Kopyuterda
ishlayotganda
operatorning
suyak-musgkul
tizimiga ta`sirni kamaytirish chora-tadbirlari.
Statik og’irligi
sindromining (US OS) profilaktikasi uchun va uning oqibatlarini keskin
kamaytirish, xamda operatorni turg’un ish qobiliyatini ta`minlash
maqsadida birinchi navbatda uning antropometrik va asabiy-fiziologik
imkoniyatlariga mos keladigan ish joyini to’g’ri tashkil etish kerak.
AQSHdagi Mayami universitetini ergonomik izlanishlar Markazining
ma`lumotlariga qaraganda, yaxshi tashkil etilgan ish joyi birinchidan,
operatorning
yuqori
ish
qobiliyatini
saqlash
hisobiga
mexnat
unumdorligini 25 % oshiradi, ikkinchidan, insonning qo’lida va boshqa
tayanch-xarakat qismlarini og’rishi to’g’risidagi shikoyatlarini keskin
kamaytiradi. USOSga ketadigan kam bo’lmagan xarajatlarni qisqartirish
maqsadida amerikalik yirik kompaniyalar ish joyi uchun ergonomikaning
va biomexanikaning zamonaviy talablarini e`tiborga olgan maxsus
qimmatbaxo jixozlar sotib olishga majbur bulmoqdalar. Keyinchalik bu
xarajatlar, albatta qoplanadi. Ish joyining fazoviy parametrlari
operatorning antropometrik xarakteristikalaridan kelib chiqqan xolda
aniqanadi. O’tirib bajariladigan ishda asosiy og’irlik bosh va umurtqani
ushlab turuvchi muskullarga tushadi. Bunda badanning asosiy og’irligi
belga beriladi, tananing past qismida qon aylanishini qiyinlashadi.
Shuning uchun operator uzoq o’tirib ishlaganida xolatini o’zgartirib turishi
kerak. Mutaxassislarning fikricha, ko’pchilik odamlar uchun eng qulay ish
joyi bo’lib, uni eng kamida ikki xolatga moslashga imkon beradigan ish
joyi bo’lishi mumkin. Bunda kreslo, klaviatura va monitorning xolati xar
safar insonning odatlariga va bajarayotgan ishiga mos kelishi kerak.
O’tirganda kurak-belning tabiiy oldinga egiluvchanligi orqa
egiluvchanligiga o’zgaradi, bu esa tez-tez belda og’riq paydo bo’lishiga
502
sababchi bo’ladi, shuning uchun kresloni konstruktsiyalashda asosiy
e`tiborni bel qismiga tayanchni qilishga qaratiladi. Bunday tayanch
klaviatura bilan ishlaganda xarakatlar soni katta xajmga etadigan ko’krak
qismining xarakatini osonlashtirish imkonini beradi. Shunday qilib,
erganomik nuqtai-nazaridan, operator tanasining barcha tayanch-xarakat
funktsiyalarini bajaruvchi qismlarining optimal xolatini ta`minlash kerak.
Bu badanni to’g’ri tutish, umurtqa pog’onasining tabiiy egilishini va tos
suyagini egilish burchagini saqlash, qattiq bukilishlar, boshni keskin
burishlar, muskullarni chekka xolatda bo’lish zaruratini bartaraf etish
orqali erishiladi.
GOST 12.2.032-78 "SSBT." O’tirib ishlaydigan ish joylarini tashkil
etish. Umumiy ergonomik talablar" ga rioya qilgan xolda ishlab chiqilgan
Sanitar qoidalarda ish paytida foydalanuvchining yanada ratsional va
fiziologik xolatini belgilovchi ish joyi elemetlarining gabaritlari, ularni
hona yuzasida o’zaro joylashishi, operatorni kompyuterning asosiy ish
elementlarigacha masofasi (ko’rish organi-displey ekrani, qo’llar-
klaviatura, va x.k.) va boshqa parametrlar reglamentatsiya qilinadi.
Quyida ergonomik printsiplar asosida ishlab chiqilgan operatorni ish
joyining
asosiy
elementlarini
Sanitar
qoidalardagi
konstruktiv
parametrlariga talablar keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |