'li bilan ularni yomg'irga
aylantirish,
shuningdek,
bunday
vositalar
yordamida
atmosfera
qatlamlarida paydo bo'layotgan bo'ronlar va to'fonlar hosil qilish mumkin
bo'lgan jarayonlarni boshlang'ich etaplarida yo'qotish va uning iloji
bolmasa, kuchini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish
ustida butun dunyo miqyosida tinmasdan izlanishlar olib borilmoqda.
Yer yuzidagi aholining ko'pchilik qismi yer qimirlashi xavfi ostida
yashaydi. Shuning uchun ham bu yo'nalishdagi ishlar butun dunyo
miqyosida olib borilmoqda. Bu sohada yer sharining har xil burchaklarida
1200 seysmik stansiyalar faoliyat ko'rsat-moqda.
318
Hozirgi vaqtda yer qimirlashiga qarshi vositalar sifatida sun'iy yer
qimirlashlar tashkil qilish masalasi asosiy masala hisoblanadi. Xalqaro
seysmologiya institutlarining ba'zi bir ko'zga ko'ringan namoyandalari
tabiatda hosil qilingan sun'iy yer qimirlashlar yer ostida yig'ilgan
kuchlanishlarni tashqi turtki natijasida buzib yuborish yoki birmuncha
oldinroq bu kuchlarni ishga solib yuborish ko'p miqdorda yig'ilgan
potensial energiyani o'zicha yer qimirlashning tabiiy holati sifatida
sarflanishiga qaraganda ancha kam zarar yetkazishi mumkinligi haqida
so'z yuritmoqdalar. Bu fikr mulohazalarning dalili sifatida Simipalatinsk
yadro poligoni seysmik hududga joylashgan bo'lishiga qaramay, u yerlarda
o'tkazib kelingan yer osti yadro quroli sinovlari natijasida bu yerda va
unga
yaqin
joylashgan
Olma-Ota
hududlarida
yer
qimirlash
bo'lmaganligini ko'rsatmoqdalar. Avvallari bu yerlar zilzila xavfi bo'lgan
hududlar hisoblanardi. Bu keltirilgan mulohazalar munozarali
bo'lsa ham, undan taxminiy yo'nalish (gipoteza) sifatida
foydalanish mumkin. Buning uchun hozirgi ilm-fan rivojlanishi
natijasida olingani bashorat bilan yer osti, jarayonlari kuchaygan va zilzila
yuz berishi muqarrar bo'lib qolgan hududda uncha katta bo'lmagan yadro
zaryadini yer ostida portlatish u yerda yig'ilgan kuchlanishlarni
kuchsizlantirishga olib kelishi mumkin. Bu ehtimol zilzilani oldini
olishning yaqin kelajakdagi imkoniyat darajasi bo'lishi mumkin.
Zilzila oqibatlarini susaytirishning sinalgan va ishlatib-kelinayotgan
usuli ham mavjud. Bu zilzila bo'lishi mumkin bo'lgan hududlarda
qurilayotgan binolarni zilzilaga bardoshli qilib qurishdir. Zilzila vaqtida
asosan zilzilaga bardoshliligi hisobga olinmay, qurilgan imoratlarning
qulashi natijasida ko'plab qurbonlar berilishi aniq. Buni 1966-yilgi
Toshkentda bo'lgan zilzila oqibatlarini tahlil qilingan ma'lumotlardan ham
ko'rsa bo'ladi. Bu yerda qulagan binolarning deyarli hamrnasi zilzilaga
bardoshliligi! hisobga olinmasdan qurilgan eski shahar atrofidagi eski
binolar edi. Qisman zilzilaga bardoshliligi oshirilgan eski ota-
bobolarimizdan qolgan sinch devorli binolarning zilzila o'chog'i bo'lgan
tumanda ham o'z barqarorligini yo'qotmagani ma'lum. Demak, binolarni
zilzilaga bardoshliligini oshirish zilzila oqibatlarini kamaytirishning asosiy
omili hisoblanadi. Bunga misol tariqasida zilzilaga bardoshliligi oshirilgan
Yaponiyadagi ko'pgina osmono'par binolar zilzilaga bardosh berganini va
talofotlar kamayganini ko'rsatish mumkin. Shuni ham ta'kidlash kerakki,
bunday vositalar bizda qabul qilingan shkala bo'yicha 9 baldan ortiq
bo'lmagan zilzilalar uchun belgilangan chora-tadbirlar hisoblanadi. Rixter
shkalasi bo'yicha 9 balli zilzilaga hech qanday bino bardosh bera olmasligi
319
aniq. Olimlarning bashoratiga qaraganda bizning hududimizda bo'ladigan
yer qimirlashlar oddiy o'zimizda qabul qilingan 12 balli shkala bo'yicha 8
balldan oshmasligi ta'kidlanadi.
Tabiiy ofatlardan saqlanishda turlicha usullardan foydalaniladi.
Dunyoning ko'plab hududlarida kuzatiladigan tabiiy ofatlar bizning
Respublikamizda deyarli uchramaydi. Masalan, Rossiya Federatsiyasi
ko'pgina hududlarida bo'ladigan suv toshqinlari, ayniqsa, bahor faslida
kuzatiladigan muz ko'chishi bilan bo'ladigan toshqinlar ahyon-ahyonda
tog'li hududlarda kuzatilsa ham unday holat doimiy emas. Shuning uchun
biz diqqat-e'tiborni hududimizda sodir bo'lishi aniq va doimiy bo'ladigan
tabiiy ofatlar sirasiga kiradigan zilzilalar va yong'inlar haqida
sumumiy ma'lumotlar bilan tanishib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |