Kerakli jihozlar



Download 4,59 Mb.
Sana30.03.2022
Hajmi4,59 Mb.
#517292
Bog'liq
Moluskalar sinfi ( Mollusca ) tipi. Ikki pallalilar ( Bivalvia ) sinfi.


Moluskalar sinfi ( Mollusca ) tipi. Ikki pallalilar ( Bivalvia ) sinfi. Vakil: Baqachanoq ( Anodonta sygnea ). Tashqi va ichki tuzulishi.



  1. Kerakli jihozlar. Tirik anadonta, issiq suv,vannochkalar, anadonta chig‘anog‘i, pinset, skalpel, qaychi, mikroskop, to‘g‘rilagich igna, entomologik to‘g‘nag‘ichlar.

  1. Ishdan ko‘zlangan maqsad. Anadonta misolida ikki pallali mollyuskalarning xarakterli xususiyatlarini o‘rganish. CHig‘anoqning tuzilishini, harakatini,tashqi tuzilishini kuzatish va ichki tuzilishini o‘rganish.

  1. Ishning mazmuni.

Anadonta daryoning quyi oqimlarida, ko‘llarda, zovurlarda uchraydi. U tanasining oldingi qismini qumga yoki balchiqqa ko‘mgan holda yashaydi.
Bizning sharoitimizda, ya’ni Farg‘ona vodiysida anadonta Mingbuloqda, Qoradaryoning quyi oqimlarida ko‘plab uchraydi. Uning tanasi ikki palla orasida joylashgan. Shuning uchun ham anadontaning tuzilishi mollyuskalarning boshqa sinf vakillaridan farq qiladi. Anadontaning chig‘anog‘i ham konxiolin, ohak va sadaf qismlardan iborat.
CHig‘anoqda yillik halqalar hosil bo‘lib, u anadontaning necha yoshga kirganligini aniqlashga yordam beradi. CHig‘anoq ostki tomondan ochiq, yuqori tomondan esa ikkita yopuvchi muskul rektraktorlar va ligament yordamida tutashgan bo‘ladi. Chig‘anoq ostida mantiya anadontani ustki va ikki yon tomondan o‘rab turadi, mazkur bo‘shliq — mantiya bo‘shlig‘i deb ataladi.
Tananing duksimon tomonida ikkita kalta naysimon teshik bor. SHu teshiklardan pastki tomondagisi kirish sifoni deyilib, mantiya bo‘shlig‘iga shundan suv kiradi. Ikkinchi teshik uning ustki tomonida joylashgan bo‘lib chiqish kloaka sifoni deyiladi. Undan suv tashqariga chiharib yuboriladi.
Mantiya bo‘shlig‘ida ikki juft jabra varaqchalari—nafas olish organi
yotadi. Kirish sifoni orqali kirayotgan suv bilan birga turli ozuqalar og‘iz tomonga yo‘naladi. Og‘iz teshigining har ikki tomonida bir juftdan og‘iz oldi kurakchalari bo‘lib, ovqatni og‘iz teshigiga haydaydi.
Jigar yashil tusli bo‘lib uning yo‘li oshqozonga ochiladi. Anadontalarda ikkinchi tana bo‘shlig‘i qisqarib, yurak oldi xaltasi va gonada bo‘shlig‘i holida saqlangan. Ayirish organi buyrak va perikardial bez holida. Har bir buyrak ikki buklangan naychadan iborat bo‘lib, bir uchi perikardiyga, ikkinchi uchi esa mantiya bo‘shlig‘iga ochiladi.
Qon aylanish sistemasi ochiq. Yuragi elka tomondan ichakni o‘rab yotgan uchta kamera, ya’ni ikkita yurak quloqchasi va bitta yurak qorinchasidan tuzilgan. Yuragi perikardiy bilan o‘ralgan. Qon aortalardan arteriyalarga o‘tadi, undan esa kapillyarlar yordamida butun tana qon bilan taqminlanadi. Karbonat angidridga to‘yingan qon esa lakunlardan o‘tib, venalar orqali jabraga keladi va oksidlanib, yana yurakka qaytib keladi. Kelgan qon yurak quloqchalari orqali yurak qorinchasiga, undan yana aortalar orqali tanaga tarqaladi.
Anadontalarda nerv sistemasi uch juft nerv tugunlalaridan tuzilib, tana chig‘anoq ichida joylashganligi uchun sezgi organlari yaxshi rivojlanmagan.


Anadonta ayrim jinsli. Oyoqning elka tomonida juft shoxlangan gonadalar bo‘lib, ichak buklamasini o‘rab yotadi. Gonadalar kalta yo‘lli va buyrak teshigi oldida mantiya bo‘shlig‘iga ochiladi.
ISH TARTIBI

  1. Anadontaning chig‘anog‘ini o‘rganing, yillik halqalariga qarab uning qaysi sharoitda yashaganligini aniqlang. CHig‘anoq qavatlarini ko‘ring va uning yillik halqalariga qarab yoshini aniqlang. Daftaringizga chig‘a
    noq pallasining rasmini chizing.

  1. Akvariumdagi tirik anadontaning harakatini kuzating. Bir minutda qancha masofa surilganligini qisoblang va daftaringizga yozib qo‘ying. Muskulli oyoqning harakatiga diqqat qiling. Sifonlardagi suv harakatini kuzating.Buning uchun ko‘mir kukuni, tush yoki karmin suvga (anadontaning orqa tomoniga) tashlanadi va shu ranglarni kirish sifonidan kirib, chiqish sifonidan chiqishi

  1. Kuzatiladi. Tirik anadontani suvdan olib, undagi ligament va yopish muskullari o‘rganiladi. Ularning nihoyatda kuchli muskullar ekanli gini ham aniqlang.

  2. Ichki tuzilishini o‘rganish. Buning uchun qo‘lingizdagi tirik anadonta pallalari orasiga issiq suv quyiladi. Bunda anadonta harakati to‘xtaydi. Shundan so‘ng, anadontani qo‘lga olib, skalpel yordamida mantiya muskullari, jumladan yopuvchi muskullardan ajratiladi.

Chig‘anoq pallalari asta-sekinlik bilan ikki tomonga qo‘lda ken- gaytiriladi. Bu vaqtda anadontatanasi vannochkaga osonlik bilan tushadi, chunki oldin mantiya chig‘anoqdan ajratilib qo‘yilgan edi. Ajratib olingan mollyuskaning elka tomoni pastga qaratilib,vannochkaga joylashtiriladi. Yopish muskulining har ikki tomonini to‘g‘nag‘ichlar yordamida vannochkalarga mahkamlab, to anadonta tanasi suvga ko‘milguncha suv quyiladi. Shundan so‘ng muskulli oyoq, mantiya qavati mantiya bo‘shlig‘i va jabra varaqchalari ko‘riladi.Mantiya och-sariq tusli bo‘lib, elka tomondan mollyuska tanasini yopib turadi.Tana oxirida mantiyalar qo‘shilib, burmali kirish va chiqish sifonini hosil qiladi.
29-rasm

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish