Mustaqil ishi
MMT80K
SAYFULLAYEVA MADINA
Depozit va ularning salmog'ini
kengaytirish
Reja:
1)
Depozit va uning salmog'ini kengaytirish
2)
Depozit va uning turlari
3)
Tijorat banklari resurslarining asosiy
qismini jalb
qilingan mablag‘lar tashkil qiladi.
1)
Depozit va uning salmog'ini kengaytirish
Bunday pul muomalasini depozit sifatida maksimal
darajada to'g'ri va oddiy tarzda ifodalash uchun siz
moliyaviy terminlarga murojaat qilishingiz kerak. Depozit
alohida kredit turi hisoblanadi. Agar
iste'mol krediti mijozga beriladigan bank krediti bo'lsa,
bank depozitlari - mijozlar o'z mijozlariga o'z foiz
stavkasini olish sharti bilan o'z ixtiyori bilan beradigan
kreditlardir.
Bunday moliyaviy bitim har ikkala tomon uchun
ham, ham omonatchi, ham bank uchun foydali. Depozit
nima deb nomlangan bo'lsa, omonatchi quyidagi
imkoniyatlarga ega bo'ladi:
erkin muomaladagi mablag'larni qonuniy ravishda
to'ldirish;
pul mablag'lari xavfsizligini ta'minlash kafolati;
foiz stavkasidan foydalanish Va bank imkoniyatga ega:
moliyaviy aylanmasini oshirish;
kredit mablag'lari hajmini aholi ehtiyojlari uchun oshirish;
moliyaviy bozorda o'z mavqeini mustahkamlash.
Depozit depoziti - bankning omonatga bo'lgan qarzi va
muayyan vaqtdan so'ng egasiga mol-mulkni majburiy
qaytarishi kerak. Sizning pulingizni bankka topshirishdan
oldin, sizni qanday qiziqish bilan qiziqtirasiz. Depozit
bo'yicha foiz stavkasi bilan bankka oddiy depozitni ajratib
olishni bilish kerak.Tijorat banklarining passiv
operatsiyalari. Bank resurslarini shakllantirish bilan
bog’liq bo’lgan operatsiyalar banklarning passiv
operatsiyalari deyiladi. Passiv operatsiyalar yordamida
tijorat banklarning passiv va aktiv - passiv schetidagi pul
mablag’larining salmog’i o
shib boradi. Banklarning passiv
operatsiyalari ularning faoliyatini tashkil qilishda katta rol
o’ynaydi. Passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklari
kreditlash uchun zarur bo’lgan
-kredit resurslarini tashkil
qiladi. Tijorat banklarining passiv operatsiyalarining
asosan to’rtta shakli mavjud: 1. Tijorat banklari
qimmatbaho qog’ozlarini muomalaga chiqarish yo’li bilan
resurslar yig’ish; 2. Bank foydasi hisobidan har xil fondlar
tashkil qilish yoki fondlar summasini oshirish; 3. Boshqa
kreditorlarning mabl
ag’larini jalb qilish; 4. Depozit
operatsiyalarni amalga oshirish. Tijorat banklarining
resurslari bankning o’z mablag’lari. jalb qilingan va
emitentlashgan mablag’lar hisobidan shakllanadi.
Yuqorida keltirilgan passiv operatsiyalarning birinchi va
ikkinch
i shakllarida banklarning o’z mablag’lari yuzaga
keladi va kolgan oxirgi ikki shaklida kredit resurslarning
ikkinchi qismi jalb qilingan resurslar yuzaga keladi.
Banklarning o’z mablag’lariga bankning ustav
kapitali, rezerv kapitali, maxsus fondlar, moddiy
rag’batlantirish fondi, boshqa har xil tashkil qilingan
fondlar va taqsimlanmagan foydasi kiradi. Amaliyotda
bank passivlarining 20 foizi banklarning o’z mablag’lariga
to’g’ri keladi. Banklarning o’z mablag’lari ichida asosiy
o’rinni bankning o’z kapitali
egallaydi. Bankning o’z
kapitali tarkibiga biz yuqorida keltirib o’tgan kapitalning
bir 219 qismi, yani ustav kapital, risklarni qoplash uchun
tashkil qilingan rezerv fond, taqsimlanmagan foyda
kiradi. Banklarning o’z kapitali bank
kreditorlarining manfaatini himoya qilish, bank
faoliyatining barqarorligini ta’minlash, bank faoliyatini
boshqarish kabi funktsiyalarni bajaradi. Bankning ustav
kapitali summasi bank ustavida ko’rsatiladi va bank ishini
boshlashning boshlang’ich nuqtasi hisoblanadi.
Banklarning tashkil qilishning shakllariga qarab bankning
ustav kapitali ham har xil tashkil topadi. Agar bank
aktsiyadorlik jamiyati tariqasida tashkil qilinadigan bo’lsa,
ustav kapitali yoki fondi aktsiyalar chiqarish va
joylashtirish yo’li orqali tashkil topadi. B
anklarning ustav
kapitali summasi qonun yo’li bilan chegaralanmaydi.
Banklarning barqaror faoliyatini taminlash maqsadida
uning minimal miqdori belgilab beriladi. Bankning ustav
kapitali uning balansining passivida ko’rsatiladi. Ustav
fondi summasining oshirilishi bank aktsionerlari
tomonidan umumiy majlisda hal qilinadi. Banklarning
ustav kapitali ularning majburiyatilarini bajarishning asosi
bo’lib xizmat qiladi. Bank kreditlari hisobidan banklarning
ustav kapitalini tashkil qilish mumkin emas. Ustav
kapitalini tashkil qilishda chetdan boshqa pul
mablag’larini jalb qilish ham mumkin emas. Banklar
tashkil qilinganda ustav kapitalining tarkibi moddiy
mablag’lardan va pul mablag’laridan tashkil topadi. Bank
faoliyatining boshlang’ich bosqichlarida bankning o’
z
mablag’lari hisobidan birinchi navbatdagi bank xarajatlari
(er, bino, asbob-uskuna, ish haqi) qoplanadi. Banklarning
o’z mablag’lari uzoq muddatli aktivlarga qo’yilmalar
qilishning asosiy manbasi hisoblanadi. Odatda Markaziy
bank tijorat banklari uchun b
anklarning o’z mablag’lari
bilan chetdan jalb qilingan resurslar o’rtasidagi chegarani
belgilab beradi. O’zbeksitonda bu nisbat 1:20 miqdorida
o’rnatilgan. Banklarning aktsioner kapitali quyidagi
tarkibiy qismlardan tashkil topishi mumukin. Bular: a) o’z
aktsioner kapitali, bu kapital oddiy va imtiyozli aktsiyalar
chiqarish va sotish hisobidan, taqsimlanmagan fonda
hisobidan yuzaga keladi; b) har xil ko’zda tutilmagan
harajatlarni va to’lanmagan qarzlarni qoplash uchun
tashkil 220 qilingan rezervlpr; v) bankning uzoq muddatli
majburiyatlari (uzoq muddatli veksel va obligatsiyalar)
bo’lishi mumkin. Banklarning rezerv kapitali yoki rezerv
fondi foydadan ajratmalar hisobiga xosil bo’ladi va ko’zda
tutilmagan zararlar hamda qimmatbaho qog’ozlar
kursining tushish
i natijasidagi yo’qotishlarni qoplash
uchun mo’ljallangan. Taqsimlanmagan foyda
- rezerv
fondiga ajratmalar va devidendlar to’langanidan so’ng
qoladigan foydaning bir qismidir. Banklarning o’z
mablag’lari tijorat banklari faoliyatida muhim ahamiyat
kasb et
adi. Banklarning o’z kapitali hissasining kamayishi
ba’zi hollarda banklarning sinishiga olib keladi. AQShda
kattaligi bo’yicha yigirmanchi o’rinda turuvchi «Franklin
neshnl bank»ni sinishining sabablaridan biri, bu bankning
o’z kapitali hissasining bank b
alansida keskin qisqarishi
bo’ldi. Xuddi shu sabab, 1979 yil aktivida 250 mln. dollar
va 44 ming omonatchisiga ega bo’lgan AQShdagi
«Dnuverz neshnl benk of Chikago» bankining sinishining
asosi hisoblanadi. Iqtisodiy yoki bank inqirozlari davrida
passivlar va ularni joylashtirish sohasida etarli darajada
o’ylab chiqilmagan siyosat banklarning sinishiga olib
keladi. 1980 yillarning ikkinchi yarimida AQShda
banklarning bankrotlik soni o’sdi. 1984 yilda AQShda
birinchi o’nlikda turuvchi yirikbanklardan biri bo’
lgan
«Kontinental Illinoys» bankining sinish holatining,
hukumatning maxsus dasturi orqali oldi olindi. Federal
rezerv sistema bo’lgan AQSh Markaziy banki o’z ixtiyoriga
olgan bir necha milliard AO’Sh dollarini
muvofiqlashtiribgina qolmay, balki depozitlarni
sug’urtalash Federal uyushmasi va AQSh moliya
ministirligi bilan birga bank to’lash qobiliyatini
mustahkamlash sohasida kafili sifatida chiqdi. Tijorat
banklari sinishlarining eng ko’pi 1988 yilga to’g’ri kelgan.
Iqtisodiy ko’tarilish tufayli AQShda tij
orat banklari
sinishining soni o’zining avvalgi holiga tushgan. Shu
tufayli 1994 yilda faqatgina 13 ta tijorat banklari singan.
Shu bilan birga, muammoli, ya’ni moliyaviy holati beqaror
bo’lgan banklar soni yuqoriligicha qolmoqda. Bankning
emitentlashgan m
ablag’lari. Banklar mijozlar
mablag’laridan etarli darajada uzoqrok
foydalanishni amalga oshirishdan, manfaatdordirlar. Shu
sababli banklar obligatsiya qarzlari, bank veksellari va
boshqalarni chiqarish yo’li bilan o’z resurslarini miqdorini
ko’paytirib bo
radilar. Obligatsiya qarzlari obligatsiyalar
ko’rinishida emitentlashadi. Yoozirgi davrda chet el
amaliyotida ikki valyutali obligatsiyalar uchraydi. Bu
obligatsiyalar bo’yicha daromadlar obligatsiya egasi
ixtiyoriga ko’ra milliy valyuta yoki AQSh dollarid
a yoki
boshqa chet el valyutasida to’lanishi mumkin. Bank
tomonidan elementlashgan qimmatli qog’ozlarning
turlaridan biri «suzuvchi foiz stavkali» qimmatli qog’ozlar.
Masalan, AQShda 1970 yillar o’rtalarida ikkita yirik tijorat
banklari - «Sitibenk» va «Cheyz Manxetten Benk» xolding
kompaniyalari orqali «suzuvchi foiz stavkali» qimmatli
qog’ozlar chiqardilar. Bu qo’yilmalar bo’yicha foizlar 3
oylik xazina veksellariga nisbatan bir foiz yuqori to’lanadi.
Banklar mijozlarning xohishiga qarab bir yilda ikki marta
ularni to’lash majburiyatini o’z zimmalariga oldilar.
Buning uchun mijoz ko’rsatilgan muddatdan bir hafta
oldin mablag’larni olishi to’g’risida bankka xabar berishi
shart. Bank passivlarida 90-
yillar davomida bankning o’z
mablag’lari miqdorining qisqar
ishi davom etdi va xorijiy
mamlakatlar kabi bizning banklarimizda ham jalb qilingan
resurslar salmog’i oshdi. Yangi resurslarni jalb qilishda
yirik va mayda banklar foydasiga, nomutanosibliklar
ko’paydi. Jalb qilingan mablag’larning yana bir turi bank
bala
nsida turgan va ularni qayta sotib olish to’g’risidagi
kelishuv asosida sotiladigan qimmatli qog’ozlar
hisoblanadi.
Depozitlar va ularning salmog’ini kengaytirish.
Tijorat
banklari kredit resurslarini shakllantirishda depozitlar
asosiy o’rinni egallaydi. Ularning asosiysi yo’qlab
olinadigan qo’yilmalarga, tezkor hamda jamg’arma
qo’yilmalarga bo’linuvchi depozitlardir. Yo’qlab
olinadigan qo’yilmalar, shuningdek, joriy schetlar
omonatchilarning birinchi talablari bilan olinadi. Joriy
schetning egasi bankdan chek daftarchasini oladi. Bunda
u pul olish bilan birga iqtisodiy munosabatlar vakillari
bo’lgan korxona,
tashkilot, muassalar hisob-kitob
operatsiyalarini olib borishi mumkin. Muddatli omonatlar
-
mijoz tomonidan bankka ma’lum muddatga qo’yiladigan
qo’yilmalar bo’lib, ular orqali mijozlarga bank tomonidan
yuqori foizlar to’lanadi. Bunda foiz stavkalari
qo’yilmaning muddati va miqdorigi bog’liq bo’ladi.
Muddatli qo’yilmalarning turlaridan biri, bu mablag’larni
jalb qilishning aniq qayd etilgan vaqtga mo’ljal
langan
depozit sertifikatlar hisoblanadi. Ular muomalaga 1961
yili birinchi bo’lib «Ferst neshnl siti benk» kiritgan. Schet
egalariga ularning nomlari yozilgan, to’lash muddati va
foiz darajasi ko’rsatilgan maxsus guvohnomalar beriladi.
Yoozirgi vaqtda tij
orat banklari bo’sh pul mablag’larini
jalb qilishda depozit sertifikatlaridan foydalanmoqda.
Sertifikatda ko’rsatilgan qo’yilma muddati tugagandan
so’ng, uning egasi qo’yilma summasini va kelishilgan
foizlarni olish huquqiga ega bo’ladi. Bank resurslari
ta
rkibida aholining omonat qo’yilmalari muhim rol. Ular
to’liq summada yoki bo’lib
-
bo’lib qo’yiladi va berilishi
mumkin. Omonatchi va bank o’rtasidagi mablag’ qo’yishi
bilan bog’liq munosabat omonat daftarchasini berish
bilan tasdiqlanadi. Banklar to’lovchil
ik asosida turli hil
maqsadli qo’yilmalarni, muddatli yoki talab qilish hamda
olish mumkin bo’lgan jamg’armalar qabul qiladilar.
Shuningdek, ba’zi mamlakatlarda «Yangi yil qo’yilmalari»
deb nomlangan turi ham mavjud. Bunda bank yil
davomida, yangi yilni ni
shonlash uchun, katta bo’lmagan
qo’yilmalarni qabul qilib boradi va yil oxirida
omonatchilarga pullarni qaytaradi, xohlovchilar pul
jamg’arishni keyingi yangi yilgacha davom ettirishlari
ham mumkin. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda bu
qo’yilmalar oddiy fuqarolar orasida keng qo’llaniladi.
Banklar uchun muddatli qo’yilmalar juda qulay
hisoblanadi. Bank resurslarining muhim manbasi
banklararo kreditlardir, ya’ni boshqa banklardan
olinadigan ssudalar. Ushbu resurslardan foydalanish
sezilarli darajada rivojlangan. Pul-kredit bozorida qisqa
muddatli bank.lararo kreditlar, shuningdek, «qisqa
pullar» salmog’i ko’pchilikni tashkil etadi
. Depozit va
ularning turlari Banklarda maqsadlarni amalga oshirish
uchun pul mablag‘larini qo‘yilmalarga jalb qilish
operatsiyalari- depozit operatsiyalari deyiladi.
Depozitlar faqatgina omonatchiga emas, shu bilan birga
bankka ham manfaatlidir. Ko‘pgina depozitlar orqali
bankning ssuda kapitali shakllanadi, keyinchalik esa bank
turli xo‘jalik sohalarini qulay shartlar asosida
kreditlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |