Keramik materiallar turlari, xossalari va ishlatilishi



Download 26,88 Kb.
bet8/8
Sana22.12.2022
Hajmi26,88 Kb.
#894210
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ҚМБ фанидан лотинча

8. Betonning maxsus turlari

Betonning quyidagi maxsus turlari mavjud.


Og‘ir (yuqori mustahkamlikka ega) beton
Maxsus yo‘naltirilgan betonlar (Betonы spesialnogo naznacheniya)
Gidrotexnik betonlar
Yo‘l va aerodromlar uchun qoplamali betonlar
Issiqlikka chidamli (olovbardosh) betonlar
Kimyoviy jihatdan chidamli (kislotabardosh) betonlar
Radiasiyaga qarshi betonlar
Oltingugurtli (sernыy) betonlar
Dekorativ betonlar
Yengil betonlar
Og‘ir betonning maxsus turlari o‘ziga xos sifatlarni beruvchi agregatlarni o‘z ichiga oladi. Ular maxsus binolar va sirtlarni yaratish bilan bog‘liq yo‘l, gidrotexnika va sanoat qurilishini amalga oshirish uchun ishlatiladi. Ular issiqlikka qarshilik, neytral kimyoviy reaksiya va anti-nurlanishdan muhofaza qilish bilan bog‘liq xususiyatlarini oshdi. Og‘ir beton uzoq muddatli ishlash vaqtida maxsus chidamlilikni talab qiladi. Shag‘al, granit va ohaktosh kabi jinslar maxsus agregatlar sifatida ishlatiladi. Eng kuchli va eng bardoshlisi bu granit.
Gidrotexnik beton doimo suvli muhitda ishlaydigan beton va temirbeton konstruksiyalar tayyorlashga mo‘ljallangan bo‘lib, mustahkamligi, suv o‘tkazmasligi, kirishishi, agressiv muhitlarga chidamliligi va issiqlik ajratishi bo‘yicha talablarga qat’iy javob berishi shart.
Gidrotexnik inshootlarda beton tashqi va ichki qatlam uchun turli tarkiblarda bo‘ladi. Tashqi qatlamdagi beton doimo suv bilan xo‘llanib-qurib, muzlab-erib turishi mumkin. Bu holat daryo, dengiz portlarida, to‘g‘onlarda, elektrostansiya, metallurgiya va kimyo sanoati aylanma suvlarini sovutadigan gradirnyalarda kuzatiladi. Tashqi qatlamda ishlatiladigan gidrotexnik beton yuqori sifatli syement, mayda va yirik to‘ldirgichlar, mineral va polimer sirtaktiv qo‘shimchalar qo‘shib, beton tarkibini rasional tanlab, beton tayyorlash jarayonlariga to‘liq rioya qilgan holda olinadi. Syement tarkibiga kiritilgan gidravlik qo‘shimchalar betonning agressiv muhitlarga chidamliligini oshiradi va issiqlik ajratishini kamaytiradi. Syement massasiga nisbatan 0,2-1% miqdorda gidrofob, difil qo‘shimchalar va superplastifikatorlarni kiritish gidrotexnik betonning gidrofizik xossalarini yaxshilaydi.
Avtomobil yo‘llari va aerodrom qoplamalari murakkab atmosfera sharoitida ishlatiladi. Ular doimo yog‘in-sochin, muzlash va erish ta’sirida bo‘ladi. quruq issiq iqlim sharoiti bo‘lgan Markaziy Osiyo mamlakatlarida yo‘l betonlariga yuqori haroratdan hosil bo‘ladigan ichki zo‘riqish ham salbiy ta’sir etadi.
Avtomobil va havo kemalarining harakatidan hosil bo‘ladigan dinamik kuchlanishlar, zarblar, ishqalanishlar, turli gazlar betonning yemirilishini tezlashtiradi. Shu sababli yo‘l betonlariga zichligi, mustahkamligi, sovuqqa chidamliligi, edirilishga bardoshligi bo‘yicha yuqori talablar qo‘yiladi.
Yo‘l betonining siqilishdagi mustahkamlik chegarasi bo‘yicha markasi M300-M500, egilishdagi mustahkamligi 4-5,5 MPa bo‘lishi kerak. Betonning sovuqqa chidamliligi /150, /200 va yuqori bo‘lishi shart.
Yo‘l va aerodrom qoplamalari betoni 500 markali portlandsement asosida tayyorlanadi.
Beton yuqori harorat ta’sirida suvsizlanadi, mustahkamligi pasayadi, kristallogidratlar va Sa(ON)2 parchalanadi, yoriqlar hosil bo‘ladi. Bu holat betonning buzilishiga sabab bo‘ladi. Yuqori haroratda erkin holda hosil bo‘lgan SaO biriktirish uchun beton tarkibiga nozik kukunlangan kremnezem SiO2 kiritiladi, natijada 700-9000S haroratda nCaO.SiO2 cingari qattiq minerallar hosil bo‘ladi.
Olovbardosh beton tarkibiga aktiv mineral qo‘shimchalar (pemza, shlak, shamot, kul va sh.k) qo‘shilgan portlandsement, shlakli portlandsement, giltuproqli syement va kremneftorli natriy qo‘shilgan suyuq shisha asosida tayyorlanadi.
Olovbardosh betonlar ishlatilish haroratiga nisbatan yuqori o‘tga chidamli (17700S yuqori), o‘tga chidamli (1580-17700S) va past o‘tga chidamli (15800S past) betonlarga bo‘linadi.
Kislotabardosh beton suyuq shishaga polimer qo‘shib olingan bog‘lovchi, kukun to‘ldirgich, qotiruvchi, mayda va yirik to‘ldirgichlar asosida tayyorlanadi. Kislotaga chidamli kukun to‘ldirgichlar toza kvars qumi, andezit, bazalt, diabaz va sh.k, asosida olinadi. Suyuq shishani qotirishuchun kremneftorli natriy (Na2SiF6) qo‘shiladi. To‘ldirgich sifatida kvars qumi, granit, andezit, kvarsit kabi kislotaga chidamli chaqiq toshlar ishlatiladi.
Ushbu komponentlar asosida rasional tarkibda tayyorlangan beton qorishmasi turli zichlashtirish usullari bilan qoliplangach, 10 sut davomida 15-200S haroratda ochiq havoda saqlanadi. Beton qotgach yuzasi sulfat yoki xlorid kislotasi bilan xo‘llanib yanada zichlashtiriladi. Kislotabardosh beton konsentrlangan kislotalar, tuzli muhitlarga o‘ta chidamli bo‘lsada, suv ta’sirida 5-10 yilda, ishqoriy qorishmalarda esa bundan ham tezroq buziladi. Kislotabardosh beton kimyo sanoati syexlarining pol, devor qismlarini, elektroliz vannalarini futerovka qilishda (qoplashda), mineral o‘g‘itlar saqlanadigan omborxonalarni agressiv muhitlardan himoyalashda ishlatiladi.
Maxsus betonning bunday turi atom elektrostansiyalari, termoyadro sinash poligonlarida, ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalovchi inshootlar qurilishida ishlatiladi. Betonga o‘ta og‘irlik, zichlik va tarkibida muayyan miqdorda vodorod bo‘lishi (odatda suv tarkibida) kabi maxsus talablar qo‘yiladi. Beton tayyorlashda bog‘lovchi sifatida portlandsement, shlakli portlandsement va giltuproqli syement tavsiya etiladi.
To‘ldirgich sifatida magnetit (Fe3O4), gematit (Fe2O3) kabi tarkibida 60% dan ko‘p temir bo‘lgan temir rudasi, qo‘ng‘ir temir (limonit) Fe2O3.nH2O va boshqalar ishlatiladi. Tarkibida 80% bariy sulfati (VaSO4) bo‘lgan barit rudasi (barit) beton tayyorlashda mayda va yirik to‘ldirgich sifatida ishlatiladi. Mayda to‘ldirgich sifatida kvars yoki limonit qumi, cho‘yan pitrasi qo‘llaniladi.
Metall yirik to‘ldirgich metallni qayta ishlash zavodlari chiqindilaridan olinishi mumkin. O‘ta og‘ir betonlarning o‘rtacha zichligi to‘ldirgich turiga bog‘liq bo‘lib, magnetit to‘ldirgichli beton 4000 kg/m3, metall to‘ldirgichli beton 6000 kg/m3 ga yetadi.
Dekorativ maqsadlar uchun maxsus beton Dekorativ va funksional maqsaddagi ob’yektlarni yaratish uchun kvars qumi qo‘shilgan silikat bog‘lovchilar asosidagi beton qorishmalari, plastiklashtiruvchi qo‘shimchalar, bo‘yoqlar ishlatiladi. Yuqori sifatli xom ashyo va yangi ishlab chiqarish texnologiyalari bilan tavsiflangan tayyor mahsulotni olish imkonini beradi: * mustahkamlik; * yuqori sovuqqa qarshilik; * yorilishga qarshilik. Bunaqa betonlar asosan bog‘, haykaltaroshlik, fasad bezaklari, yo‘lak plitalarida ishlailadi.
Download 26,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish