Vositali to`ldiruvchi. O`zx okim bo`lagiga bog`lanib, shu bo`lak orqali ifodalangan harakatning yuzaga kelishida qurol-vosita vazifasini vositali to`ldiruvchi bajaradi.
Vositali to`ldiruvchilar vositali kelishik shaklidagi so`zlar va ko`makchili konstruksiyalar bilan ifodalanadi hamda ularning so`roqlariga javob beradi. Vositali to`ldiruvchilar o`tisiz fe`liga bog`lanib keladi. Kelishikli to`ldiruvchilar, qaysi kelishik shaklida kelishiga qarab, turli xil ma`nolarni ifodalaydi:
1) Jo`nalish kelishigi shaklidagi vositali to`ldiruvchilar quyidagi ma`nolarni ifodalaydi:
Suyu`ekt harakati yo`nalgan o`rin ob`ektini ko`rsatadi: Men baxorda Qattortolga borgan edim (A.Qaxxor).
Harakatni bajarilishida vosita bo`lgan predmetni ko`rsatadi: Safar bo`zchi sandal ko`rpasiga uraniboq o`tirdi (A.Qaxxor). Kelin kattakon doka ro`molga burkangan (A.Qaxxor).
Harakat vosita ta`sir qilgan predmet-ob`ektni ifodalaydi: Mahdum yostiqqa bexol suyandi (A.Qodiriy).
Harakat atalgan ob`ektni ko`rsatadi: Mirzayev shoshib qolib bir kunning o`zida Latofatga ikkita xat yozdi (A.Qaxxor).
Harakatning maqsad ob`ektini ko`rsatadi: O`rtada ikki laganda palov quyilib, Gulshan bilan yetti qiz oshga o`tirdilar (A.Qodiriy).
Tenglik evaz ma`nosidagi ob`ektni ifodalaydi. Ba`zan sut, qaymoqni donga alishar edik (A.Qaxxor).
Biror predmetga o`xshatilgan predmet-ob`ektni ifodalaydi: bu garamlar xudi cho`l o`rtasida bodrab chiqqan azamat qo`ziqoinga o`xshab ketadi (S.Ahmad).
Xolatni, psixik o`zgarishlarni yuzaga keltirilgan, ko`zlangan ob`ektni ifodalaydi: Mahdum bu xolga ortiq chidab turolmadi. (A.Qodiriy).
Sub`ekt harakati qaratilgan predmet-ob`ektni ko`rsatadi: Ra`no onasiga o`pka aralash kulib qaradi (A.Qodiriy).
So`zlovchining nutqi qaratilgan shaxsni ko`rsatadi: Siddiqjon O`rmonjonga minnatdorchilik bildirdi (A.Qaxxor).
2. O`rin-payt kelishigidagi vositali to`ldiruvchilar quyidagi ma`nolarni ifodalaydi:
Xolat yuzaga chiqqan o`rinni-ob`ektni ko`rsatadi: Nilufarning ko`zlarida quvonch aralash bir hayrat porladi. (O.Yoqubov)
Harakatning bajarilish paytini bildiradi: Saida uyga kech soat o`n birlarda qaytdi (A. Qaxxor).
Harakatning bajarilishida vosita bo`lgan ob`ektni ko`rsatadi: Chol kechga qolgan yo`lovchilarni daryodan shu qayiqda o`tkazib quydi (G`.G`ulom)
Harakat va holatning yuzaga chiqishida vosita bo`lgan ob`ektni ifodalaydi:
Bobolar mehnatda xorgandir deya,
Aziz nabiralar, uylarsiz beshak (A.Oripov).
Harakat yoki xolatning qay jihatdan yuzaga chiqishini ifodalaydi: Mayxo`rlikka, kurashda, ot chopishda, o`q o`zishda yigitlari bilan do`st tutinishiga ulgurdi (Oybek)
Harakatning xolatini bildiradi: Faqat tabassumda yashardi olam... (A.Oripov)
Harakatning bajarilish maqsadini bildiradi: u anxor buyida jinday yozilish, yuragini qoplab olgan qora dudni jinday tarqatish umidida kelgan edi. (O.Yoqubov)
Chiqish kelishigi vositali to`ldiruvchilar quyidagi ma`nolarni ifodalaydi:
Haraktaning boshlanishi, chiqish, yo`nalish o`rnini ko`rsatadi: Nilufar tez yurib mehmonxonadan chiqdi. (O.Yoqubov).
Harakatning chiqish ob`ektini bildiradi: Ahmadjon hozircha xat yozishdan voz kechdi (A.Qaxxor)
Harakatning vosita ob`ektini ifodalaydi: qo`sh tumshug`idan ilinar (Maqol)
Harakatning bajarilishida vosita bo`lgan shaxsni ko`rsatadi: Xikmat buva xatni nevarasidan berib yubordi (A.Qaxxor)
Harakatning manba-ob`ektini ko`rsatadi. Mehnatdan do`st ortar, g`iybatdan dushman (Maqol).
Harakatning bajarilish paytini bildiradi: Oyim bizlarning yoshlikdan ishga o`rgatganlar (M.Alaviya)
Harakat ob`ektning o`lchovini-miqdorini ko`rsatadi: Bir-ikki piyoladan choy ichdilar (O.Xusanov)
Harakatning chog`ishtirish ob`ektini ko`rsatadi: Nevara degan o`z bolangdan ham shirin bo`lar ekan (“Sharq yulduzi”).
Harakatning ro`y berishi uchun sababchi bo`lgan ob`ektni ko`rsatadi: Qalandarov mashq va ashuladan mazmun bo`ldi (A.Qaxxor)
Harakatning qay tarzda bajarilishini bildiradi: Jon-dildan ishlaymiz, chunki qalbingiz, ezgu umid bilan sevgiga to`liq (Zulfiya)
Ko`makchili to`ldiruvchilar, qaysi ko`makchi bilan kelishiga qarab, harakatning kim yoki nima haqida ekanligini, atash, maqsad, sabab, birgalik kabi ma`nolarni ifoda etadi: Sultonmurod Iskandar Zulqarnayn to`g`risida latifa suyladi (Oybek). Shuni balkim, jon uchun jon olamiz, shuni balkim, tukamiz qon uchun qon (H.Olimjon). Qobil bobo yor-do`stlari bilan kengashdi (A.Qaxxor). Anvar o`z istiqbolini yolg`iz muxabbat orqali ko`rar edi. (A.Qodiriy).
To`ldiruvchilar tuzilishiga ko`ra sodda va murakkab bo`ladilar. Bir so`z bilan ifodalanib, bir sodda tushunchani anglatadigan to`ldiruvchi sodda to`ldiruvchi sanaladi% Yaxshiga yondash, yomondan qoch (maqol).
Ikki va undan ortiq so`zlarning tobelanish munosabatidan tashkil topib, bir murakkab tushuncha anglatsa, murakkab to`ldiruvchi sanaladi: mardikor olish voqeasidan xalq nafratlanadi (Oybek).
Do'stlaringiz bilan baham: |