Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


I. 2. Odam organizmining tashqi muhit holatini baholash



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/594
Sana18.01.2022
Hajmi4,05 Mb.
#384971
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   594
Bog'liq
ХФХ O.R.YULDASHEV

I. 2. Odam organizmining tashqi muhit holatini baholash 

tizimlari 

 

Inson  hayot  faoliyati  uchun  tashqi  nuhitda  bo’ladigan  o'zgarishlar 



haqida  yetarli  ciarajadia  axborotning  bo'lishi  va  bu  axborotni  qaysi 

mazmunda ishlatish imkoniyatini belgilovchi va unga tayyorgarlik  ko'rish 

uchun  tabiiy  muhofaza  chora-tadbirlariga  ma'lum  ma’noda  tayyorgarlik 

bo'lishi  insonning  yashash  uchun  kurash  omilining  asosi  hisoblanadi. 

Atrof-muhit  holati  haqidagi  ma'lumot  inson  uchun  shu  muhitga 

moslashish  imkoniyatini  yaratadi  va  buni  uning  yetti  mujjasi  sifatidagi 

axborot  qabul  qilish  tizimlari  orqali  amalga  oshiriladi.  Ular  bu 

axborotlarni  inson  miyasiga  yetkazib  beradi  va  bu  yerda  uning  tahlili 

amalga oshiriladi. 

Inson  yer  yuzida  hayot  boshlangandan  bed  tashqi  muhitda 

bo'ladigan  har  turli  o'zgarishlar,  bo’ronlar,  tabiiy  ofatlar  va  boshqa  har 

qanday  o'zgarishlarga  ko'nikib,  unga  moslashib  kelgan  va  shuning  uchun 

ham  u  ilgaridan  uni  ta'qib  qilib  kelayotgan  tabiiy  omillarga,  masalan, 

chang  ta'siriga,  zaharli  moddalar  ta'siriga,  issiq  va  sovuqqa  qarshi  yetarli 

ravishda  kurash  vositalarining  reflekslari  ta'minlangan.  Buni  changli 

hududga tushib qolgan har  qanday odam hech qanday  ogohlantirishsiz u 

yerdan  tezroq  chiqib  ketish  yok  bu  chang  ta'sirini  kamaytirish 



 

 

15 



imkoniyatmi  beradigan  ho'llangan  dastro'molni  burniga  tutib    nafas  

yo'llarini  changdan    qisman  bo'lsada,  muhofazalanish  tadbiri  ko'riladi  va 

boshqa yuqorida sanab o'tilgan xavfli omillar uchun   ham huddi shunday 

reflktor belgilar paydo bo'lgan. Lekin zamonaviy texnologiyalar natijasida 

hosil  bo'ladigan  xavfli  omillarga  insonda  reflector  yechimlari  hal 

qilinmagan. Masalan, elektr xavfi,elektromagnit maydonlari xavfi, har xil 

nurlanishlar  ayniqsa,  yadro  nurlanishlari  inson  uchun    utilmagan  xavf 

manbasi hisoblanadi. 

Demak,  tashqi  muhitdagi  har  qanday  o'zgarishlar  haqidagi  axborot 

bosh  miyaga  yetkazib  beriladi  va  u  yerda  tahlil  qilinib,  qanday  javob 

reaksiyasi  bo'lishi  ta'minlanadi.  Bu  javob  reaksiyasida  albatta  inson 

hayotiga  xavf  solishi  mumkin  bo'lgan  holatlardan  chetlab  o'tiladi,  ya'ni 

uning  zarbalar  va  halokatlardan  saqlanish  chora-tadbirlari  ko'riladi. 

Masalan,  tashqi  muhit  havosi  harorati  ko'tarilganda,  agar  bu  butun  tana 

haroratini  ko'tarilishiga  olib  keladigan  .bo'lsa  va  bu  inson  organizmiga 

(bosh miyaga, ko'zga buyraklarga) zararli bo'lsa, bunga qarshi tezda chora 

ko'riladi,  ya'ni  harakat  yo'nalishi  bo'yicha  salqinroq  yerga  o'tib  ketiladi 

yoki  ichki  zaxiralar  hisobiga,  ya'ni  ichki  issiqlikni  kamaytirish,  issiqlik 

ajralishini ko'paytirish hisobiga bo’lishi mumkin. 

  

Odamning  tashqi  muhit  bilan  bog'lovchi  sezgi  organlarining  tashqi 



muhit  ta'siridan  jumbushga  kelishi  holatlarini  bir  necha  turkumga 

bo'linadi:       

- mexanik sezgilar, bular tashqi atroflicha ta'sir ko'rsatuvchi umumiy 

tanaga suyak va pay to'qimalariga ta'sir ko'rsatganda, ten va harakatlanish 

organlari  va  yurak-qon  aylanish  tizimlari  xabarini  bildiruvchi  sezgilar 

hisoblanadi;  

-  issiqlik  sezgilari,  bu  organizm  ichki  issiqligi  va  tashqi  muhit 

issiqligini  birdek  ko'rsatadigan  sezgi  bo’lib,  bular,  shuningdek,  ichki 

organlar sezgilarini va markaziy bosh miya qobig'iga joylashgan neyronlar 

sezgilarini ham o'zida mujassamlagan bo'ladi;  

-  kimyoviy  sezgilar,  bular  kimyoviy  birikmalar  ta'siriga  asoslangan 

sezgilar bo'lib, o'zida hid bilish va maza bilish sezgilarini mujassamlagan 

bo'ladi;  

- foto sezgilar, bular yorug'lik ta'sirida jumbushga keladigan sezgilar 

hisoblanadi;  

-  og'riq    sezgilari,ular  ma'lum  turkumlarga    bo'linib,  ba'zi  birlari 

mexanik bg'riqlar sifatida, kimyoviy og'riqlar va issig'lik ta'sirida vujudga 

keladigan sezgilar hisoblanadi. 

Psixofiziologiya  sinflanishiga  asosan  sezgilar:  ko'rish,  eshitish;  hid 



 

 

16 



bilish,  tam  bilish,  og'riq  sezgilari  va  inson  tanasining  fazodagi  holatiga 

taalluqli bo'lgan sezgilar mavjudligi belgilanadi.  

Sezgilar  morfologiya  jihatdan  hujayralardan  tashkil  topgan  bo'lib, 

unda  harakatlanuvchi  nerv  tolasi  bilan  ta'minlanganligi  sababli  u 

nihoyatda  sezgirligi  kuchli  bo'ladi.  Masalan,  foto  sezgilar  uchun  5-10 

kvant  yorug'lik  yetarli  bo'lsa,  hid  bilish  sezgisi  uchun  moddaning  bir 

molekulasi kifbya qiladi. 

Sezgilarga  jumbushga  keltiruvchi  moddalarning  ko'p  vaqt  ta'sir 

qiiishi, 

ularnibunioddaga 

moslashishi 

natijasida 

ularning 

sezish 


qobiliyatini  kuchsizlantirib  yuborishi  mumkin.  Ammo  bu  modda 

birmuncha  vaqt  yo'q  bo'lib  qolsa,  sezgi  yangidan  kuchayishi  kuzatiladi. 

Sezgilarning  moslashish  bo'yicha  biror  qonuniyati  yo'q.  Lekin  har  xil 

sezgilar jumtushga keltiruvchi moddalarga yoki holatlarga moslashishi har 

xil  ekanligi  kuzatilgan.  Sezgilar  og'riq  va  kimyoviy  sezgilarga  umuman 

moslashmaydi.  

Sezgilar 

tomonidan 

qabul 

qilingan 



ma'lumotlar 

nervlarda 

mujassamlanib, uni markaziy organlarga tahlil qilish uchun yuboriladi. Bu 

ma'lumotlar  tahlildan  keyin  bajarish  organlariga  yuboriladi.  Ba'zi  bir 

.ma'lumotlar  to'g'ridan-to'g'ri  bajarish  organlariga  jo'natiladi.  Bu  so’zsiz 

tug’ma  nasldan  naslga  o'tuvchi  reflekslarga  asoslangan  sezgilar  bo'lib 

bularga  elektr  toki  va  issiqlik  yoki  kimyoviy  moddalar  ta'siriga  tushib 

qolgan  taqdirda  inson  organizmida  bo'ladigan  reaksiya  natijasida  undan 

keskin  chiqib  ketish  hoiatiarini  ko'rsatish  mumkin.  Shuni  ham  ta'kidlash 

joizki,  bunday  so'zsiz  reflekslar  ham  juda  mukammal  ko'p  komponentli 

reaksiyalardan tashkil topganligini unutmaslik kerak.  

 

 



 

Jumbushga  keltiruvchi  moddalarning  uzoq  vaqt  ta'siridan  olingan 

tajriba asosida shartli reflekslar paydo bo'ladi. 

Odam  organizmida  tavsif  o'zgarishi  tashqi  muhit  ta'sirining 

davomliylgaiga  bog'liq  bo'ladi.  Masalan,  nafas  olayotgan  havo  tarkibida 

kislorodning  qisqa  muddatli  kamayishi  tezroq  nafas  olish  yo'li  bilan  va 

qon  aylanishni  tezlashtirish  hisobiga  organizmdagi  kislorod  tanqisligini 

bartaraf  etadi.  Uzoq  muddat  davom  etadigan  kislorod  tanqisligini 

qoplashda (masalan, baland tog'larda) butunlay boshqa mexanizmlar ishga 

tushadi, 

qon 

tarkibidagi 



eritrotsidning 

miqdori 


ortadi 

va 


bu 

gemoglabinning  kislorod  bog’liqligini  o'zgartiradi  va  fernientlar 

aktivligini oshiradi. 

Ko'pincha  tashqi  sezgilarga  organizmdagi  o'zgarishlar  bir  necha 

sezgilarning  birgalashib  yuborgan  ma'lumotlari  asosida  markaziy  nerv 

tizimining  qaysi  biriga  asoslanganligiga  chegara  qo'yish  imkoniyati 




 

 

17 



deyarli  yo'q.  Masalan,  engashib  ishlayotgan  odamga  sezgilarning  bir 

nechtasi  ta'sir  ko'rsatadi.  Bularning  asosiy  sezgi  yo'nalishlari  asosan 

ko'tarish 

va 


harakatlanish 

mexanizmlarini 

muvofiqlashtirishga 

asoslanganligi ma'lum.  

Insonning  ko'zi  uning  asosiy  hayot  kechirish  bmilida  qanday 

mavqeni  egallashini  idrok  etish  mumkin.  Ko'zning  ko'rishi  tashqi 

muhitning  yoritilganligiga  bog'liq  bo'lib,  odamning  ko'zi  380—770  nm 

to'lqin  tebranishlaridagi  ko'rinadigan  nurlarni  ko'rish  imkoniyatigi  va 

buning natijasi sifatida hamma narsani shu nur yorug'ligida ko'radi.  

Eshitish  vositasi  quloq  mukammal  tuzilgan,  tovush  to'lqinlarning 

16-0000  Gs  chegaradagi  tovushlarni  aynan  eshitish  imkoniyatini  

beradigan    insonning  yetti  muchasidan    biri  hisoblanadi.  Sezgi  sifatida 

insonni kerakli ma'lumotlar bilan ta'minlovchi asosiy vosita hisoblanadi. 

Hid  bilish  xususiyati  har  xil  moddalarning  hidini  har  xil  sezish 

imkoniyatlari mavjud. Ba'zi bir moddalarning hidi nihoyatda oz miqdorda 

seziladi. 

 Hid  bilish  xususiyati  inson  uchun  tashqi  muhit  bilan  bog'lanish 

imkoniyatini  yaratuvchi  asosiy  mujjalardan  biri  hisoblanadi.  Ba'zi  bir 

moddalarning hidini nihoyatda kam miqdorda bo'lsa-da, inson uni sezadi.     

Tam  bilish  ham  muhim  ahamiyat  kashf  etadigan  maxsus  sezgi 

sifatida ifodalanadi 

Sezish  xususiyati  odamda  juda    murakkab    xususiyat  bo'lib, 

odamning        tashqi        muhit  bilan        bo'ladigan        hamma  muloqotlarini 

hisobga  oladi.  Bunda  teri,  pay-muskul  birikmalari  va  shilimshiq  

moddadan  tashkil    topgan    odam  tanasidagi    ma'lum  joylarda  jumbushga 

kelish natijasida vujudga keladigan sezgi ifodasi hisoblanadi.  

Teri      inson    tanasini    o'rab      turuvchi    tashqi    qatlam      sifatida 

murakkab  tuzilishga  ega  bo'lgan  tuzilmadan  iborat  bo'lib,  uning 

bajaradigan  vazifalari  hayot  uchun  juda  muhim  hisoblanadi.  Teri  odam 

tanasini  tashqi  muhit  ta'siridan  saqlabgina  qolmasdan,  balki  sezgi 

belgilarini  va  sezgi  qabul  qilgan  axborotlarini  yetkazish  bilan  birga  yana 

hayot  uchun  zarur  bo'lgan  modda  almashish  jarayonini  ham  bajaradi  va 

shuningdek,  organizm  issiqlik  balansini  tutib  turadigan  termoregulatsiya 

jarayonida ham ishtirok etadi. 

Terining asosiy vazifasi tanani saqlash. Demak, teri muhofazalovchi 

vosita  sifatida  muhim  rol  o'ynaydi.  Teri  ostida  ma'lum  qavat  yog'ning 

bo'lishi  tananing  har  xil  urilish,  turtilish,  ma'lum  kuch  bilan  ta'sir 

ko'rsatilganda,  uning  elastiklik  xususiyati  turtkilarni  tanaga  o'tmasligini 

ta'minlaydi.  Terining  ustki  qatlami  terining  chuqurroq  qismlarini  qurib 



 

 

18 



qolishdan saqlaydi. Terining tashqi qismi va yog'simon qatlami kislota va 

boshqa  o’yuvchi  moddalar  ta'siriga  chidamli.  Terida  melanin  pegmenti 

bo'lganligi  sababli,  u  quyosh  nurlari  va  ultrabinafsha  nurlardan  saqlaydi. 

Terining har xil mikroblarni zararsizlantirish va o'ldirish xususiyati muhim 

hisoblanadi.  Terining  tashqi  qismidan  kasallik  tarqatuvchi  mikroblar 

o'taolmaydi,  chunki  teri  yuzasida  paydo  bo'ladigan  ter  moysimon 

moddalar  bilan  qo'shilishi  natijasida  nordon  muhit  paydo  bo'ladi.  Bu 

muhofaza  muhiti  yog'  va  teri  bezlarining  birgalikdagi  xizmatlari 

hisoblanadi.  Ularda  shuningdek,  ma'lum  miqdorda  yog’  kislotalari  ham 

ajralib  chiqadi.  Shuningdek,  terining  tashqi  qismlarida  ham  oksidlanish 

jarayoni  bo'lib  turadi.  Shuning  uchun  ham  teri  nafas  oladi  deb  yuritiladi. 

Teri  tarkibiga  kislorodning  kirib  turishi  teri  kasalliklarini  kelib  chiqishini 

oldini oladi.  

 

Terining  yana  bir  muhim  xususiyati  uning  organizm  termore-



gulatsiyasida  ishtirok  etishidir.  Issiqlik  ajratishning  deyarli  80%  i  teri 

orqali amalga, oshiriladi. Atmosfera havosi isib ketsa, teri tarkibidagi qon 

tomirlari  kengayadi  va  buning  natijasida  tashqi  muhitga  issiqlik  ajralishi 

ortadi.  Past  haroratlarda  aksincha  teri  tarkibidagi  qon  tomirlari  torayadi, 

teri  rangsizlanadi  va  issiqlik  ajralishi  kamayadi.  Teri  ma'lum  ma’noda 

organizmdagi moddalar almashinuvi  jarayonida ham ishtirok etadi.   

Ayniqsa,  orgamzmdagi  suv,  mineral  moddalar  va  karbonvo-

dorodlarning  almashinuv  jarayonida    erining  xizmati  beqiyos.  Uni  juda 

katta  hajmdagi  va  qon  tomir  sistemasiga  boy  va  tanadagi  hamma  ichki 

organlar bilan aloqada bo'lgan ulkan sekretsiya bezi sifatida qabul qilinishi 

mumkin. Teri bu tashqi bosh miya sifatida tinim bilmas sog'lik qo'riqchisi 

bo'lib,  har  doim  markaziy  bosh  miyani  har  bir  xavf-  xatardan 

ogohlantiradi.  

Demak,          ko'rib          o'tilgan    sezgilarning          hammasi          inson 

organizmini  hayot  faoliyatini  meyorida  kechirishini  ta'minlashga 

qaratilgan.  

     


Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   594




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish