F toifa
—yong'inga xavfsiz toifa. Bunga yonmaydigan jismlar va
materiallarga sovuq ishlov beradigan sanoat korxonalari kiradi.
Mashinasozlik sanoat korxonalari, qurilish sanoat korxonalari shular
sirasiga kiradi.
Omborlar va ba'zi tashqariga o'rnatilgan hajmli idishlarni yong'inga
hamda portlashga xavflik toifalari ularda saqlanayotgan moddalar turiga
qarab u yoki bu toifaga kiritish mumkin. Odatda, omborlar-ning yong'inga
va portlashga xavfligi uni loyihalash va ishga qabul qilish vaqtida har bir
vazirlik tasdiqlagan ro'yxat bo'yicha aniqlanadi.
Bundan tashqari ba'zi bir sanoat korxonalarini ularda ishlatilayotgan
gaz, yengil alangalanuvchi suyuqlik va changlar tarkibiga qarab ham
yong'inga xavflilik toifasini aniqlash mumkin.
Shuningdek, yonuvchi gaz va suyuqliklar bilan bog'liq bo'lgan
sanoat korxonalarining yong'inga xavflilik toifalarini belgilaganda xuddi
shu moddalar sanoat korxonasi xonasi hajmining 5 foizdan ortiq qismida
portlashga xavfli aralashma hosil qila oladimi-yo'qmi ekanligini aniqlash
kerak.
Portlashga xavfli aralashma miqdorini hisoblashda quyidagi
mulohazalarga e'tibor beriladi:
1) apparatlarning biridan avariya natijasida bino xonasiga xavfli
moddaning katta miqdori to'kilishi mumkin;
2) apparatdagi hamma modda tashqariga chiqariladi, bir qismi esa
avariya tizimi orqali boshqa idishga o'tkazib yuboriladi;
3) ta'minlovchi trubalardan birida modda to'kilishi xavfi yuzaga
keldi va bu oqimni to'xtatib qo'yish davrida ma'lum miqdorda to'kilishi
mumkin, avtomatik ravishda to'xtatganda 2 min, qo'lda to'xtatganda 15
min;
4) to'kilgan suyuqlik yuzasida bug'lanish hosil bo'lishi mumkin.
Bunday hollarda to'kilgan suyuqlik yuzasini hisoblaganda, agar
ma'lumotnomalarda shunga tegishli ma'lumot yo'q bo’lsa, 1 m
2
yuzaga 1 1
suyuqlik yoyiladi deb hisoblanadi;
5) normal sharoitda idishlarning ochiq yuzalaridan va yangi
bo'yalgan yuzalardan bug'lanishni e'tiborga olish lozim;
6) suyuqliklar va suyultirilgan gazlarning bug'lanish davrlari, shu
suyuqlik va gaz to'la bug'lanishgacha o'tgan vaqt hisoblanadi, ammo bu
vaqt 1 soatdan oshmasligi kerak;
7) muhitda portlashga xavfli aralashma hosil bo'lishi aralashma
alangalanishining quyi chegarasiga qarab belgilanadi. Bu zapas
350
koeffitsiyenti 1,5 deb qabul qilinadi;
8) hamma hollarda sanoat korxonasi xonasining bo'sh hajmi, ya'ni
mashina va mexanizmlar o'rnatilmagan hajmi hisobga olinadi yoki
xonaning umumiy geometrik hajmining 80 foizi deb qabul qilinadi.
Mashina va mexanizmlardan to'kilib, bug'lanish natijasida
portlashga xavf tug'diradigan miqdor hosil qiladigan gaz aralashmasining
alangalanishning quyi chegarasidagi hajmi quyidagi formula ordamida
aniqlanadi:
V
sm
=1.5G/C
qch
bunda,
Cqch—modda
alangalanishning
quyi
konsentratsiya
chegarasi, g/m
3
; G—binoga tarqalib ketgan modda miqdori, g.
G=G
a
+G
t
bunda, Ga—apparatdan to'kilgan modda miqdori, g; G
t
—trubopro-
voddan to'kilgan modda miqdori, g;
Agar xona avariya shamollatish tizimiga ega bo'lsa va sistema puxta
ishlovchi avtomat yurgizish tizimiga ega bo'lsa, unda xonaning bo'sh
hajmini nt+1 marta ko'paytirib qabul qilinadi
Bunda, n — avariya shamollatishi ta'minlayotgan havo almashish
darajasi; t — avariya rejimining ishlash davri, soat.
Sanoat korxonalarining gaz va suyuqlik bug'lar bo'yicha portlashga
xavflilik toifalarini quyidagi tartibda aniqlanadi.
1.Apparatdan
to'kilib
bug'lanish
natijasida,
1,5
xavfsizlik
koeffitsiyentini hisobga olgan holda alangalanishning quyi zichlik
chegarasida portlash uchun xavfli hajmi aniqlanadi.
2.Sanoat
korxonasi
xonasining
mashina-mexanizmlar
bilan
to'ldirilmagan bo'sh hajmi aniqlanadi.
3.Avariya shamollatish rejimi aniqlanadi.
4.Hisoblab topilgan portlovchi aralashma hajmini xonaning bo'sh
hajmiga nisbatan to'ldirilish foizi aniqlanadi.
5.Agar hisoblab topilgan gaz havo aralashmasi xona hajmining 5
foizidan ko'p miqdorini egallasa, bunda bu sanoat korxonasi portlashga va
yong'inga xavfli toifaga kiradi.
6. Sanoat korxonasi xonasining 5 foizdan ortiq hajmini to'ldiradigan
portlashga xavfli parning havo bilan aralasiimasini ta'minlaydigan
suyuqlikning bug'lanish davrini aniqlaymiz;
351
5%* 24VxCqch (k P
m F),
bunda, 24—bug'larning portlashga xavfli xona hajmining 5 foizni
ta'minlash darajasini ko'rsatuvchi yig'indi koeflitsiyenti; Vx— xonaning
jihozlardan bo'sh bo'lgan hajmi, m
3
; Cqch—moddaning alangalanish quyi
konsentratsiya chegarasi; g/m
3
; k—suyuqlik yuzasidagi bug'lanishning
borishiga ta'sir ko'rsatadigan harorat va havo harakatiga bog'liq bo'lgan
koeffitsiyent. P—to'yingan bug'lar bosimi (suyuqlik yuzasidagi issiqlik
bilan havo muhitining haroratidan o'rta arifmetik miqdor chiqarib
tashlanadi), Pa; m—moddaning molekular og'irligi; F— suyuqlikning
bug'lanish yuzasi m
2
;
Agar portlashga xavfli havoning par bilan aralashmasining xona
hajmiga nisbatan 5 foiz miqdori, shamollatishning ishlashini hisobga
olmasdan hisoblansa yoki shamollatish butunlay ishlamasa, unda suyuqlik
yuzasining havo harakati yo'q hisoblanib, K=l qabul qilinadi.
Avariya shamollatishi ishlagan holda, u ta'minlagan havo harakati
tezligi hisobga olinadi va k miqdori ma'lumotnomadan olinadi.
Agar xonada bir necha moddalardan tashkil topgan suyuqlik
bug'lanishi mumkin bo'lsa, unda yuqoridagi hisoblar eng tez bug'lanuvchi
modda asosida amalga oshiriladi. Bir necha suyuqliklardan tashkil topgan
aralashmaning parlanish davrini aniqlaganda aralashma tarkibiga kirgan
moddalaming miqdoriy bosimi qo'yiladi, aralashmaning alangalanish quyi
chegarasi Sm (g/m
3
), Le-Shatele formulas! asosida aniqlanadi.
C
m
= 100/(q
1
/C
1
+ q
2
/C
2
+ ... + q
i
/C
i
),
bunda, q
1
, q
2
qi-aralashma moddalari har birining miqdori, hajmiga
nisbatan foiz hisobida. C
1
, ... Ci—aralashmadagi har bir moddaning
alangalanish chegaralari, g/m
3
.
Agar xonadagi portlashga xavfli aralashmaga xona hajmining 5
foizini bir soatdan kam bo'lgan vaqtda to'ldirgan bo'lsa, bunday sanoat
korxonasi yong'inga va portlashga xavfli toifaga kiradi.
Agar aralashma miqdori portlashga va yong'inga xavfli bo'lgan
xonaning 5 foizdan oitiq hajmini qoplashga yetarli bo'lgan miqdorga
yetmasa yoki bu miqdorga yetish vaqti 1 soatdan ortiq vaqtga to'g'ri kelsa,
unda bu sanoat korxonasining toifasini aniqlaganda moddaning xossasiga
asosan, uning xonani qoplashini hisobga olgan holda, portlash xavfi yo'q
hisoblanadi.
352
Do'stlaringiz bilan baham: |