baraban atrofi to'siq bilan to'silgan bo'lsin. Agar blokirovka qurilmasi
o'rnatilmagan bo'lsa, bunday to'siq vositalarini olib tashlab xavfli zonaga
kirib ish bajarish natijasida odam xavfli zonada jarohat olishi muqarrar
knopka qo'yish kifoya. Agar biz biror ish bilan bu to'siqni olib ichkariga
kirsak, baraban to'xtagan bo'ladi. To biz bu to'siqni yopib qo'ygunimizga
249
ishlaydigan, elektr toki ta'sirida harakatga keladigan, fotoelektr tizimi,
radiatsiyali, gidravlikaga va pnevmatikaga asoslangan va bulardan
ikkitasining qocshilmasidan tashkil topgan turlari bor.
Mexanik blokirovka bu mashinani ishga tushirish qurilmasi bilan
uning muhofaza qopqog'i orasidagi uzviy bog'lanishga asoslangan bo'ladi,
Elektr toki ta'sirida harakatga keladigan blokirovkalarni har qanday elektr
sistemalarida va mashinasozlik texnologik jarayonlarida qo'llash
imkoniyatlari mavjud. Masalan, har qanday to'siq qopqog'ini oxirgi
o'chirish tizimi bilan birlashtirilgan holati, agar qopqoq ochilganda yoki
olib qo'yilganda oxirgi o'chirish tizimi tomonidan elektr motoriga
kelayotgan tokni o'chirib qo'yishga asoslangan. Agar qopqoq butunlay
yopilmasa yoki noto'g'ri yopilsa, unda elektr motoriga tok o'tishi
ta'minlanmaydi va faqat to'g'rilab yopilgandagina tok o'tishi ta'minlanadi.
Fotoelektr xususiyatiga ko'ra ishlaydigan blokirovka tizimining
ishlashi asosida yorug'lik nurining elektr yurituvchi kuch hosil qilishiga
asoslangan. Masalan, ma'lum maydonda press qurilmasi ishlatilayapti deb
faraz qilaylik. Albatta, press bosqoni ishlaydigan joy bu mashinaning eng
xavfli joyi hisoblanadi. Aytaylik press bosqoni o'rnatilgan tayanchlardan
biriga ma'lum bir quwat bilan nur oqimi hosil qiluvchi manba o'rnatilgan
bo'lsin. Press bosqoni tayanchining ikkinchisiga xuddi shu nurni qabul
qilib olish uchun fotoelement ma'lum miqdorda elektr yurituvchi kuchi
hosil qiladi.
Bu elektr yurituvchi kuch ma'lum kuchaytirgichlar orqali press
bosqonini to'xtatish qurilmasiga ulab qo'yilgan bo'lsa, unda o'sha
tayanchlar orasiga tushib qolgan odam yoki uning ma'lum bir qismi nur
oqimini to'sib soya hosil qilsa, unda fotoelementda hosil bo'layotgan elektr
yurituvchi kuch hosil bo'lmay qoladi va buning natijasida bosqon to'xtatish
vositasi ishga tushadi va uni juda tez muddatda to'xtatib qo'yadi. Xuddi
shunday fotoelektr tizimida ishlaydigan muhofaza qurilmasining chizmasi
71-rasmda keltirilgan.
Xavfli zona nur tarqatuvchi manba (1) bilan yoritilayapti va bu nur
fotoelement (3) ga tushib turibdi. Hosil bo'layotgan elektr yurituvchi kuch
rele (7) orqali elektr tarmog'iga ulangan. Elektr tarmog'iga doimiy tok
manbasi (8) orqali ulash qurilmasi (10) va elektromagnit ulab qo'yilgan.
Elektromagnit hosil qiluvchi g'altakning bir tomoni elektr tarmog'iga
doimiy ulangan, ikkinchi tomoni elektr tormog'iga rele orqali ulanadi.
Mabodo odamning qo'li xavfli zona (2) ga tushib qolsa va fotoelementga
soya solsa, unda rele orqali elektr yurituvchi kuch o'tishi to'xtaydi va bu
magnit g'altagining ikkinchi tomonini elektr tarmog'iga ulanishiga olib
250
keladi va (9) g'altakdan tok o'tib magnit maydoni hosil qiladi va bu
maydon (4) prujina kuchini yengib (11) temir tayoqchani tortib oladi va
uni (5) muftani ulanishiga xalaqit beradigan dastak (6) ning ostiga tirab,
(12) dasta yordamida pressni harakatga keltirish imkoniyatini yo'qqa
chiqaradi.
71-rasm. Fotoelektr tizimida ishlaydigan muhofazalovchi qurilma.
Izotoplardan foydalanib muhofaza qilish qurilmalari ham mavjud.
Bunday vositalar yordamida stanoklarning qirqadigan qismlarini, qayishli
va zanjirli uzatmalarni, tishli g'ildiraklami qopqoqlarini jihozlash mumkin.
Qopqoqlar olinishi bilan bunday uzatmalarda harakat to'xtaydi va
qopqoqni joyiga qo'ymaguncha uni harakatga keltirish imkoniyati yo'q.
Do'stlaringiz bilan baham: