527
XULOSA
Kompyuterizatsiyalash davrining boshlaridanoq amerikalik "Taym"
jurnali xazilsiz quyidagilarni yozgan edi: "Yozuv stolida ishlash xavfsiz
deb fikrlanadi. Xech kim birorta yozuvni yozish uchun kaska kiymaydi,
Qog’ozlarni u yerdan bu yerga olish uchun Muhofaza ko’zoynagini
taqmaydi. Lekin ishchi kuchi sexlardan korxona bosh qaruviga qarab
ko’chib o’tmoqda, utaxassislarning fikricha, xar yerda xoziru-nozir
videoterminallar millionlab odamlarning sog’lig’iga yangi xavf
tug’dirayotir" Bu yerda gap displey ekrani oldida uzoq ishlash natijasida
bosh og’rig’i, ko’z charchashi, yelkada va qo’l bilaklarida og’riqlar,
xomilani tashlash xollari xaqida borayapti. Ommabop adabiyotlarda
"Displeyda ishlash oson, lekin xavfli?", "Makkor yordamchi",
"Komp’yuter – do’stmi yoki dushman?" kabi maqolalar paydo bo’ldi.
Lekin chet ellardagi kabi, bizning mamlakatimizdagi ko’p sonli
kompyuterlardan foydalanish tajribasidan, xamda ushbu qo’llanmada
berilgan ma`lumotlardan bir qator inson organizmiga negativ faktolar
bilan birga, displey ekrani oldida ishlash chog’ida berilgan ko’rsatmalar,
takliflar, Muhofazalash choralariga amal qilinsa, insonning ishlash
qobiliyatini ko’tarilishiga va sog’lig’i saqlanishiga yordam beradi degan
xulosaga kelish mumkin.
Xozirgi paytda hisoblash texnikasining rivoji juda xam ilgarilab
ketdi, xar 3-4 yilda yangi, yanada sifatli modellar paydo bo’lmoqda.
Axborotni aks ettirish uchun yangi texnologiyalar- suyuq kristal va
plazmali monitorlar, yangi ichiga Muhofazalash qurilmasi o’rnatilgan,
ENT yanada takomillashgan, yassi va "o’ta yassi" ekranli, "to’la
muhofaza" sinfli, modifikatsiyalangan qurilmali Muhofaza filtrli,
1600x1200 nuqtalari yuqori ko’rinish qobiliyatli monitorlar, va nixoyat
ishchi joylari uchun ergonomik omillarga asosan ishlab chiqilgan maxsus
uskunalar, "sichqoncha" turdagi manipulyatorlar va x.k. paydo bo’ldi.
Ekranlar 1999 yili planetamizda 112,7 mln zamonaviy talablarga
javob beradigan kompyuterlar ishlab chiqarildi. Yaqindagina matbuotda
bolalarga, o’smirlarga xamda intensiv mexnat bilan band bo’luvchilarga
eng yangi WaveTer texnologiyasi tatbiq etilgan, inson uchun eng zararli
hisoblangan
ko’ndalang
tarqaluvchi
elektromagnit
to’lqinlar
minimumgacha keltirilgan "BELINEA" monitorlarini tavsiyasi e`lon
528
qilindi.
Butun dunyo o’rgimchak uyasi sanalmish - Internet tarmog’i
yaratilib, 1999 yil boshida 214 mamlakatda joylashgan 43 mln
kompyuterlar ulandi.
Deyarli barcha davlatlarda faydalanuvchilarni sog’lig’ini va
xavfsizligini kafolatlovchi xujjatlar yaratildi, lekin eng ommaviy bo’lib,
mashxur TSO va MPR II deb sanalmish Shvetsiyada yaratilgan standartlar
hisoblanadi. Me`yoriy xujjatlar sifatida dinamik rivojlanayotgan TSO
standarti to’g’risida qisqacha to’xtab o’tamiz.
Monitor ishlab chiqaruvchilari tomonidan foydalanuvchi sog’lig’i
uchun yanada xavfsiz bo’lgan sifatli maxsulotlar ishlab chiqarishda TSO
tavsiyanomalaridan foydalaniladi.
TSO
tavsiyanomalarining
moxiyati
nafaqat
turli
xildagi
nurlanishlarning yo’l qo’yilgan darajalarini aniqlashdan, balki
lyuminoforni yoritilganligining intensivligi, yorqinlik zaxirasi,energiya
sarfi, shovqinlik kabi monitorning maqbul minimal parametrlarini
hisoblashdan iboratdir.
Agar TSO 92 standarti faqat monitorlarga va elektr va magnit
maydonini, energiya ta`minoti tartibini, yong’in va elektr xavfsizligini
xarakteristikalariga hisoblashga nisbatan qo’llansa ,TSO 95 butun shaxsiy
kompyuterga, ya`ni monitoriga, tizim blokiga, klaviaturaga, ularning
ergonomik xossalari, nurlanishlar (elektr va magnit maydoni, shovqin va
issiqlik), energiya ta`minoti va ekologiyaga taalluqlidir.
Yangi TSO 99 TSO 95 nisbatan quyidagi soxalarga yanada
qattiqroq talablarni qo’yadi, ya`ni: ergonomika (foydalanishning fizikaviy,
ko’rish va qulayligi), energiya, nurlanish (elektr va magnit maydoni),
atrof-muhit va ekologiya, xamda yong’in va elektr xavfsizligi.
Ekologik talablar o’z ichiga og’ir metallar, brominadlar, xlorinadlar,
freonlar, metallar tarkibidagi xlorlangan moddalarning mavjudligini
kiritadi. Xar qanday maxsulot qayta ishlanadigan tarzda tayyorlanib,
ishlab chiqaruchi unday foydalanish siyosatini kompaniya faoliyat
ko’rsatayotgan xar bir davlatda qo’llashi zarur. Xozirgi paytda
O’zbekistonda xali juda ko’p MPR II, TSO talablariga javob bermaydigan
eski hisoblash texnikasi ishlatilmoqda. Ularda ishlagandagi xavfni
kamaytirish borasida ushbu qo’llanmada xavfsizlik choralari va ishlash
qulayliklari ko’rib chiqildi.
Agar kompyuterlar sertifikatlanib, zamonaviy talablarga javob
beradigan bo’lsa,bunday choralarga extiyoj bo’lmaydi. Xulosa qilib, shuni
eslatib qo’yish darkorki, tayyorlanmagan foydalanuvchi qo’lida xatto ultra
529
zamonaviy kompyuter xam zararsiz o’yinchoq bo’lmaydi. Shuning uchun
ushbu "erkatoy qora qutidan" foydalanganda uncha qiyin bo’lmagan
qoidalarga rioya qilinsa, u bilan muloqotda sog’lig’ingizga zarar keltirmay
bir jaxon lazzat va foyda olishingiz mumkin. Mazza qilib ishlashingizni
tilab qolamiz!
530
ILOVALAR
1- ilova
Termin
Aniqlik
1. Piksel'
Eng kichik adreslanuvchi tasvirlash
elementi.Ko’pgina rangli displeylar
uchun eng kichik adreslanuvchi xar
qanday rangni tasvirlashga qodir
element
2.Displey
yorqinligi
Nurlanish yorqinligi bilan ekrandan
qaytgan yorqinligining yig’indisi
bo’lgan tasvir yorqinligi
3.Nurlanish
yorqinligi
Negativ
yoki
pozitiv
kontrastlilagidagi fonning yorqinligi
kontrastliligi belgining yorqinligi
4. Tasvirning
Pozitiv
kontrastligi
Yorug’ fondagi qora belgilarni
tasviri
5.
Tasvirning
negativ
kontrastligi
Yorug’ belgilarni qora fondagi
tasviri
6.Tasvirni
buzulishi
Belgilarni gorizontal yoki vertikal
surilishi
va
ekranning
ishchi
maydonning
to’rtburchaklik
shaklidan o’zgarishi
7. Yorqinlik
profili
Tasvirni razvertka chizig’i bo’ylab
yoki ko’ndalang tarqalishi
8. Fazoviy
Tasvir yorqinligini doimiy oldindan
o’ylanmagan o’zgarishi
9.
Vaqtinchalik
barqa-rorsizlik
(lipillash)
Tasvir bo’laklarini yoki belgini
ekrandagi joylashuvini vaqti-vaqti
bilan doimiy oldindan o’ylanmagan
o’zgarishi
10.Belgi konturini Vertikal
va
gorizontal
531
chizig’ining eni
yo’nalishlardagi kontur chizig’iga
perpendikulyar ravishda olingan 50
% yorqinlik profil chizig’ining eni
2
ilova
Do'stlaringiz bilan baham: