Elektr izolyatsiya
bu dielektrik qatlami (tok o’tkazmaydigan
qatlam), yoki dielektrkdan tayyorlangan uskunani izolyatsiyasi, yoki tok
o’tkazuvchi elementlarni boshqa qismlardan ajratilib qo’yish.
Elektr uskunalarida quyidagi izolyatsiya turlari qo’llaniladi:
-ishchi izolyatsiya elektr qurilmalarini tok o’tuvchi qismlaridagi
havfsizligini ta’minlovchi elektr izolyatsiyasi;
-qo’shimcha izolyatsiya-ishchi izolyatsiyani lat olishi havfi
bo’lsa, elektr qurilmani himoyalash uchun qo’llaniladigan qo’shimcha
izolyatsiyasi;
-ikki qavatli izolyatsiya ishchi va qo’shimcha izolyatsiyalardan
tashkil topgan izolyatsiya;
-puhtalangan izolyatsiya ikki qavatli izolyatsiyani darajasiga ega
bo’lgan, yahsxilangan ishchi izolyatsiyasi;
Izolyatsiyani elektr sxemasi uchta parallel ulangan shohchalaridan
iborat.
Birinchi
shoxchada-kondetsatordan
(C1)
iborat.
Dielektrik
izolyasiyasini o’tkazuvchanligini hajmi bilan tavsiflanadi va geometrik
o’lchamlari bilan aniqlanadigan. Kuchlanish paydo bo’lishi bilan
kondetsator zaryadiga teng bo’lgan, dielektik polyarizasiya tok hоsil
bo’ladi. Undan o’tayotgan tok impuls hosiyat ega bo’lib-tezkor
polyarizatsiya toki ( i b.pol ) deb ataladi.
Ikkinchi shoxchada-ketma-ket ulangan kondensator (C2) bilan faol
qarshiligi (R2) joylashgan. Bu shoxcha polyarizasiya jarayonini asta-sekin
o’tish bilan tavsiflanadi. Kondensator (C2) izolyasiyani tuzilishi va
dielektrik hususiyatlariga bog’liq. Kondensator (C2) vaqt-vaqti bilan
o’qlanib (zaryadkalanib) turadi va shu vaqt zanjirni doimiy vaqti (t=R2C2)
bilan aniqlanadi. O’qlanish vaqti ko’paygan sari shunchalik qarshilikni
(R2) qiymati katta bo’ladi, ya’ni dielektirik xossalarini sifati yahshi
bo’ladi. Shu shohchadan o’tayotgan tok polyarizatsiya toki deb ataladi va
vaqt o’tishi bilan sekin kamayib boradi.
Tezkor polyarizatsiya tok bilan sekin polyarizatsiya tokini
185
qo’shimchasini,
absorbsiya toki
(i abs = i t pol + i s pol) deb ataladi.
O’zgarmas tok izolyatsiyasini faol qarshiligi (R1) uchinchi
shoxchani belgilaydi. Shu shoxchadan o’tayotgan tok, yorib o’tgazuvchan
(Iti) tok deb ataladi. Yorib o’tgazuvchan tok izolyatsiyasini maydoniga
to’g’ri proporsional bo’lib izolyatsiyasini qalinligiga esa, teskari
proporsional bo’ladi.
O’zgarmas kuchlanish ta’sirida izolyasiya orasidan o’tib ketayotgan
tok (silkinish toki) absorbsiya toki bilan yorib o’tgazuvchan toklarini
qo’shimchasiga teng (i s=i abs+i tu). Bu tok polyarizatsiya jarayoniga
bog’liq bo’lganligi uchun, kuchlanish berilgandan keyin bir oz vaqt
o’tgandan so’ng kamayib boradi va yorib o’tgazuvchi tok qiymatlarigacha
kamayib boradi. Izolyasiyani qarshiligi Ru = U/Is.
Absorbsiya toki o’tishi vaqti davomiga qarab izolyasiyani sifatini
baholash mumkin; izolyasiyani hajmi qanchalik katta bo’lsa, shunchalik
tokni o’tish vaqti ko’p bo’ladi. Kuchlanish berilgandan keyin 15 va 60
sekund o’tishi bilan izolyatsiyani qarshiligi o’lchanadi va ularni nisbati
R60/R15=i15/i60 qiyani tavsifi-
Do'stlaringiz bilan baham: |