XIII.4. Saqlovchi muhofaza vositalar
Saqlovchi muhofaza qurilmalari, asosan, mashina va
mexanizmlarda zo'riqish vujudga kelganda yoki ishlayotgan ishchi hayoti
va sog'lig'iga putur yetkazadigan vaziyat vujudga kelganda mashina va
mexanizmlar harakatini to'xtatib qo'yishga xizmat qiladigan
qurilmadir. Zo'riqish hodisasi ishlayotgan stanokkal lozim
bo'lganidan ko'proq kuch bilan ta'sir qilinganda vujudga keladi, masalan,
qirqish stanogiga o'rnatilgan jismning yo'nish qirqimi mumkin bo'lgan
darajadan ancha katta bo'lsa, bu qirqimni ko'chirish uchun stanokning
kuchi yetmasligi mumkin, buning natijasida stanokni harakatlantiruvchi
elektr motori kuyib ketishi mumkin yoki qirquvchi vosita sinib ketishi
ham ehtimoldan holi emas, bunday hollarda stanokka o'rnatilgan saqlovchi
qurilma elektr motoriga kelayotgan elektr tokini uzib qo'yadi. Buning
bilan stanokka yetkaziladigan zararni oldi olinadi.
Xuddi shunday vazifani bajaruvchi vosita sifatida bosim ostida
ishlaydigan idishlarda o'rnatilgan saqlovchi klapanlarni misol sifatida
ko'rsatish mumkin. Ko'pgina sanoat korxonalarida har xil zararli moddalar
ajralib chiqishi natijasida kasb kasalliklariga olib keladigan omillarning
ko'pligini aytib o'tgan edik. Bunday omillarning havo muhitida ko'payib
ketishidan saqlovchi qurilmalar ham mavjud. Bunday qurilmalar havo
tarkibidagi zararli nioddaning eng zararlisi yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan
darajadan oshib ketmasligini nazorat qilib turadi. Bunday qurilmaga
o'rnatilgan gaz aniqlagich avtomatik ravishda gaz miqdorini aniqlab, uning
miqdori chegara belgidan oshib ketsa, xonaga o'rnatilgan shamollatish
qurilmasini ishga tushiradi va buning natijasida xonadagi zaharli modda
miqdori mo'tadillashtiriladi. Bunday qurilmadan sexlardagi havo tarkibida
portlashga va yong'inga xavfli bo'lgan moddalar miqdori ortib ketgan
vaqtda ham qo'llaniladi. Bunday qurilmaning asosini sezgir asbob tashkil
qiladi. Asbobning ishlashi unga joylashtirilgan modda ma'lum gaz
zichligining oshib ketishiga qarab qisqarishi yoki kengayishi mumkin yoki
rangini o'zgartiradi, bu esa tezda ma'lum signal vositasiga aylanadi. Buni
246
signalni kuchaytiruvchi qurilma qabul qilib oladi va uni kuchaytirib,
o'lchash asboblariga o'tkaziladi. O'lchash asboblarida ma'lum chegaradan
ortib ketganda xabar beruvchi yoki avtomatik ravishda shamollatish
tizimini ishga tushirishga moslangan qurilma o'rnatilgan bo'ladi.
Bundan tashqari saqlovchi qurilmalarning yomg'likka va issiqlikka
asoslangan turlari ham bor. Ma'lumki, sanoat korxo-nalarida havo
muhitidagi zararli moddalar miqdorini aniqlashda indikator (ma'lum
moddalarning boshqa moddalar ta'sirida o'z rangini o'zgartirishi) usulidan
foydalaniladi. Masalan, rangsiz suyuqlik yorug'lik nurini yaxshi o'tkazadi.
Agar biz rangsiz suyuqlik solingan shisha idish orqali fotoplastinkaga
yorug'lik tushirib, unda ma'lum miqdorda elektr yurituvchi kuch hosil
qilishimiz mumkin. Agar bu rangsiz suyuqlik indikator vazifasini bajarsa
va bu suyuqlik orqali koncona xonasidagi havo sinamasi o'tkazib turilsa,
unda havo tarkibi toza bo'lganda suyuqlikda hech qanday o'zgarish
bo'lmaydi. Agar havo tarkibida zararli moddalar zichligi oshaversa,
shishadagi suyuqlik rangi o'zgara boshlaydi va bu bilan u orqali o'tayotgan
yorug'lik xiralashadi, fotoplastinkada esa hosil bo'layotgan elektr
yurituvchi kuch kamaya boshlaydi va nihoyat xavfli vaziyat vujudga
kelishi bilan suyuqlik rangi butunlay o'zgaradi, elektr yurituvchi kuch juda
kuchsizlanib, avtomatik ravishda shamollatish qurilmasini ishga tushirib
yuboradi.
Bunday usullarni moddalar tarkibining o'zgarishi ularning issiqlik
o'tkazishiga ta'siri, shuningdek, ionlar ta'sirida hosil bo'ladigan toklarning
o'zgarishi usulida bajarilgan saqlovchi qurilmalarning turlari mavjud.
Gaz bilan payvandlash ishlarini amalga oshirishda foydalaniladigan
atsetilen hosil qilish generatorlarida portlash xavfini oldini olishda
ishlatiladigan alangani shlanglar orqali generatorga qaytishini bartaraf
qiluvchi suvli zatvorlardan va qaytish klapanlaridan foydalaniladi (39-
rasm).
Kompressor qurilmalari resiverlarida qisilgan havo miqdori ruxsat
etilgan chegaradan ortib ketsa va bu portlash xavfini tug'dirsa, unda havo
qisilishi natijasida hosil bo'ladigan issiqlik ta'sirida ishlaydigan issiqlik
relelaridan foydalanib, ortiqcha havoni chiqarib yuborishga erishiladi.
Mashinasozlik sanoati korxonalarida ishlatiladigan ko'pchilik stanoklarda
detallarni mahkam ushlab turish uchun qisilgan havodan keng
foydalaniladi. Bunday quril-malarni mabodo biron bir ko'zda tutilgan
vaziyat taqozosi bilan (masalan, havo bilan ta'minlovchi shlanglarning
yorilib ketishi va boshqalar) mahkam ushlab turilgan detalni qo'yib
yubormaslik chora-tadbirlarini ko'rish muhim hisoblanadi. Bunday
247
hollarda qaytish klapanlari bilan ta'minlangan vositalar o'rnatiladi.
Elektromagnit yordamida detallarni mustahkamlash ishlarini bajarganda,
shuningdek, elektromagnit kranlari yordamida materiallarni bir yerdan
ikkinchi yerga ko'chirishda, bunday elektromagnit plitalarini qo'shimcha
elektr manbalari bilan ta'minlash, asosiy elektr rnanbayi uzilib qolganda
yuz berishi mumkin bo'lgan baxtsizliklarning oldini oladi.
70-rasm. Qaytish klapanlari.
Aylanuvchi qisrnlarga ega bo'lgan stanoklarni ishlatishda ularning
xavfsizligini ta'minlovchi vosita sifatida to'xtatish vositalari muhim o'rin
tutadi. Stanok shpindelini o'z vaqtida to'xtatib qolish birinchidan,
xavfsizlikni ta'minlasa, ikkinchidan, uni to'xtashini kutish qimmatli vaqtnj
yo'qotishga olib keladi. Bajaradigan vazifasiga ko'ra, to'xtatish vositalari
— to'xtatuvchi, sekinlashtiruvchi va tezlikni muvofiqlashtiruvchi turlarga
bo'linadi. Tuzilish jihatidan — lentali, kolodkali, diskali va markazdan
qochma kuchga asoslangan bo'ladi. Bular bajariladigan vazifalari va
tuzilishi jihatJaridan kelib chiqib, yuk ko'tarish kranlarida, stanoklarning
harakatlanish zonalarini chegaralashda, ba'zi bir ko'tarilgan yuklarni
ma'lum balandlikda ushlab turishda, shuningdek, ba'zi bir tushib ketishi
odam hayoti uchun xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan lift kabinalarini
tushirib yubormasdan ushlab qolishda foydalaniladi. Bundan tashqari
to'xtatish vositalaridan yuqoriga ko'tarilgan yuklarning barabanlarining
teskari aylanib ketishi. natijasida tushirib yubormaslikni ta'minlaydigan
tirgak vositalaridan ham keng qo'llaniladi.
Stanoklarning yana saqlovchi qurilmasi sifatida ularda o'rnatilgan
ba'zi bir xavfli vaziyatlarda stanokka yetkaziladigan zararni kamaytirish
maqsadida
ulaiga
kuchsizlantirilgan
qismlar
o'rnatiladi.
Sunday
kuchsizlantirilgan qismlar stanokda ro'y berishi mumkin bo'lgan xavfli
vaziyatni oldini olishda ishlatiladi. Masalan, stanokka berilayotgan kuch
248
oshib ketsa, stanokda yuz berishi mumkin bo'lgan sinib ketish yoki
butunlay buzilib qolish hollari vujudga kelsa, unda bu kuchsizlantirilgan
qism uzilib ketadi va stanokka berilayotgan kuchlanish to'xtatiladi.
Bunday ktichsizlantirilgan qismlarga kesilib ketishga mo'ljallangan
shtift va shponkalar, qo'shish muftalari, ishqalanishga asoslangan
sirg'anuvchi muftalar, elektr qurilmalarida erib ketuvchi saqlovchi
qurilmalar, katta bosim ostida ishlaydigan idishlardasitilib ketuvchi
membranalar va boshqalar kiradi. Kuchsizlantirilgan qismlar asosan ikki
turga bo'linadi: birinchisi uzatilayotgan kuch muvofiqlashgandan keyin
avtomatik ravishda (inson ishtirokisiz) ish bajarishni davom ettiradigan
qurilmalar (masalan, sirg'anuvchi muftalar) va ikkinchisi ishdan chiqqan
kuchsizlantirilgan qismni almashtirish yo'li bilan ishlatiladigan turlari
mavjud, masalan, sitilib ketuvchi membrana, erib ketadigan saqlovchi
qurilma va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |