KERAMIK MATERIYALLARNI ISHLAB CHIQARISH
Jiyemuratov Jen’isbek Du’ysenbayevish
Maqsetbayev Yernazar Shinibayevish
Qaroqalpoq Davlat Universiteti
Qurilish materiallari ta’lim yo’nalishi Magistrantlari
Annotatsiya : Keramika materiyallari inson tarofidan yaratilgan eng daslabki qurilish materiyali hisoblanadi.Ko’pchilik fikri bo’yicha qum bilan tuproqni aralashtirsa keramika paydo boladi deb o’ylaydi. Lekin Kermika paydo bo’lishi uchun unumdor tuproq , yaniy gil bo’lishi kerak.Keramika materiayallarining hamma qurilish materiyallari singari yutuq va kamshiligi bor. Kamshiliklarin to’gri talqin qilib ishlansa , sifat ko’rsatkishi yuqorilashi mumkin.
Kalit so`zlar : Keramika ,gil , g’isht, qurilish materiallari va boshqalar
Mineral xomashyoga texnologik ishlov berib, yuqori haroratda kuydirish natijasida olingan materiallar va buyumlarga keramik materiallar deyiladi. «Keramika» so‘zi lotincha «keramos» so'zidan olingan bo‘lib, glina (gil) ma’nosini bildiradi. lnsoniyat tarixida gil asosidagi xom loydan tayyorlangan devorbop materiallar va buyumlar, somonli suvoqlar qurilishda eramizdan avvalgi 8000-yillikda ishlatilgan. Pishirilgan g‘isht eramizdan avvalgi 3500—4000-y., cherepitsa va sirlangan g‘isht esa qurilishda eramizdan avval 1000 yil ishlatilgan. Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekistonda saqlanib qolgan arxitektura yodgorliklari qurilish materiallari keramika asosidadir. Hozirgi kunda effektiv g‘isht, ichki va tashqi bezak plitalari, sanitariya-texnika buyumlari maxsus keramik buyumlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Keramik buyumlar quyidagicha klassifikatsiyalanadi. Ular tuzilishiga ko‘ra g'ovak va zich keramik buyumlarga bo'linadi. G ‘ovak keramikaning suv shimuvchanligi massa bo‘yicha 5% ko‘p bo‘ladi. Bularga devorbop g‘isht va bloklar, tombop cherepitsa, drenaj quvurlar, fayans, qoplama plitalar kiradi. Zich keramikaning suv shimuvchanligi 5% kam bo‘ladi. Ularga klinker g‘ishti, yirik o'lchamli keramik plitalar, pol plitalari kiradi. Erish haroratiga ko‘ra keramik materiallar yengil eruvchan (1350 °C past), qiyin eruvchan (1350-1580 °C), erimaydigan (1580—2000 °C) turlarga bo‘linadi. Keramik materiallar va buyumlarni xomashyoning hamma yerda mavjudligi, arzonligi, texnologik jarayonlarning nisbatan soddaligi, ekologik tozaligi ko‘plab ishlab chiqarish imkonini beradi. Keramik materiallar xomashyosini, asosan, gil tashkil etadi. Gil xossalarini yaxshilash maqsadida uning tarkibiga yog'sizlantiruvchi, jins hosil qiluvchi, kuyib ketadigan va plastikligini oshiruvchi qo'shimchalar qo'shiladi. Gil tarkibidagi dala shpati magmatik (granit, siyenit va h.k.) va metamorfik (gneys) tog‘ jinslarining nurashidan hosil bo'lgan mahsulotdir. Shu sababli xomashyo tarkibi, asosan, alyumosilikatlardan (Ai20,-2Si0./2H ,0) iborat bo‘lib, kvars, sluda va boshqa minerallar, organik moddalar aralashgan bo‘Iishi mumkin. Gil tarkibida ohakning bo‘lishi keramik material olish jarayonida ulaming buzilishiga olib keladi.Gilning donador tarkibi, zarrachalarning o‘lchamlari keramik material xossalariga ta’sir etadi. Gil tarkibida kaolin minerali ko‘p miqdorda boladi. Uning zarrachalari diametri 0,05 mm va undan kamroq bo‘lsa, gil suvga qorilganda plastik massa hosil boladi, quritilganda shaklini saqlab qoladi va kuydirilgach buyum mustahkam va suvga chidamli bo‘ladi. Bundan tashqari, gil tarkibida zarracha o’lchamlari 0,005—0,15 mm li changsimon va zarracha o‘lchamlari 0,16—5 mm li qum bo’lishi mumkin. Gillarning asosiy xossalari — plastikligi, havoda va kuydirishdagi kirishishi, o’lo’v bardoshligi, buyumning rangi va hokazolar. Plastiklik gil va suv qorishmasining tashqi kuch ta’sirida yoriqlar hosil qilmasdan kerakli shaklga kirishi va kuch olingach ushbu shaklni saqlab qolish xususiyatidir. Gil zarrachalari qanchalik mayda bolsa, u shunchalik suvni ko‘p talab qiladi va buyumni quritish va pishirish jarayonida kirishish yuqori bo‘ladi. Gillar yuqori plastik (yog‘li), o’rtacha plastik va kam plastik (yog‘siz) bo‘ladi. Yog‘li gillarga ishlov berish oson, lekin buyumlarni quritish va pishirish jarayonida hajmi kichrayadi va darzlar hosil bo‘ladi. Gil plastikligini oshirish maqsadida yuqori plastiklikdagi gil, bentonitlar va sirt aktiv moddalar (texnik lignosulfonat va sh.k. lar) ishlatiladi. Yuqori plastiklikdagi gilni yog'sizlantirish uchun xomashyo aralashmasiga yog‘sizlantiruvchi qo‘shimchalar (shamot, shlak, kill, mayda qum va sh.k. lar) plastikligi kam gil qo’shiladi.
Xulosa . Xulosa qilib aytsak keramik materiallar qadimgi zamondan berli biz bilan yashamoqta. Lekin asta sekin o’z o’rnin boshqa yangi qurilish materiallariga bo’shatmoqta. Keramik materiyal o’zagin tashkil etuvchi gil xom ashyosining ko’proq sarf etilishi va kuydirish jaroyinida haroratting yuqoriligi , bu materiyallarning asosiy kamshiligi hisoblanadi. Lekin XXI asr ilim fanning rivojlanishi bu masalalarning yechimin to’pishga imkon bermoqda. Olimlar keramik materiallarning pishirish temperaturasin pastlatish imkonin to’pish bo’yicha ilmiy ishlar, izlanishlar o’lib bormaqdalar. Hozirgi kunda gil xom ashyoshi o’rniga bo’shqa materiyallarni qo’llash boyisha ilmiy ishlar o’lib borilgan. Lekin vaqt o’tishi bilan keramik buyumlar ham o’z ko’rinishin sifatin o’zgartirmoqta. Keramik buyumlar hamma vaqtta odamlar ehtiyoji uchun zarur qurilish materiyali bo’lib qo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |