: KENGAYISH TERMOMETRLARI.
Reja:
1. Suyuqlikli termometrlar.
2. Mexanik termometrlar.
3. Manometrik termometrlar.
Suyuqlikli termometrlar. Suyuqlikli termometrlar –200°С dan +600°С gacha oraliqdagi temperaturani o’lchash uchun ishlatiladi. Shisha termometrlarning ishlatilish usuli sodda, aniqligi yetarli darajada yuqori va arzon bo’lgani sababli laboratoriya va sanoatda keng tarqalgan. Suyuqlikli termometrlarning ishlash prinsipi termometr ichiga o’rnatilgan termometr suyuqligining hajmi temperatura ko’tarilishi yoki pasayishida o’zgarishiga asoslangan. Shisha termometrlarning suyuqligi sifatida simob, toluol, etil spirt (etanol), kerosin, petroley efir, pentan va boshqalar ishlatiladi. Ularning qo’llanilish chegaralari 5.1-jadvalda keltirilgan.
Suyuqlikli termometrlar orasida eng ko’p tarqalgani simobli termometrlardir.
5.1-jadval
Termometrlarga solinadigan suyuqliklar
Do'stlaringiz bilan baham: |