Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


XVII.7. Sanoat korxonalarini loyihalash va qurishda yong'inga



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/594
Sana18.01.2022
Hajmi4,05 Mb.
#384971
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   594
Bog'liq
ХФХ O.R.YULDASHEV

XVII.7. Sanoat korxonalarini loyihalash va qurishda yong'inga 

qarshi kurash tadbirlari 

 

Agar 



sanoat 

korxonalarini 

loyihalash 

va 


qurishda, 

unda 


bajariladigan  ishlarning  mohiyatidan  kelib  chiqadigan  talablardan,  unga 

texnik mustahkamlik, sanitariya-gigienia va iqtisodiy talablardan tashqari, 

unga yong'in xavfi va yong'inga qarshi tura olish talablari ham qo'yiladi. 

KMK 2.01.02-92 ga asosan hamma qurilish konstruksiyalari yonishi 

bo'yicha uch gruppaga bo'linadi.  

Yonmaydigan  konstruksiyalar—bularga  katta  harorat  ta'sirida  yoki 

alanga  ta'sirida  yonib,  kulga  yoki  ko'mirga  aylanmaydigan  qurilish 

konstruksiyalari  kiradi  (masalan,  metall  konstruksiyalar  va  mineral 

materiallar). 

Qiyin  yonadigan  konstruksiyalar—bunga  katta  harorat  yoki  ku-chli 

alanga doimiy ta'sir etganda tutab yonadigan, alanga ta'siri yo'qolishi bilan 

uchadigan  sanoat  konstruksiyalari  kiradi  (o'tga  qarshi  vositalar  bilan 

ishlov  berilgan  yog'och  konstalksiyalar  va  sanoat  chiqindilardan 

tayyorlangan—yarim 

organik 

va 


yarim 

mineral 


mod-dalardan 

tayyorlangan konstruksiyalar). 

Yonadigan  konstruksiyalar—bularga  alanga  yoki  katta  harorat 

yondiruvchi  vosita  bo'lib,  keyin  alanga  olib  ketilgandan  keyin  ham 

yonishda  davom  etadigan  sanoat  konstruksiyalari  kiradi  (yog'och 

materiallar, qurilishda ishlatiladigan turli-tuman plastmassa materi-allari). 

Bino 

qurilishida 



ishlatiladigan 

qurilish 

konstruksiyalarining 

yong'inga  chidamliligini  yoki  yonishi  ularning  qanday  materialdan 

tayyorlanganligiga  to'g'ridan-to'g'ri  bog'liq  bo'ladi.  Ammo  ba'zi  bir 

hollardan konstruksiyalarning o'tga chidamligiga uning tarkibiga kiradigan 

materiallarning  o'tga  chidamligiga  nisbatan  ko'proq  bo'lishi  mumkin 

(Masalan,  issiq  saqlovchi  izolatsiya  vositalarini  metall  tunuka  bilan 

qoplab, uning o'tga chidamligini oshirish mumkin). 

 

Yong'in sharoitida qurilish konstmksiyalariga katta harorat ta'siridan 



tashqari  boshqa  kuchlar  ham  ta'sir  ko'rsatadi.  Masalan,  konstruksiyaning 

o'z  og'irligi,  u  ko'tarib  turgan  umumiy  og'irlikdan  tashqari  yana 

qo'shimcha  statik  va  dinamik  kuchlar  ta'sir  ko'rsatishi  mumkin,  bu 

sochilayotgan  suvning,  yig'ilayotgan  va  bosim  tushayot-gan  bino 

qismlarining  og'irligi  va  hokazo.  Shuning  uchun  ham  bun-day  kuchlar 

ta'sirida  konstruksiyalar  egilishi,  bukilishi  va  mustah-kamligini  yo'qotib, 

ko'tarish qobiliyatiga putur etishi mumkin. 

Bundan  tashqari  yong'in  vaqtida  qurilish  konstruksiyalari  xavfli 




 

 

353 



darajadagi  katta  haroratda  qizishi,  erib  yoki  kuyib  ketishi,  shuningdek, 

yoriqlar  hosil  bo'lishi  mumkin,  bu  yoriqlar  orqali  yong'inning  qo'shni 

xonalarga  tarqalish  xavfi  kuchayib  ketadi.  Shuning  uchun  ham  sanoat 

konstruksiyalarining  ma'lum  muddat  o'tgach  chidash  berish  holatlari 

belgilanadi  va  bu  ishlatish  imkoniyati  sifatida  o'tga  chidamlilik  deb 

yuritiladi. 

Material  va  konstruksiyalarning  o'tga  chidamliligi  o'tga  chidamlilik 

chegarasi bilan belgilanadi. O'tga chidamlilik chegarasi asosan tajriba yo'li 

bilan  aniqlanadi.  Tajriba  usulini  qo'llanganda  asosan  maxsus  stendlardan 

foydalaniladi.  Sinalayotgan  konstruksiya  sinash  qurilmasiga  o'rnatilib  uni 

ma'lum  vaqtgacha,  yong'in  vaqtida  hosil  bo'lishi  mumkin  bo'lgan 

haroratda  qizdiriladi.  Qizdirish  davomida  qurilish  konstruksiyasida  ba'zi 

bir o'zgarishlar ro'y berishi mumkin: 

1)  konstruksiyada  yoriq  va  teshiklar  hosil  bo'lishi  mumkin.  Bu 

teshik  va  yoriqlar  orqali  yong'in  mahsulotlari  muhofazalanayotgan 

tomonga o'tib ketishi xavfi tug'iladi;  

2) 

qizdirilayotgan 



konstruksiya 

yuzasining 

qarama-qarshi 

tomonidagi yuzaning deyarli hammasi IbO °C gacha qizisa yoki qizdirish 

boshlangan  haroratga  nisbatan  ba'zi  bir  nuqtalarda  190  °C  harorat  hosil 

bo'lsa 


va 

qizdirish 

boshlangandagi 

haroratdan 

qat'i 

nazar 220 °C harorat hosil bo'lsa; 



 

3)  konstruksiya  o'z  ko'tarish  qobiliyatini  yo'qotib  buzilib  tushsa, 

unda  bu  konstruksiya  o'z  o'tga  chidamlilik  darajasiga  yetdi  deb 

hisoblanadi. 

O'tga  chidamlilik  chegarasi  soatlarda  belgilanadi.  Mana  shu  o'tga 

chidamlilik  chegara  soatlarning  kattaligiga  qarab  sanoat  quri-lishi 

konstruksiyalarining  o'tga  chidamlilik  darajasi  belgilanadi.  Bu  darajalar 

rim  raqamlarida  I,  II,  III,  IV,  V  deb  belgilanadi.  I  darajadagi  o'tga 

chidamlilikka  ega  bo'lgan  binolarning  asosiy  devorlari  zinapoya 

maydonlari  va  kolonnalarining  o'tga  chidamlilik  chegarasi  2,5  soatdan 

kam  bo'lmasligi,  tashqi  devor  va  oraliq  devorlar  0,5  soatdan  kam 

bo'lmasligi kerak. II darajadagi binolar esa yuqoridagi ko'rsatkichlar 2,1 va 

0,25 soatlarni tashkil qilishi kerak. 

V  darajadagi  binolar  uchun  esa  o'tga  chidamlilikning  minimal 

miqdori belgilanmaydi. 

 

Qurilish  konstruksiyalarining  o'tga  chidamlilik    darajasini  oshirish 



imkoniyatlari 

mavjud. 


Maslan, 

metall 


konstruksiyalarning 

o'tga 


chidamlilik  darajasi  nihoyatda  past  bo'lib,  taxminin  15—20  minut  ichida 

o'z  ko'tarish  qobiliyatini  yo'qotib,  egilib  bukilib  ketadi.  Agar  bu 




 

 

354 



konstruksiyani  o'tga  chidamli  bo'yoqlar  bilan  moylasak  uning  o'tga 

chidamliligi  birmuncha  ortishi,  alebastr  yoki  sement  aralashmalari  bilan 

suvasak  uning  o'tga  chidamliligini  1  soatga  yetkazishimiz  mumkin.  Agar 

metalldan  qilingan  kolonnalarni  gips  plitalar  bilan  qoplasak,  plitalar 

qalinligini  6  sm  dan  kam  bo'lmasa,  unda  bu  kolonnalarning  o'tga 

chidamlilik chegarasi 3 soatga yetadi. 

Yog'ch  konstruksiyalarning  o'tga  chidamligini  oshirish  muhim 

ahamiyatga  ega,  chunki  yog'och  konstruksiyalarni  270—280  °C  gacha 

qizdirganda  ular  yonib  ketadi.  Agar  yog'ochdan  qilingan  konstruksiyalar 

yaxshilab  suvalsa,  ularning  o'tga  chidamliligi  ortadi.  Suvoq  qilish  uchun 

asbosement  va  gips  aralashmalaridan  foydala-nish  mumkin.  Suvoqning 

qalinligi  20  mm  bo'lganda  yogoch  kons-truksiyasining  o'tga  chidamliligi 

20—25 minutga yetishi mumkin. 

Yog'och konstmksiyalarning o'tga chidamliligini oshirishda antipirin 

deb ataluvchi moddani yog'och konstmksiya ustiga sepish yoki shimdirish 

yaxshi natija beradi. Antipirin kimyoviy birikma bo'lib, yog'och tarkibiga 

singib  borishi  natijasida  uning  yonishini  qiyinlashtiradi.  Agar  yog'och 

materialiga  antipirin  75  kg/m  miqdorida  shimdirilsa,  yaxshi  natijaga 

erishiladi.  Bunday  shimdirish,  chuqur  shimdirish  deb  ataladi  va  maxsus 

moslamalarda amalga oshiriladi. 

Bundan  tashqari  antipiilnni  yuzani  ishlov  berish  yo'li  bilan  ham 

shimdirish  mumkin.  Bunda  antipirin  tejaladi,  chunki  1  m  yuzaga  100  g 

antipirin tuzi sarflanadi. Bunday ishlov berishlar yog'och konstruksi-yasini 

butunlay  yonmaydigan  qilolmasa  ham  yonishini  birmuncha  qiy-

inlashtirish hisobiga o'tga chidamliligini oshiradi. Bundan tashqari yog'och 

konstruksiyalariga  yong'inga  qarshi  bo'yoqlar  bilan  ishlov  berish  ham 

birmuncha ijobiy natijalar beradi. 


Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   594




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish