Portlandsement
Tarkibi, asosan, (70-80 %) silikat kalsiydan tashkil topgan gidravlik bog‘lovchi moddalar portlandsement deb ataladi. U qisman erib, tosh holatga aylangan klinkerni gips yoki boshqa qo‘shilmalar bilan birgalikda tuyishdan hosil bo‘lgan gidravlik bog‘lovchi moddadir.
Portlansement xossalarini o‘zgartirish, shuningdek, tannarxini kamaytirish maqsadida klinkerga faol - gidravlik va inert mineral qo‘shilmalar qo‘shiladi. Inert qo‘shilmalar (ohak-tosh, dolomit, kvars qum) miqdori 10 %dan, faol (trepel, diatomit, trass) qo‘shilmalar miqdori esa 15 %dan oshmasligi kerak. Biroq gidravlik qo‘shilmalar 20 % va undan ortiq bo‘lishi ham mumkin. Klinkerni tuyganda unga odatda ko‘pi bilan 3 % gips qo‘shiladi. Bu bilan syementning quyuqlashish muddati uzaytiriladi. Bu esa uning xossalariga yaxshi ta’sir qiladi.
Portlandsementning qotishini keraklicha normallashtirish uchun klinker maydalanganda unga ikki molekula suvli gips CaSO4 · 2H2O 1,5–3,5% miqdorida kiritiladi.
Tabiatda kimyoviy tarkibiga ko‘ra sifatli portlandsement klinkerini olishni ta’minlaydigan tog‘ jinslari kam uchraydi, shu sababli hom ashyo aralashmasiga qo‘shilmalar kiritiladi.
Qisman erish natijasida qovushib qotib qolgan mayda-yirik tosh bo‘laklar klinker deyiladi.
Portlandsemengning sifat ko‘rsatkichlari (mustahkamligi, chidamliligi, mustahkamlikni oshirish tezligi) asosan, klinker sifatiga bog‘.tiq. Portlandsement klinkeri o‘lchamlari 10-20 mm. dan 50-60 mm. gacha mayda va yirik donalar ko‘rinishida olinadi.
Sifatli syement olish uchun klinkerni kimyoviy tarkibi aniq bir me’yorda bo‘lishi kerak.
Qo‘shilmalar miqdori shunday miqdorda tanlanadiki, qizdirishda hosil qilingan portlandsement klinkeri quyidagi kimyoviy tarkibga ega bo‘lsin:
63 – 68 % - CaO;
4 – 8 % - Al2 O3;
19 – 24 % - SiO2;
26 % - Fe2O3;
Odatda hom ashyo aralashmasi 75 – 78% ohaktoshdan, 25–22% gildan iborat bo‘ladi. O‘rtacha hisobda 1 t. syement olish uchun 1,5 t hom ashyo sarflanadi.
Klinkerning mineralogik tarkibi
ЗСаО* SiO2 -uch kalsiyli silikat -С3S-alit - 45-60%
2СаО* SiO2 -ikki kalsiyli silikat-С2S-belit - 15-30%
ЗСаО*А12О3 -uch kalsiyli alyuminat-С3A-syelit - 5-15%
4СаО*А12О3*Fе2О3 -to‘rt kalsiyli alyumoferrit AR-syelit -19-20%
Syementda bog‘lanmagan CaO miqdori 0,5% dan bog‘lanmagan MgO miqdori 5% dan oshmasligi kerak, aks xolda xajmi o‘zgarishi notekis bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |