ishlab chiqarish bloklari ishlab turibdi. Bular ishlab chiqaradigan elektr
MHD da ishlatiladi va uning umumiy quwati 30 MVt ni tashkil qiladi.
333
Angliya,
Uindskeyl
vaqtida grafit
yonib ketgan
va tvellar
zararlangan
Norvegiya hududi va
Vena shaharigacha
1945-
1989-
yillar
1820 yadro
bombasi
portlatilgan,
shundan 483
tasi
atmosferada
40,0
miqdorda
Cs
137
va
Sr
90
Atmosfera qattiq
zararlangan va bulut
yo’li bo’ylab zarar
yetkazilgan
1979-yil,
AQSH
Issiqlik
o’kazgichning
saqlovchi
membranasini
ng uzilib
ketishi
0,043
22,7 ming tonna
zararlangan suv chiqib
ketgan, 10%
radioaktiv modda
atmosferaga chiqib
ketgan
1986-yil,
sobiq
SSSR,
Chernobl
To’rtinchi
blokda
portlash va
yong’in
50
Oldingi avariyalar
bilan umuman
solishtirib bo’lmaydi
Energetikada atom energiyasidan foydalanish boshlangan 1954-
yildan beri dunyodagi hamma elektr stansiyalarida 300 dan ortiqroq
avariya qayd etilgan. Bu albatta SSSR dan tashqari, chunki SSSR da
ChAES dan boshqa atom elektr stansiyalarida bo'lgan avaryalar e'lon
qilinmagan. 30-jadvalda avariya natijasida chiqarib yuborilgan aholiga
zarar yetkazishi mumkin bo'lgan ba'zi bir radioaktiv moddalar miqdori
keltirilgan.
Radiatsiya xavfi atom elektr stansiyalari xavfidan tashqarida ham
mavjud, masalan, radioaktiv moddalar, ya'ni uranni qazib olish uni
rudasini boyitish, ishlatish uchun jo'natish va saqlashda ham radiatsiya
xavfi mavjud bo'ladi. Bundan tashqari dunyo miqyosida radioaktiv
chiqindilarni yo'qotish va uni ko'mish masalalari ham hozircha
muammoligicha
qolmoqda.
Shuningdek,
sanoat
va
fan-texnika
sohalarining izotoplar bilan ishlaydigan sohalar ham, jumladan, izotop
diagnostika ishlari, kasallarni rentgen nurlari yordamida aniqlash,
rnahsulotlar sifatini rentgen yordamida baholash va boshqalar.
Radioaktiv avariyalar masshtabi bo'yicha uchta tipga bo'linadi:
— chegaralangan avariya-radiatsiya oqibati va shu avariya sodir
334
bo'lgan bino bilan chegaralanadi;
— mahalliy avariya-radiatsiya ta'siri bino va bu bino joylashgan
sanoat korxonasi hududi bilan chegaralanadi;
— umumiy avariya-radiatsiya ta'siri korxona hududidan
tashqarilarga ham ta'sir ko'rsatadi.
Radiatsiya avariyalarining asosiy zararlovchi omillari:
— tashqi nurlanish ta'siri (gamma va rentgen nurlari; beta va gamma
nurlari; gamma-neytron nurlari va boshqalar);
— ichki nurlanish odam organizmiga tushib qolgan radionuklidlar
(alfa va beta nurlanishlar);
— radiatsiya va radiatsiya bo'lmagan omillarning qo'shma ta'siri
(mexanik shikastlanish, issiqlik ta'siri, kimyoviy kuyish, intoksikatsiya va
boshqalar).
Avariya yuz bergandan keyin radioaktiv zararlangan zonada odam
uchun eng zararli omil tashqi nurlanish hisoblanadi.
Radionuklidlarning ichki organizmlarga o'tishi, o’z vaqtida va
qoidaga muvofiq nafas olish organlarini muhofazasi ta'minlangan holatda
deyarli bo'lmaydi. Ichki nurlanish radionuklidlarning oziq ovqatlar va suv
bilan birga kirgandan keyingina rivojlanadi. Avariya bo'lgandan keyingi
birinchi kunlarda yodning radioaktiv izotoplari xavfli hisoblanadi, qaysiki
odamning muhofazalash bezlarida yig'ila boshlaydi, birinchi navbatda sut
bezlarida yig'iladiki, bu ayniqsa, bolalar uchun katta xavf tug'diradi.
Avariyadan ikki-uch oy o'tgandan keyin ichki nurlanishning asosiy
agenti
- bu radioaktiv seziy hisoblanadi, qaysiki, albatta, oziq-ovqat bilan
birga organizmga kirib qoladi. Shuningdek, inson organizmiga, agar atrof-
muhit zararlanishini uncha katta bo'lmagan masshtabda bo'lsa, boshqa
radioaktiv moddalarning (masalan, stronsiy, plutoniy) tushib qolishi ham
mumkin.
Radioaktiv moddalarning inson organizmida yig'ilish taqsimoti
quyidagicha tavsiflanadi:
— kalsiy, stronsiy, radiy va plutoniy skletlarda to'planadi;
— seriy, lantan, plutoniy va boshqalar jigarda yig'iladi;
— tretiy, uglerod, inert gazlar, seziy va boshqalar butun tana
bo'ylab tekis taqsimlanadi;
— radioaktiv yod asosan muhofaza bezlarini tanlaydi (30%
atrofida), bunda uning aktivligi boshqa organlar aktivligidan 100— 200
marta katta bo'ladi.
Ionlovchi nurlanishlarni chegaralashda uning asosiy parametrlari
ekspozitsiya, yutilgan va ekvivalent miqdorlardan foydalaniladi.