Кесим ва-унинг ифодаланиши



Download 79,5 Kb.
Sana11.04.2022
Hajmi79,5 Kb.
#543665
Bog'liq
Kesim va uning ifodalanishi


Kesim va uning ifodalanishi
Reja:


1. Kesimning bosh bo’lak sifatidagi o’rni.
2. Kesimning morfologik tabiatiga ko’ra turlari.
Z. Kesimning tuzilishiga ko’ra turlari.
4. Kesimga doir ayrim mulohazalar




Odatda kesim egadan keyin keluvchi ikkinchi bosh bo’lak bo’lib, gapda, fikr almashuvda u katta ahamiyatga egadir. Mavjud darsliklarning deyarli ko’pchilik qismi kesimni ega haqidagi hukmni bildiradigan bo’lak deb qayd etadi. Hukm tasdiq va inkor ma’nosiga ega bo’lganidek, ega hakidagi xabarni bildiruvchi bo’lak -kesim ham tasdiq kesim yoki inkor kesimga ajraladi. Inkor kesim inkorni ifodalovchi -ma, emas, yo’q kabi so’zlar yordamida hosil qilinadi. Gap tarkibida ko’pincha sira, aslo, zinhor, birorta ham kabi so’zlar ishtirok etgan bo’lsa, kesim inkor shaklida bo’ladi. Kesim eganing xususiyatini bildirurchi bo’lak bo’lganligidan, u asosan, belgi bildiruvchi so’z bilan ifodalanadi. Bu jihatdan u aniqlovchiga o’xshab ketadi, biroq belgini qanday ifoda etishiga ko’ra farq qiladi. Aniqlovchida belgi predmet tasavvuri bilan yahlit bir butun tushuncha holida atributiv aloqa yo’li bilan ifodalansa, kesimda u shu belgining egadan anglashilgan predmetda mavjud yoki mavjud emasligi nuqtai nazaridan tasdiqlash tarzida - hukm shaklida, predikativ aloqa yo’li bilan ifodalanadi. Masalan, kuchli shamol (atributiv aloqa), Shamol kuchli(gap: ega -kesim).Kesimning harakat doirasi keng: u egaga bog’lanadi, shu bilan birga o’ziga tobe boshqa bulaklar bilan ham munosabatga kirisha oladi. Demak, kesim bir tomondan eganing belgisini ifodalaydigan, ikkinchi tomondan esa qaysidir jihatdan ma’nosi to’ldiriladigan, aniqlanadigan aktiv bo’lak hisoblanadi. Ikki sostavli gaplarda kesimsiz gap shakllanmaydi. Bunday gaplar qanchalik yoyiq bo’lmasin, kesim qo’llanmaguncha fikr ifodalab bo’lmaydi. Ko’rinadiki, kesim fikrning obyektiv borliq bilan, zamon bilan aloqasini ifodalaydi. Gapning eng muhim belgisi bo’lgan fikriy intonasion tugallikning, predikativlikning ifodalanishida katta rol o’ynaydi.


Kesim tushunchasi gap tushunchasi bilan uzviy bog’langan. U gapning
mazmun-mundarijasini, struktura jihatidan tiplarini belgilashda ham aloxida xizmat mavqyeiga ega: Davlat imtihonidan oldin konsultasiya o’tkaziladi (darak anglatuvchi fe’l kesim). Davlat imtihonidan oldin konsultasiya o’tkaziladimi? (so’roq anglatuvchi fe’l kesim) va hoqazo.
Kesim grammatik ega bilan logik subyektni belgilashda, aniq
oborot bilan majhul oborotni bir-biridan farqlashda, gapni sostavlarga ajratishda, ularni tasniflashda muhim omillardan hisoblanadi. Kesim vazifasida kelayotgan so’z qaysi so’z turkumiga mansub bo’lishi, aniqrog’i, morfologik tabiatiga ko’ra ikki turga ajratiladi: ya’ni ot kesim va fe’l kesimga.

  1. 0t kesim. Fe’ldan boshqa so’zlar: ot, sifat, son, olmosh, ravishning bog’lama olib kelishi bilan ifodalangan kesimlar ot kesimlar deyiladi. Ot kesimlar egaga maxsus yordamchi fe’l - bog’lama vositasida tutashadi. Bu bog’lama kesimni shakllantiradi. Bog’lama qo’llanmaganda, kesim intonasiya, pauza, tartib orqali shakllanadi: Karim ukam bo’ladi. -Karim - ukam.Sifatdosh va ravishdoshlar ham kesim vazifasida kelganda maxsus yor
    damchi element oladi va ularning grammatik shakllanishi ham otlarga o’xshaydi: Sen aytgansan. Sen ko’ribsan. (Studentman-ko’rganman kabi) Lekin ravishdosh kesimlarda bu xususiyat yo’q, ular sintaktik funksiyani bajaruvchi maxsus affiksli bo’ladi: boribman, boribman, boribdi. Ot kesimlar qaratqich va tushum kelishiklaridan boshqa kelishiklar formasida kelgan otlarning predikativlik affiksi olishi bilan ba’zan affiks olmasa-da intonasiya bilan) shakllanadi. Masalan, Sen yigirma besh yoshdasan. Men institutdaman singari gaplarda predikativlik affiksi aslida kesim vazifasida qo’llangan so’zning belgisidir. O’tgan zamon va kelasi zamon ma’nolarini ifodalashda bunday kesimlarda ham bog’lama qo’llanadi: Kuz vaqti edi. Men chegarada qorovullikda edim. Demak, predikativlik affiksini qabul qila oladigan har bir ot qaysi kelishikda bo’lishidan qat’iy nazar kesim vazifasida kela oladi.
    Ularning qaysi so’z turkumi orqali ot kesim bo’lib kelishini esa quyidagi ko’rgazma yaqqol tasdiqlaydi:

I jadval:
---------------------------------------------
! Ot bilan: Gullarning ichida eng qadrlisi-atirgul !
! Sifat b-n: El siylagan yerda aziz.GM.G !
! Son bilan: Bilganing to’qqiz, bilmaganing to’qson to’qqiz.GMG!
! Olmosh b-n: Ha, bu yil boy qizlar - sizlar. !
! Ravish b-n: O’g’lim, endi g’alabamiz yaqin. !
! Har.nomi b-n:Yashamoq - kurashmoq Kurashmoq-o’rnak bo’lib yashamoq. !
! Modal so’z b-n:Xalq orzusini amalga oshirishdan kattaroq baxt !
! bormi?! !
fe’l kesim. Fe’l bilan ifodalanib, eganing haravat holatini
anglatadigan kesim fe’l kesim deyiladi. Kesim vazifasida qo’llangan fe’lning semantikasiga ko’ra harakat bildiruvchi fe’l kesim va holat bildiruvchi fe’l kesim turlari farqlanishi mumkin. Fe’l kesim uchun juda xoslangan so’z turkumi fe’l bo’lib, u boshqa so’z turkumlariga nisbatan sintaktik xususiyati jihatidan boy bo’lgan kategoriyadir. Har bir shaxsli fe’l bir gapni hosil qiladi: bunda subyekt ma’nosi ham berilgan bo’ladi. Bu bir so’z tusidagi butunlik gapning eng sodda ko’rinishidir.
Mustaqil sodda gapning kesimi aniqlik, buyruq va istak mayllari formaoidagi fe’llardan bo’ladi: bular kesim vazifasida qo’llanuvchi fe’llar bo’lib, ega bilan bevosita bikishadi, bog’lama talab qilmaydi. Bularning ayrimlari o’rniga qarab tuslovchi affiks olmagan holda, nol ko’rsatkichda, kesim bo’lib keladi (ayt, yur, bil kabi). Shart mayli formasidagi fe’l ba’zan istak, mo’ljal, iltimos kabi ma’nolarni ifodalab, mustaqil sodda gapning kesimi (sof fe’llar); shart, payt kabi ma’nolarni ifodalab, ergash gapning kesimi bo’lib keladi. Masalan: Bugun kinoga borsam (bormoqchiman). -Bugun kinoga borsam, qaytishda sizlarnikiga kiraman. Kesim vazifasida "ma" so’zi ham keladi. Bu suz semantik tomondan ol so’ziga yaqin turganligi uchun fe’lga o’xshab qo’llaniladi. Ammo ma
so’zi fe’l emas, ol so’ziga sinonim sanalmaydi. Chunki ol so’zi fe’l kategoriyalari: bo’lishli-bo’lishsiz, o’timli-o’timsiz, nisbat, mayl, shaxs-son kabilar bilan munosabatga kirisha oladi: Siz oling. U olsin kabi, ma so’zi esa bunday xususiyatga ega emas.
Umuman, fe’llarning tuslangan formalari hamda ravishdosh shakli bilan ifodalangan kesimlar fe’l kesimlar sanaladi.
Kesimlar tuzilishi jihatidan ham turlarga ajratiladi. Jumladan, ularni dastlab ikki xil ekanligini ta’kidlash o’rinlidir va ularning bu xil turi quyidagi ko’rgazmada aniq va ravshan ko’rinib turibdi:Kesimning tuzilishi-!-! ! Sodda-kesim! !Murakkab kesim! I !Sod.ot kesim!!Sod.fe’l k.! !Mur.ot kesim! !Mur.fe’l kesim! !
ISostavli kesimlarning hosil bo’lishi quyidagi ko’rinishlarga ega:
1. ot(fe’l bo’lmagan hamma so’z) Q fe’l (bog’lama): U agronom bo’ladi (sostavli ot kesim). 2. fe’l fe’l: U yoza boshladi (sostavli fe’l kesim). Sodda fe’l kesimlar-sof fe’llar bilan ifodalangan kesimlardir. Sostavli ot kesimlar ot (ot, sifat, son, olmosh, ravish) fe’l (yordamchi fe’l, bog’lama). Sintetik formadagi so’zlar bilan ifodalangan kesimlar sodda kesimlar deyiladi. Bular yakka bir negizli fe’llar hamda bog’lama siz otlar bilan ifodalanadi: Birligimiz kun sayin mustahkamlanmoqda. Odobning boshi - til.
Sostavli kesim analitik formadagi konstruksiyalar bilan ifodalangan kesimlardir. Uning tarkibi yetakchi va ko’makchi elemeshtlardan iborat bo’ladi: Topologiyag’ oralig’i asta-sekin torayib boraveradi. Sostavli kesimlar ifodalanishiga ko’ra sostavli fe’l kesim yoki sostavli ot kesim bo’lishi mumkin.
Sostavli fe’l kesimlar ikki yoki undan ortiq negizdan tashkil
topgan fe’llar bilan ifodalanadi. Bunda fe’llarning biri o’zining leksik ma’nosini saqlab, yetakchi fe’l hisoblanadi. qolganlari yetakchi fe’ldan anglashilgan harakatning bajarilishi bilan bog’liq bo’lgan turli qo’shimcha ma’nolarni ifoda etib, ko’makchi fe’l deyiladi. Bunday fe’l kesimlarning yetakchi fe’li ko’pincha ravishdosh formasida bo’ladi: Erta bahor quyoshi kecha yog’ib o’tgan yomgirning namini yerdan sug’urib olayotir. Sostavli fe’l kesim ba’zan juft fe’llar bilan ham ifodalanishi mumkin: Gapning naq onasini aytdingiz-qo’ydingiz. Sostavli ot kesimlar keng ma’nodagi ot - bog’lama yoki to’liqsiz fe’l tipidagi konstruksiyalar bilan ifodalanadi. Bunda asosiyma’no otdan anglashiladi. Bog’lama va to’liqsiz fe’llar qo’shimchama’no anglatib, kesimning ega bilan moslashuvini ta’minlaydi:
Erkinjon institut jamoat ishlarida faol sanaladi.
Sostavli ot kesim harakat nomi-kerak (zarur, lozim, darkor)
singari konstruksiyalar bilan ham ifodalanadi: Har ishni yaxshi bajarish uchun unga ko’ngil berib kirishmoq kerak. Sostavli ot kesim ba’zan chiqish kelishigidagi so’zdan iborat tipidagi ko’rinrshga ham ega bo’ladi: Vazifamiz institutni muvaffaqiyatli tugallashdan iborat. Sostavli ot kesimning birinchi elementi otdan bo’lganda, u o’z xususiyatlariga ko’ra ba’zi grammatik hodisalarni to’g’diradi. Bu xususiyatlardan biri o’sha otning aniqlovchi qabul qilishidir. Bu ot o’zidan keyingi fe’l bilan bir
butunlik tashkil etishiga qaramay maxsus aniqlovchi olishi mumkin: Siz axtargan kishi mening o’zim bo’laman. mening o’zim
bo’laman-sostavli ot kesim, bu yerda ot talabi bilan
mening qaratqichli aniqlovchi ham sostav tarkibiga kiritilgan.
Sostavli kesim tarkibiga kiruvchi elementlar quyidagi tartib-
larda joylashadi: I. Sostavli ot kesimlarda: a) ot kismi avval keladi; b) har ikki qism ketma-ket keladi, oraga so’z kirmaydi
v) she’riyatda sostavli kesimning ot qismi keyingi o’ringa o’tishi ham mumkin: Hammalari Zaynabni qilar bo’ldilar orzu.
g) poetik nutqda ot va fe’l qismlari orasiga so’z kiritilishi, distant holatda bo’lishi ham kuzatiladi: Bo’ldilar, Moskva borib, hurmatli mehmon paxtadan. 2. Sostavli fe’l kesimlarda: a) asosiy ma’no bildiruvchi fe’l avval, qo’shimcha ma’no beruvchi fe’l keyin keladi. b) shaxs-son, mayl, zamon ko’rsatkichlari ikkinchi elemen tga qo’shiladi; v) bo’lishsizlik belgisi ba’zan ikkinchi, ba’zan birinchi elementga qo’shilib kelishi mumkin: o’qiy boshlamadi; aytmay qo’ydi. g) so’roq yuklamasi odatda, keyingi element tarkibida uchraydi: borganmidi singari.
Kesimning qo’llanishida shunday xususiyatlar bor:
1. Ikki yoki undan ortiq gapdan tuzilgan qo’shma gaplarda kesim ayni bir so’z bilan ifodalanishi lozim bo’lsa, bir necha kesim vazifasini bir so’z bajaradi (yalpi kesim). Bu holat ko’pincha she’r yoki maqollarda uchraydi: Ko’r tutganini qo’ymas, kar-eshitganini. 2. Taqlid so’z va fe’ldan iborat bo’lgan kesimlarda (dukur-dukur, sharaq etib ketdi) taqlid so’z yakka bo’lsa et yordamchisi bilan, takrorlangan bo’lsa,-qil yordamchisi bilan keladi, ba’zan (she’rlarda) uning fe’l qismi qo’llanmaydi ham. 0yoqlarim titrardi. Zarbidan yurak duk-duk. Z. Mazmunni kuchli ifoda qilish uchun, kesim ma’no jixatidan birinchi o’rinda bo’lgan vaqtda, u kontekstdan turli vositalar orqali anglashilib turishiga qaramay, takrorlash xodisasi ham uchraydi: Aytgan ham u, borgan ham u. Takrorlanib kelish jihatidan fe’l kesimning xarakterli xususiyatlari bor: bunda takror harakatning ma’nolarini, modallik, ekspressivlik, kuchaytirish ottenkalarini beradi: Suradi, suradi, axir topdi.
Gapir, gapir! Tezroq gapir! Buni eshitib onasi yotib ketgandir, yonib. Lekin takrorlash sostavli kesim hosil qilmaydi.
Kesim borasidagi fikrlar majmuida shu narsani ham alohida
ta’kidlash joizki, so’nggi davr o’zbek nazariy tilshunosligida kesim va uning gap bo’laklari orasidagi mavqyei boshqa bo’laklardan, hatto egadan ham ustunroq ekanligi isbotlanmoqda. Chunki kesim gapning uyushtiruvchi markazi, yadrosi bo’lib o’zida predikativlikni aks ettiradi. Qolgan bo’laklar kesimning kengaytiruvchilari yoki kengaytiruvchilarning kengaytiruvchilari hisoblanadi. Bu jihatdan ega ham kesimning subyekt valentligini to’ldiruvchi bo’lak - gap tuzilishini ken-
gaytiruvchisi bo’lib keladi. Kesim predikativ shakliga ega
bo’lganligi uchun u gapda boshqa bo’laklarga nisbatan emas, balki bevosita belgilanadi.

Mavzuga doir foydalanish uchun adabiyotlar:




1. A.Gulomov.M.Asqarova. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Toshke nt. O’qituvchi. 1907.
2. O’zbek tili grammatikasi. Toshkent. Fan. II tom
1976 yil.

Z. G.Abdurahmonov. A.Sulaymonov va boshqalar. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Toshkent. O’kituvchi. 1979.
4. I.Rasulov. Sodda gap sintaksisi. Skonspekviv kurs)
Toshkent. 1980.

5. N.Mahmudov.A.Nurmonov. O’zbek tilining nazariy grammatikasi. Toshkent. O’qituvchi. 1995.
6. www.ziyonet.uz
Download 79,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish